Таълимни ташкил этиш турлари ва шакллари



Yüklə 35,07 Kb.
tarix19.11.2023
ölçüsü35,07 Kb.
#133269
Таълимни ташкил этиш турлари ва шакллари


Dars – ta’limni tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari.


Reja:




1. Ta’lim turlari va shakllarining tavsifi
2. Ta’lim pedagogik tizimlarining rivojlanish tendensiyasi
3. Darsda o’quvchilar o’quv faoliyatini tashkil etish zamonaviy shakllarining turlari.



Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli. Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi nuktai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli xisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o’quvchilarni ommaviy kamrab olish, tashkiliy tartib va o’quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iktisodiy jixatdan foydalidir. O’quvchilar xamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini bilishi ukituvchi uchun xar bir o’quvchi faoliyatiga ragbatlantiruvchi ta’sir kursatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruxli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bulmaydigan ustunligi xisoblanadi.
Dars bevosita ukituvchi raxbarligida anik belgilangan vakt davomida muayyan o’quvchilar guruxi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda xar bir o’quvchi xususiyatlarini xisobga olish, barcha o’quvchilarning mashgulot jarayonida urganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish kobiliyatlari va ma’naviy-axlokiy sifatlarini tarbiyalash xamda rivojlantirish uchun kulay sharoitlarni yaratiladi.
Dars ta’limning boshka shakllaridan fark kiluvchi uziga xos belgilarga ega, chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruxi, o’quvchilar faoliyatiga ularning xar biri xususiyatlarini xisobga olish bilan raxbarlik kilish, urganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning fakat mazmunini emas, balki uz xususiyatini xam aks ettiradi).
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bulishi mumkin. Bu o’quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o’quvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga boglik..
Zamonaviy didaktikada dars kuyidagi turlari ajratib kursatilgan:

  • aralash darslar;

  • yangi ma’lumotlar, anik xodisalar bilan tanishish buyicha yoki umumlashtirishlarni anglab yetish va uzlashtirish maqsadiga ega darslar;

  • bilimlarini mustaxkamlash va takrorlash darslari;

  • urganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;

  • malaka va kunikmalarni ishlab chikish va mustaxkamlash darslari;

  • bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini urganish darsi;

  • uz tuzilishi buyicha oddiy bulgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bulgan dars turlari (urta va katta sinflarda qo’llash uchun mos keladi).

Boshlangich sinflarda o’quvchilar yoshlarini xisobga olib o’quv ishlari turli xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari urganilganni mustaxkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga tugri keladi. Xatto tekshirish darslari xam bu yerda kupincha ishlar boshka turlarini uz ichiga oladi: materialni ogzaki yetkazish. kizikarli xikoyani ukish. Darsning aynan mana shu turi aralash (kombinasiyalashgan), yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Kombinasiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish va o’quvchilar bilan savol-javob, yangi materialni urganish, uzlashtirishini dastlabki tekshirish, mashk misollari davomida yangi bilimlarini mustaxkamlash, ilgari urganilganlarni suxbat kurinishida takrorlash, o’quvchilar bilimlarini tekshirish va baxolash, uyga vazifa berish.
O’quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni berish (urganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni uz ichiga olgan va uni urganishga kup vaktini talab kiluvchi, o’quvchilarga tanish bulmagan yangi material uning mazmuni bulgan ta’lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni, anik maqsadi va o’quvchilarning mustakil ish bajarishga tayyorgarliklariga karab ba’zi xollarda yangi matyerialni uzi bayon etadi. Boshka xollarda esa – ukituvchi raxbarligi ostida o’quvchilarning mustakil ishlari olib boriladi, uchinchi xolda – unisi xam bunisidan xam foydalaniladi. Yangi material bilan tanishish darsining tuzilishi: yangi materialni urganish uchun asos bulgan avvalgi materialni takrorlash. ukituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustaxkamlash, uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustaxkamlash darslarida o’quv ishining asosiy mazmuni ilgari uzlashtirilgan bilimlarni mustaxkam uzlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor tushunib olish xisoblanadi.
O’quvchilar uz bilimlarini yangi manbalar buyicha anglab oladilar va chukurlashtiradilar yoki ularga ma’lum bulgan koidaga yangi masalalar yechadilar, ilgari olgan bilimlarini ogzaki va yozma takrorlaydilar yoki ilgari urganganlarini yanada chukurrok va mustaxkam uzlashtirish maqsadida ulardan aloxida masalalar buyicha axborot beradilar. Tuzilishi buyicha bunday darslar kuyidagi boskichlardan utishni kuzda tutadi: uy vazifasini tekshirish, ogzaki va yozma mashklarni bajarish, topshirikni bajarishni tekshirish, uyga vazifa berish.
Kunikma va malakalarni ishlab chikish va mustaxkamlash darslari bilimlarni mustaxkamlash darslari bilan boglikdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshka darslarda yangi mavzularni urganishda davom ettiriladi. Shu bilan birga avvaliga mashkni bajarish ishlari bolalar tomonidan ukituvchi yordamida va ular topshirikni kanday tushunganlarini daslab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa kayerda kanday koida kullanilishini o’quvchilarning uzlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va kunikmalarini qo’llash, shu jumladan, xayotiy amaliyotida qo’llashni uzlashtirib olishlari kerak.
Umumlashtiruvchi darslari (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar) ilgari utilgan materialdan eng muxim savollari kayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, o’quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari tuldiriladigan va urganilayotgan kursning muxim goyalari ochib beriladigan darslar xisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bulim va o’quv kurslarining yakunida utkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi xisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning uzi xikoya, kiskacha xabarlar, darslikni ukib berish yoki ukituvchining o’quvchilar bilan suxbatlashishi shaklida utkazilishi mumkin.
Tekshirish (nazorat) darslari ukituvchiga o’quvchilarning ma’lum soxadagi bilim, malaka va kunikmalari shakllanganlik darajasi, o’quv materialini egallashdagi kamchiliklarni aniklash, shuningdek, navbatdagi topshiriklarning bajarish yullarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o’quvchidan ushbu mavzu buyicha uning xamma bilim, kunikma va malakalarini qo’llashini talab etadi. Tekshirish ogzaki xamda yozma shaklda xam amalga oshirilishi mumkin.
Yukorida ifodalangan xamma darslarning majburiy elementi tashkiliy va yakuniy boskich xisoblanadi. Tashkiliy boskich maqsadlarni kuyish va ularni o’quvchilar tomonidan kabul kilish sharoitlari ta’minlash, ish sharoitini yaratish, o’quv faoliyati motivlarini dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan beriladigan kursatmalarni shakllantirishni kuzda tutadi. Darsga yakun yasash boskichida maqsadlarga erishish kayd etiladi, ularga erishishda barcha yoki yakka o’quvchilarning aloxida ishtiroki belgilanadi, ishlari baxolanadi va istikbollari belgilanadi.
Ta’limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik xodisadir. U pedagogik jarayonning yaxlitligini ta’minlaydi va ta’limiy-tarbiyaviy-rivojlantirish vazifalarini ijobiy yechimini topishga imkon beradi.
Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bulgan talablarda uzining anik ifodasini topadi.
Zamonaviy darslar kuyidagi talablarga javob bera olishi lozim:

  • fanning ilgor yutuklari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon konuniyatlari asosida tashkil etish;

  • darsda barcha didaktik tamoyil va koidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;

  • o’quvchilarning kizikishlari, layokati va talablarini xisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta uzlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;

  • o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo boglikliklarni urnatish;

  • ilgari urganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;

  • shaxsning xar tomonlama rivojlantirishni motivasiyalash va faollashtirish;

  • o’quv-tarbiyaviy faoliyat barcha boskichlarining mantikiyligi va emosionalligi;

  • pedagogik vositalardan samarali foydalanish;

  • zarur bilim, kunikma va malakalar, fikrlash va faoliyat rasional usullarini shakllantirish;

  • mavjud bilimlarni doimo boyitib borish extiyojini yuzaga keltirish;

  • xar bir darsni puxta loyixalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin kilish.

Xar bir dars kuyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yunaltiriladi: ukitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni xisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda anik ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga xar bir darsning ta’lim vazifalarini anik belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy extiyojlarni xisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va kurinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustakil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ kayta alokani ta’minlash, amaliy nazorat va boshkaruvni amalga oshirish, ilmiy muljal va darsni maxorat bilan utkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan kuyilavdigan tarbiyaviy talablar o’quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniklash, darsdagi faoliyat, anik erishilishi mumkin bulgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va kuyish, fakat o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chikadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy kadriyatlarda tarbiyalash, xayotiy muxim sifatlar (tirishkoklik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustakillik, ish bajarishga kobiliyatlilik, e’tiborlilik, xalollik va boshkalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga dikkat-e’tiborli munosabatda bulib, pedagogik odob talablariga amal kilish, o’quvchilar bilan xamkorlik va ularning muvaffakiyat kozonishlaridan manfaatdor bulishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o’quvchilarda o’quv-urganish faoliyati ijobiy sifatlari, kizikish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish xamda rivojlantirish, o’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini urganish, xisobga olish, “rivojlanishning yakin zonasini loyixalashtirish”, “uzib ketish” darajasidagi o’quv mashgulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi uzgarishlarni ragbatlantirish, o’quvchilarning intellektual, emosional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan kura bilish, boshlanayotgan uzgarishlarni xisobga olish asosida o’quv mashgulotlarini operativ kayta kurish kabilar kiradi.
Nostandart darslar. XX asr 70-yillari urtalarida milliy maktablarda o’quvchilarning mashgulotlarga kizikishlarining pasayish xavfi aniklandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga aloxida e’tibor karatildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizasion o’quv mashgulotidir.
Pedagogik adabiyotlarni taxlil kilish nostandart darslarning unlab turlari mavjudligini kursatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy uyinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy xisobotlar, musobakalar, KVN turidagi uyinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, xakikatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar va boshkalar kuzga tashlanadi.
Ukituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan boglik. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha uylab chikilmagan, shoshilinch tuzilgan va o’quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bula olmaydi. Darsga tayyorgarlik anik sharoitlarda eng yukori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta’minlash, komleks chora-tadbirlarni ishlab chikishdir.
Ukituvchining darsga tayyorgarligida kuyidagi uchta boskich kuzga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyixalashtirish (rejalashtirish). Shu bilan birga ukituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, uz fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bulajak mashgultning algoritmlari, samaradorligi boglik bulgan omillar va xolatlarni xisobga olishni ta’minlovchi kadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish anik sharoitlarni diagnostika kilish bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o’quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulklari, motivlari, talab va layokatlari, kizikish va kobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o’quv materialining xususiyati, uning amaliy axamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni uzlashtirish, mustaxkamlash va tizimlashtirish, bilim, kunikma va malakalarini nazorat kilish xamda tuzatish kabi xolatlar namoyon buladi.
Bashoratlash bulajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baxolash va ulardan kabul kilingan mezonlarga muvofik eng ma’kulini tanlab olish.
Loyixalashtirish (rejalashtirish) o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshkarish dasturini yaratish bulib, u darsga tayyorlanishning yakuniy boskichi xisoblanadi. Loyixa (boshkarish dasturi) kiska va anik, erkin tuzilgan, pedagog uzi uchun boshkarish jarayoni muxim vaziyatlari (kimdan va kachon surash, kayerda mavzuni kiritish, mashgulot keyingi boskichiga kanday utish, oldindan kuzda tutilmagan kiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni kaysi sxema buyicha kayta uzgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi xujjatdir. Boshkarish dasturi darsning an’anaviy rejasidan boshkarish ta’sir kursatishlarini anik va tushunarli belgilab olish bilan fark kiladi.
Ta’limning yordamchi shakllari. Ta’limning yordamchi shakllari: tugarak, praktikum, seminar, konferensiya, maslaxat (konsultasiya), fakultativ mashgulot, o’quv ekskursiyalari, o’quvchilarning mustakil uy ishlari va boshkalar sanaladi.
Maktabdan tashkari mashgulotlarning asosiy va barkaror turlariga ukish jarayonining tarkibiy kismi sifatida karaladigan, o’quvchilarning mustakil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi – darsda uzlashtirilgan bilim, kunikma va malakalarini kengaytirish, chukurlashtirish, ularni esdan chikarishning oldini olish, o’quvchilarning individual layokati, iste’dod va kobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o’quv dasturi talablari, o’quvchilarning kizikish va extiyojlari xamda ularning rivojlanish darajalarini xisobga olib kuriladi. O’quvchilarning mustakil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda uzlashtirilgan bilim, kunikma va malakalarni mustaxkamlash, sinfda ishlab chikilgan o’quv materialini kengaytirish va chukurlashtirish, mashklarni mustakil bajarish kunikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi xajmda individual topshiriklarni bajarish asosida mustakil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavxalari statistik ma’lumotlar kabi o’quv kullanmalarini tuplash va tayyorlash va boshkalar.
Darslarda pedagogning o’quvchilar tomonidan uy vazifalarining xalol bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga uninmasliklari, yaxshi uzlashtirayotgan o’quvchilarni ragbatlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarkalgan kamchilik xisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga kupincha vakt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam xollarda o’quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan kiyinchiliklarini kursatib beradilar, ularni bartaraf etish yulini esa kursatmaydilar. Natijasida mustakil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bulib koldi.
Fan tugaraklari yunalishi, mazmuni, ish metodi, ukish vakti va boshka jixatlari bilan ajralib turadi. Ular o’quvchilarning kizikish va kobiliyatlarini rivojlantirish, ukishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.. Tugaraklar ukishni xayot bilan alokasini kuchaytiradi, fanlararo bogliklikni rivojlantiradi. Fan tugaraklarida o’quvchilarning ishlari o’quv jarayonini faollashtiradi, ukish sifatini oshirishga yordam beradi.
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar xam kiradi. Ular ommaviy, guruxli va kichik guruxli bulishi mumkin. O’quv ekskursiyalari aloxida fanlar xamda bir kancha fanlar buyicha xam rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffakiyatli utkazish uchun ukituvchi unga puxta tayyorlanishi: ob’yekt va mashrut bilan oldindan tanishib chikishi, tula rejani ishlab chikishi, o’quvchilarni bulajak topshiriklarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, ob’yekt, u bilan tanishish tartibi, o’quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshirikni bajarish uchun zarur bulgan vositalar va uskunalar, yakun yasash kursatiladi. Ekskursiyani utkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o’quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi xamda ekskursiya ob’yektiga boglik buladi.
Maktab o’quv rejasi turli fakultativ va tanlovi buyicha kurslarni tashkil etishni kuzda tutadi. Ular o’quvchilar, ularning ota-onalari istak va kizikishlarini xisobga olish bilan ishlab chikiladi. Amaliyotda fermerlik, iktisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika ba’zi soxalari, ikkinchi chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik, musika kabi kurslarni fakultativ sifatida urganiladi. Fakultativ va fanlarni ruyxatini aniklashda fakat o’quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chikiladi. Fakultativ va tanlovi buyicha mashgulotlar majburiy va umumiy urta ta’lim fanlari bilan uzviy bogliklikda utkazilishi kerak.
Maslaxat (konsultasiya - o’quv suxbati)ga talablar kupincha o’quvchilarning ma’lum o’quv materiali yoki topshirigi ustida mustakil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda kuprok o’quvchi savol beradi. Tugri tashkil etilgan konsultasiya o’quvchilarga o’quv materialini egallashda kiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Konsultasiya davomida ukituvchi o’quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani tugri tushunishga mustakil keladigan, ular uchun kiyin topshirikni tushunib oladigan kilib, urganilayotgan materialni moxiyatini ochishga urganadigan kilib yunaltiradi. Konsultasiya ukituvchiga o’quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniklash, aloxida e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning dikkatini jalb etishga imkon beradi. Tugri tashkil etilgan konsultasiya o’quvchilarda uzini nazorat kilish, bilimlarga tankidiy kuz bilan karashni tarbiyalaydi. Ukimishlilik darajasini tugri aniklashga yordam beradi.

Akademik lisey va kasb-xunar kollejlarida ta’limning ma’ruza-amaliy tizimi, uning belgilari va xususiyatlari. Uzbekiston Respublikasining “Ta’lim tugrisida”gi konuni va “Kadralar tayyorlash milliy dasturi”da kuzda tutilgan urta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari mustakil xayotga kirib kelayotgan yoshlarga muayyan soxa yunalishi buyicha chukur, differensasiyalashgan kasbiy bilimlar berish imkoniyatini yaratadi.


Akademik liseylar va kasb-xunar kollejlarida ta’limning ma’ruza-amaliy tizimidan foydalaniladi. Mashgulotlar ikkita birlashtirilgan darslar kurinishida 90 minut davom etadi. Ularning uziga xosliklari kuyidagilardan iborat:

  • ma’ruza o’quvchilarning mustakil ishlari uchun taxminiy asos sifatida katta xajmdagi tizimlashtirilgan axborotlarni berishning asosiy shakli (90 minut tashkil etiladi);

  • amaliy mashgulot akademik lisey, kasb-xunar kolleji ukituvchisi raxbarligi ostida olgan o’quv axborotlari (leksiya va mustakil ishlari)ni chukurlashtirish, taxlil kilish, kengaytirish, qo’llash va uzlashtirilishini nazoratni tashkil etish shakli;

  • akademik lisey, kasb-xunar kollejida ukish asosiy shakli sifatida o’quvchilarning mustakil faoliyatlari amalga oshiriladi;

  • o’quv guruxi o’quvchilarni uyushtirishning asosiy shakli (uning doimiy tartibi odatda butun ta’lim davomida saklanib koladi);

  • o’quv guruxlari tuplami akademik lisey, kasb-xunar kollejida kurslardan iborat buladi;

  • kurslarda o’quv mashgulotlari jadvalga binoan yagona o’quv rejasi va dasturlari buyicha amalga oshiriladi;

  • o’quv yili ikki semestr, attestasiya davri va ta’tillarga bulinadi;

  • xar bir semestr xamma o’quv fanlari buyicha yakuniy attestasiya (imtixon topshirish) bilan yakunlanadi;

  • akademik lisey, kasb-xunar kollejida ukish muxim fanlar buyicha attestasiya (bitiruv imtixonlarini topshirish) va mutaxassisligi buyicha bitiruv malakaviy ishni ximoya kilish bilan yakunlanadi.

Akademik lisey, kasb-xunar kollejlarda ta’lim ma’ruza, seminar, laboratoriya ishi, o’quvchilarning ilmiy tadkikotchilik ishlari (UITI), o’quvchilarning mustakil o’quv ishlari, ishlab chikarish amaliyoti, chet elda ish tajribasini oshirish kabi shakllarda tashkil etiladi. Ta’lim natijalarini nazorat kilish va baxolash shakli sifatida kundalik, oralik va yakuniy nazorat, baxolash reytingi tizimidan, referativ va kurs, bitiruv ishlaridan foydalaniladi.
Adabiyotlar:



  1. Uzbekiston Respublikasining «Ta’lim tugrisida»gi konuni //Barkamol avlod – Uzbekiston tarakkiyotining poydevori. – Toshkent, Shark nashriyot-matbaa konserni, 1997.

  2. Uzbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» //Barkamol avlod – Uzbekiston tarakkiyotining poydevori. – Toshkent, Shark nashriyot-matbaa konserni, 1997.

  3. Karimov I.A. Barkamol avlod – Uzbekiston tarakkiyotining poydevori. - Toshkent, Shark nashriyot-matbaa konserni, 1997.

  4. Mavlonova R. va boshk. Pedagogika. – Toshkent, Ukituvchi, 2001.

  5. Podlasuy I.P. Pedagogika. Novuy kurs. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva, Vlados, 1999.

  6. www.ziyonet.uz

Yüklə 35,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin