Taqdimot ishi



Yüklə 75,67 Kb.
səhifə1/3
tarix17.04.2023
ölçüsü75,67 Kb.
#125514
  1   2   3
Korxonalarning elektr ta’minoti asoslari


Farg’ona politexnika instutiti
Mexanika-mashinasozlik fakulteti
S6D-21 guruh talabasi
Yo’ldashev Dostonbekning
“Elektrotexnika” fanidan tayyorlagan

TAQDIMOT ISHI
Korxonalarning elektr ta’minoti asoslari


Reja.
1.Elektr energiya xosil qilish va uni tarqatish.
2.Iste’molchilarining elektr ta’minoti tizimi, nimstansiya (podstansiya)lar.
3.Yukori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari.

1.Elektr energiya xosil qilish va uni tarqatish.
Elektr energiya elektrostansiyalarda ishlab chiqariladi. Ularda turli ener-giyalar elektr energiyaga aylantiriladi. Ishlatilayotgan birlamchi energiya turiga qarab elektrostansiyalar quyidagi turlarga bo’linadi: gidravlik (GES), issiqlik (IES), atom (AES). Xozirgi kunda issiqlik elektrostansiyalari ko’p tarmoqli bo’lib ularni ulushiga barcha ishlab chikarilayotgan elektr energiyasining 80-85 % miqdori to’g’ri keladi.
Gidravlik elektrostansiya (GES) larda suv okimi energiyasi birlamchi energiya xisoblanib gidrogeneratorlar yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi.
Issiqlik elektrostansiya (IES) larida qattiq, suyuk, gaz ko’rinishidagi yoqil-gilarni kimyoviy energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi. IES lari bug’ turbina li, gaz turbinali va ichki yonuv dvigatelli bo’lishi mumkin. Ammo bug’ turbinali elektrostansiyalar ko’p tarqalgan. Ba’zi issiqlik elektrostansiyalari iste’mol chilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash bilan bar qatorda bug’ va issiq suv bilan xam ta’minlaydilar (TES).

Atom elektrostansiya (AES) larida energiya manbaasi sifatida yadro yoqilg’i-si ishlatiladi. Zanjirli reaksiya tufayli parchalanish natijasida yadro yoqilg’isi issiqlik ajratib chiqaradi va u suvni bug’ga aylantiradi. Xosil bo’lgan bug’ turbi-naga yuboriladi. Bug’ xosil bo’lish jarayoni turli sxema va sikllar bo’yicha amalga oshiriladi. Boshka jixatlari tomonidan AES lar IES lardan farq qilmaydi.
Xozirgi kunda quyosh energiyasidan, er osti suvlarining issiqligidan, shamol energiyasidan, dengiz oqimlarining qalqishidan foydalanish xamda atom va issiq-lik energiyasidan to’g’ridan-to’g’ri elektr energiyasi xosil qilish bo’yicha tadqiqot-lar olib borilmoqda.
Ta’kidlab o’tish joizki, jixozlar xamda energetik resurslarlan oqilona foydalanish maqsadida turli elektrostansiyalar energotizimlarga, ayrim energotizimlar esa birlashgan energetika tizimlari (BET)ga birlashadilar. To’laqonlilik bilan aytish mumkinki, xozirgi kunda Uzbekiston Respublikasida yagona birlashgan energetika tizimi mavjud.


Yüklə 75,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin