Tana skeleti Umurtqalar Qovurg‘alar



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/13
tarix12.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#126783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Muskullar haqida ta’limot umumiy ma’lumotlar

Sesamosimon suyaklar (ossa sesamoidea) turli katta-kichiklikdagi yumaloq suyakchalar bo‘lib, muskul payining tagida joylashadi va payni suyaklardan bir oz ko‘tarib, ishqalanishdan saqlaydi, aylanish burchagini oshirib, harakatini kuchaytiradi. Eng katta sesamosimon suyak tizza qopqog‘i suyagidir.
Sinovial xaltachalar (bursa synovialis) shaklan turli, katta-kichik uzunlikda bo‘lib, ichida moysimon suyuqliklar saqlaydi. Xaltacha tashqi qavatining bir tomoni muskullarga, ikkinchi tomoni suyakka yopishadi. Natijada muskullar suyaklarga ishqalanmay, osongina harakat qiladi. Ko‘pincha sinovial xaltalar bo‘g‘im yaqinida joylashib, ular bo‘shlig‘iga qo‘shilgan bo‘ladi.
Pay qinlari (vagina tendinis) qo‘l-oyoq panjalariga keluvchi muskul paylarni o‘rab turadi. Pay qinlari silindr shaklida bo‘lib, devori ikki qavat, oraliq bo‘shliqlarida esa sinovial suyuqlik bor. Pay qinining ichki qavati uning ichidan o‘tadigan muskul payiga yopishsa, tashqi qavati suyaklarga yopishadi. Natijada qo‘l-oyoq panjalariga boruvchi muskul paylari panjalar bukilganda, yuk ko‘targanda, odam yurganda siqilmasdan bemalol surila oladi.


MUSKULLAR FIZIOLOGIYASI
Odam organizmida asosan 3 xil muskullar tafovut etiladi .1.sketning ko’ndalang- targ’il yoki ixtiyoriy muskullar 2 . yurak muskullari 3 silliq yoki ixriyorsiz qisqaruvchan muskullar . Muskullarning asosiy vazifasi qisqaruvchanlik bo’lib , qisqargan vaqtda muskul tolalari taranglashadi va harakat vazifasini bajaradi. Natijada odam o’z gavdasini fazoda saqlaydi., harakatlanib bir joydan ikkinchi joyga qo’zg’aladi yoki biror mehnat bajaradi. Yurak muskullari qisqarganda organizmda muayyan qon aylanishi ta’minlanadi. Muskul tolalari xilma-xil vazifalarni nerv – muskul sistemasi orqali bosh miya ta’sirida bajaradi.


I, Duksimon muskul.1 – tendo; 2 – venter; 3 – tendo.
II. Serbar muskul.1 – aponeurosis. III. Bir patli muskul.
1 – venter; 2 – tendo.IV. Ikki patli muskul.
1 – venter; 2 – tendo.V. Ikki boshli muskul.
1 – tendo; 2 – caput; 3 – venter; 4 – tendo.VI. Ikki qorinli muskul.
1 – venter; 2 – tendo; 3 – venter.VII. Ko‘p qorinli muskul.
1 – intersectio tendenea.

Muskul to’qimalariga qisqaruvchanlik , qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlik kabi 3 ta fiziologik xususiyatlar xos.


Ko’ndalang- targ’il muskullar tolalardan iborat bo’lib, muskul tolasi parda – sarkolemma bilan o’ralgan qisqrish qobiliyatiga ega bo’lgan miofibrillalardan iborat. Miofibrillalar o’z navbatida ikki xil yo’g’on va ingicka iplardan tuzilgan. Yo’g’on iplar miozin oqsil moddalardir, ingichkasi esa aktin modalaridan tashkil topgan. Sarkolemmaning protaplazmasi juda ko’p sarkoplazmatik kanalchalardan tashkil topgan to’rchalardan tuzilgan. Kanalchalar devori moddalarni tanlab o’tkazadi. Muskullar tinch turgan paytda sarkoplazmadagi Ca++ konsentratsiyasi sarkoplazmatik to’rlarga qaraganda bir qancha past bo’ladi. Muskullar qo’zg’alganda esa aksincha Ca++ zudlik bilan sarkoplazmaga o’tib , miozin oqsilini aktivlashtirib , ATF ni parchalaydi . Shunday qilib , muskulning qisqarishi uchun zarur bo’lgan energiya paydo bo’ladi.
Odatda skelet muskullari harakatlantiruvchi(motor) nerv tolalarining impulslari orqali qisqaradi. Odamda hajmi katta bo’lgan 100 ga yaqin muskul tolalarini bitta nerv tolasi (akson) impulse ta’minlasa , kichik muskullarda taxminan beshta muskul tolalariga bitta nerv tolasi tarqaladi. Shuning uchun har bir akson tarqaladigan muskul tolalari bilan bilan birga motor birligi deb ataladi.
Nerv to’qimasiga qaraganda muskul to’qimasi bir muncha sekinroq qisqaradi. Muskul tolasining biror qismida qisqarish yuz bergan zahoti u muskul bo’ylab tarqaladi.
Izotonik qisqarishda , muskul tolasining uzunligi o’zgarsad uning taranglik darajasi unchalik o’zgarmaydi.
Izometrik qisqarishda esa muskul tolasining uzunligi o’zgarmaydi-yu , lekin unga ancha zo’r keladi. Izotonik va izometrik qisqarishlarni alohida muskullarda kuztishimiz mumkin. Lekin odamm organizmida bunday qisqarishlar bo’lmaydi. Chunki muskullar bo’gimning bukilishi orqali qisqarganda o’zining taranglanish darajasini namoyon qiladi.
Muskullar isqarganda o’zining og’irligiga nisabtan bir necha marta ortiq yukni ko’tara oladi. Muskul kuchi uning ko’tara oladigan yuk miqdori bilan o’lchanadi. Muskul kuchi uning ko’ndalang kesimi miqdoriga qarab aniqlanadi. Muskulning 1 sm kv ko’ndalang kesimi o’rtacha 10 kg gacha yuk ko’taradi. Bu muskul kuchiga absolyut muskul kuchi deyiladi.
Muskullarning absolyut kuchi odam yelkasiga yuk qo’yilib oyoq uchida turish orqali aniqlanadi. Bunda bolder muskullari taranglashib yukni ko’taradi.Ko’tarilgan yuk miqdorini bolder muskulining ko’ndalang kesimiga bo’lish kerak. Jismoniy mashq natijasida muskul tolalari yo’g’onlashib bir-biridab uzoqlashadi. Shunday qilib muskul ko’ndalang kesimining hajmi va kuchi ortadi. Muskullar yuk miqdori o’rtacha bo’gandagina ko’proq ish bajaradi. Yuk miqdorining oshishi yoki kamayishi tez orada charcjashga olib keladi. Shu bilan birga muskullarning ish ritmi bir xil bo’lishi shart. Agarda ish ritmi tezlashsa yoki kamaysa ham tez charchashga olib keladi. Shuning uchun jismoniy ishni hamda sport bilan shug’ullanishni ham bir xil ritmda bajarish maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin