ko‘rinadi, bu so‘rg‘ichlarda bir talay ta ’m bilish piyozlari
bor. T a’m bilish piyozlari til orqasidagi zam burug‘simon
so‘rg‘ichlarda ham b o ‘ladi. Gardish bilan o ‘ralgan so‘rg‘ichlar
va zamburug1 simon so‘rg‘ichlar orasida ko‘pgina ipsimon
konik so‘rg‘ichlar bor, shu tufayli til duxobaga o ‘xshash g‘adir-
budir b o ‘ladi. Tilning chekkalarida bargsimon so‘rg‘ichlar bor.
Chegara chiziqdan orqa tomonda, til ildizi sohasida shilliq
parda tugun-tugun b o ‘lib turadi; shu joyda limfoid to ‘qima
to ‘plami (limfoid follikullar) bor. Limfoid follikullar yig‘ilib,
til murtagini hosil qiladi.
Tilning pastki yuzasi shilliq parda bilan qisman qoplangan,
xolos. Til uchi yuqoriga ko‘tarilsa, til yuganchasi ko‘rinadi. U
shilliq pardaning o ‘rta chiziq bo‘ylab ketgan burmasidir. Ba’zan
til yuganchasi juda kalta b o ‘ladi, shunga ko‘ra til tanasining
harakatiga to ‘sqinlik qiladi.
Til yuganchasining pastki qismida, ikki yonida yumaloq
shakldagi ikkita do‘mboqcha bor. H ar bir do‘mboqcha (til osti
etchasi) teshikli b o ‘ladi. Til osti va jag‘ osti so‘lak bezlarining
umumiy yo‘li og‘iz bo‘shlig‘iga shu teshik bilan ochiladi. Til
ostidagi bezlaming konturlari chap va o ‘ng tom ondagi til
osti etchasidan orqaga va ikki yon tomonga ketuvchi til osti
burmalari shaklida ko‘rinib turadi.
Til muskullari shu organning asosiy qismini tashkil etadi.
Tilning skelet muskullari va xususiy muskullari tafovut qilinadi.
Skelet muskullariga juft engak-til, engak-til osti va bigizsimon
o ‘siq-til muskullari kiradi.
Tilning xususiy muskullari uzunasiga ketgan yuqori va pastki
muskullar, ko‘ndalang va vertikal muskullardan iborat.
Dostları ilə paylaş: