muskuli orqa chekkasining tashqi yuzasida joylashadi.
Bezning
bir qismi ja g ‘ ortidagi chuqurchaga kirib turadi. Bezning
ch iq arish y o ‘li chaynov m uskulining ta sh q i yuzasidan
gorizontal yo‘l oladi, so‘ngra
muskulning oldingi chekkasi
yaqinida ichkariga burilib, lunj muskulini teshib o ‘tadi va og‘iz
b o ‘shlig‘ining dahlizida yuqoridagi ikkinchi katta jag‘ tish
ro‘parasidan lunj shilliq pardasiga ochiladi.
Jag‘ osti bezi (glandula submandibularis) jag‘ ostidagi
uchburchakda (jag‘ osti chuqurchasida) jag‘-til osti musku
lining ostida joylashadi va shu muskulning orqa chekkasini oshib
o‘tib, muskulning yuqori yuzasida yotadi.
Shu yerda bezdan
chiqarish yo‘li boshlanadi. Bu yo‘l til osti bezining chiqarish
yo‘liga qo‘shilib, til osti etchasiga ochiladi.
Til osti bezi (glandula sublingualis) til osti burm asi
sohasida, til ostida yotadi. Bezning bir necha chiqarish yo‘li
bor. Ulardan maydarog‘i til osti burmasi b o ‘ylab
ochiladi,
eng yirigi esa, jag‘ osti bezining chiqaruv yo‘liga tutashadi va
og‘iz bo‘shlig‘ida til osti etchasiga ochiladi.
TISHLAR
Tishlar inson hayoti mobaynida muhim rol o ‘ynaydi. Ular
ovqatni
uzib olish, mexanik maydalash, so‘zlami to ‘g‘ri talaffuz
etishda ham ishtirok etadi. Inson hayotida tishlar ikki
marotaba
chiqadi. Awal sut tishlar chiqib, so‘ng doimiy tishlar bilan
almashadi.
Sut tishlar 20 ta bo‘lib, har bir jag‘da 10 tadan joylashgan.
Sut tishlaming hosil b o ‘lish va ildizlaming so‘rilish muddatlari
1-jadvalda berilgan.
Dostları ilə paylaş: