O'rta guruh ______________________________________________ (nomi)
Mavzu
Mavsumiy o'zgarishlar
Davr
Mart oyining 2 haftasi
Rivojlanish sohalariga doir maqsadlar
Jismoniy rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish
Bolalarni yugurish, yurishga mashq qildirish. Ko'ptokni otish va tutib olish, juftliklarda o'zaro otish ko'nikmasini mustahkamlash.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Kattalar bilan muloqotda bo'lishga bo'lgan ehtiyojni rivojlantirish, ularga bo'lgan ishonchni mustahkamlash. Ahil va inoqlikda yashay olish, o'zgalarni qo'llab quvvatlash va qayg'urish.
Nutq, muloqot, o'qishva yozuv malakalari
Rolli nutqni qo'llashni, rolli munosabatlarni o'rnatish ko'nikmasini rivojlantirish. Diqqat, tafakkurni rivojlantirish. Rasmlarni tasvirlashga o'rgatish.
Diqqat, xotirani rivojlantirish. Qahramonlarning hatti harakatlarini baholay olishga o'rgatish, suhbatda ishtirok etish, o'z nuqtai nazarini ifodalash ko'nikmasini takomillashtirish. Badiiy asarlarni hissiy idrok etish.
Nutqda olingan taassurotlarni ifodalash hissiy tajribasi va ko'nikmasini boyitish.
Bilishni rivojlantirish
Bolalarni bahor belgilari bilan tanishtirish. Jonsiz tabiatdagi sharoitlarning o'zgarishi o'rtasidagi aloqani o'rnatish. Kuzatuvchanlikni , qiziquvchanlikni rivojlantirish. Tabiatga bo'lgan ehtiyotkorona munosabatni, tabiat go'zalligini saqlab qolish istagini tarbiyalash.
O'simliklar bilan o'zaro faoliyatni amalga oshirish usullari borasidagi elementar tasavvurlarni shakllantirishda davom etish, o'simliklarni ularga ziyon yetkazmagan holda kuzatish.
Bolalarga ota onalarning ruxsatisiz o'simliklarni uzish va ularni iste'mol qilish mumkin emasligini, ular zaharli bo'lishi mumkinlgini tushuntirish.
Tabiatdagi o'zgarishlarni payqay bilish, bahor va qish faslidagi ob havoniy olish, tabiatdagi xarakterli o'zgarishlarni rasm orqali ifodalash, tabiatga bo'lgan qiziqish va ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash.
5 gacha sanash davomida geometrik shakllarni topishni mashq qildirish; chaqqonlikni, harakatlar koordinasiyasini, diqqatni rivojlantirishga mo'ljal olishga o'rgatish.
Ijodiy rivojlanish
Musiqaning hissiy bo'yog'ini tinglash va tushuna bilish.
Qog'oz varog'ida mo'ljal ola bilish. Mo'yqalamning uchi bilan chizishga o'rgatish.
Hajmga ega figuralarni yaratishda tasavvurni rivojlantirish
Musiqa ritmini farqlash ko'nikmasi
Gullarning nomi, ularning tuzilishi bilan tanishtirish, otlarni ko'plik shaklida qo'llayga mashq qildirish, taqqoslashga o'rgatish, gullarni chizish.
Kubiklar, geometrik shakllar, yog'och va plastmassa konstruktordan modullar, tasvirlar, rasmlar. Namuna sifatida turli otkritkalar, rangli qog'ozdan hsil qilingan to'g'ri to'rt burchaklar va chiziqlar, yelim, salfetkalar, mo'yqalam, qo'l ostidagi materiallar.
Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish markazi
N.Polyakovning “Bahor yomg'iri” she'rini yod olish
«Bahor»hikoyasi
Ilm va tabiat markazi
“Matoning xususiyatlari”
Turli mato qiyqimlari, suvli tog'ora, qog'ozdan hosil qilingan chiziqlar, “Atelye” o'yiniga doir atributlar
San'at markazi
Loy ishi “Gullar” dekorativ plastina
«Gulzor» applikasiyasi
“Maysazorda” chizish
Bandni, barglarni tasvirlovchi rangli qog'ozlar, mo'yqalam, oq, ko'k, yashil rangdagi guash. 12x12, 3x3 hajmdagi rangli kvadratlar, yelim, qaychi, likopchalar, salfetkalar, tayyor elementlar (hasharotlar). 10x15 sm hajmdagi kartonli asos, loy, stek, tayyor mahsulotlar.