Harakat faolligini, mayda qo'l motorikasini, nutqni rivojlantirish,mebelni tasvirlay olish va uni taqqoslash.
Tayanch so'zlar asosida gap tuzish,rasmga qarab tasvirlash va ijodiy so'zlab berish.
Badiiy asarni eshita bilish va u bo'yicha savollarga to'g'ri javob berish, suhbat jarayonida ishtirok etish va unga o'z fikrini bildirish;
Badiiy asarni hissiyot bilan qabul qilish.
Bolalarni mebel, uning turlari va asosiy qismlari bilan tanishtirish.
Mebelni tasvirlash va taqqoslashni o'rgatish, mebelni tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlarini rasmda aks ettirish.
Suhbat yuzasidan bolalarda o'z fikrini bildira olish ko'nikmasini rivojlantirish.
5 gacha bo'lgan sanoqda geometrik shakllar va predmetlarning shakllari bilan taqqoslashni mashq qildirish;
Bolalarda kun qismlari haqidagi tasavvurlarnni kengaytirish;
Bolalarning bel,oyoq, qo'l bo'g'inlarini rivojlantirish.
Ijodiy rivojlantirish
Harakatlarni aniq bajara bilish .
Kuyning raqsbob,quvnoq xarakterini his etish,har xil xarakterli holatlarini farqlash.
Maydondagi mo'ljalni erkin olib, yengil yugurish.
Katta stolni chizish, to'g'ri burchakli shaklni tasvirlab berish.
Atrof olam haqidagi tasavvurlarini rasmda aks ettira olishni rivojlantirish
Bolalarda o'zi chizgan ramlarini tomosha qilish hisssini uyg'otish,
Ularga nisbatan o'z munosabatini bildirish.