Tarix fakulteti mustaqil ish


Xo`jalik (tarixiy-iqtisodiy) geografiyasi



Yüklə 66,14 Kb.
səhifə5/7
tarix31.12.2021
ölçüsü66,14 Kb.
#112563
1   2   3   4   5   6   7
Toshkent viloyati tarixiy geografiyasi

3. Xo`jalik (tarixiy-iqtisodiy) geografiyasi

Toshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʻrni iqtisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi. Viloyat  xoʻjalik kompleksi, asosan, poytaxt xoʻjalik kompleksini toʻldiradi. Ayni paytda viloyat respublika sanoat mahsulotining 20%ni, elektr energiyasining 45%ni, koʻmirning 98%ni, sementning 43%ni, poʻlat va metall prokatining 100%ni, rangli metallarning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Vshtoyatda 190 ta sanoat, 160 dan ortiq qoʻshma, 20 mingdan ortiq kichik va oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi. Eng muximlari: «Gʻishtchi» (Angren), «Agat va Farhod» (Boʻstonliq tumani), «Metallurfemont» (Bekobod), «Orion» (Qibray tumani).

Sanoatining yetakchi tarmoklari — energetika, mashinasozlik, metallurgiya, koʻmir,  kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik hamda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini qayta ishlash.

Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Oʻzbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Angren, Toshkent issiqlik elektr styalari hamda Chirchikdagi oʻtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kti ishlab turibdi.

Chirchikdagi E«lektrkimyosanoat», Olmalikdagi «Ammofos» va Angrendagi «Oʻzbekrezinatexnika» ishlab chiqarish. birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xoʻjaligi. va b. tarmoqdar uchun azotli va fosforli oʻgʻitlar, ammiakli selitra, kaprolaktam ishlab chikariladi. «Oʻzbekkimyomash», «Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi», «Transformator» korxonalarida qishloq xoʻjaligi. uchun zarur boʻlgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va b. ishlab chiqariladi.

Viloyatdagi T«oshkenttibtexnika» (Qibray tumani), «OʻzBMZ» (Toshkent tumani), «Gidravlika», «Uskuna quruvchi» (Zangiota tumani), Dalvarzin taʼmirlash zavodi (Bekobod tumani), Togʻ transporti uskunalarini taʼmirlash zavodi, «Angrengazmash» (Angren sh.,) korxonalari yirik korxonalardan qisoblanadi.

Viloyatda, shuningdek, «Ohangaronsement», «Santexquyma», «Ohangaronshifer», «Ohangaronlinplast», «Bekobodsemtaʼmir», «Gʻazalkentoyna» kabi qurilish materiallari ishlab chikaradigan va qayta ishlaydigan korxonalar ham mavjud boʻlib, ularda sement, shifer, keramika, oyna, gʻisht, linoleum, temirbeton konstruksiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi.

Oziq-ovqat sanoati xam rivojlangan. Bunda, asosan, mahalliy xom ashyodan  mahsulot tayyorlanadi. Bu sanoat goʻshtsut, yogʻmoy, unqandolat, vinoaraq,  tamaki va boshqa tarmoqlarni oʻz ichiga oladi.

Oziq-ovqat sanoati paxtachilik mahsulotlari, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va b. ga asoslanadi. Viloyatda 4 un zdi, konserva, pivo, araq, non va non mahsulotlari zdlari, sholi tozalash korxonalari bor. Yangiyoʻl sh. viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu yerda yogʻ, konserva, vino va spirt zdlari, qandolat fkalari mavjud. Chirchiq, Olmaliq, Angren sh. lari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari koʻp.

Qishloq xoʻjaligi ning asosiy tarmoklari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik; togʻ etaklarida lalmikor  dehqonchilik  (asosan, bugʻdoy va arpa yetishtiriladi). Ayniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodiyetning koʻp tarmokli turlari shakllanib borayapti. Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq dehqon xoʻjaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xoʻjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmogʻi 72%ni tashkil etadi (2004).

Soʻnggi 10 yilda paxta urugʻchiligini rivojlantirishga eʼtibor ortib borayapti. Viloyat paxta seleksiyasi va urugʻchilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda.

Toshkent viloyati 1990-y. largacha SSSRda kanop yetishtiriladigan yagona  region  edi. Sirdaryo va Chirchiq sohillarida sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xoʻjaligi. ekinlari strukturasini oʻzgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinlarni egallaydi. Toshkent viloyatida shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum yetishtirish ham yil sayin ortib borayapti. Pillachilik bilan shugullaniladi. Chorvachilik rivojlangan. Toshkent viloyatida 168 shirkat xoʻjaligi, 8 parrandachilik fabrikasi bor. Chorvachilik goʻsht sutga ixtisoslashgan.

Toshkent viloyati dagi barcha jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 425,5 ming bosh kramol (shu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming choʻchqa, 446,1 ming qoʻy va echki, 4018,2 ming parranda bor (2003).

Chirchiq — Ohangaron vodiysi obikor dehqonchilikning asosiy o`rnidir. Viloyatdagi barcha ekin mayd. 315 ming ga, shu jumladan, yerning 108,0 ming gektariga paxta, 135 ming gektariga boshokli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnika ekinlari, 17,4 ming gektariga kartoshka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻ, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga oʻrmonzorlar bilan band, pichanzor va yaylovlar 198,5 ming gektarni egallaydi (2003). Ekinlarni sugʻorishda, asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi.

Toshkent viloyati respublika poytaxti aholisiga sut, goʻsht, tuxum, mevasabzavot yetkazib beradi. Kartoshka va sabzavot, asosan, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Angren sh. lari atrofidagi xoʻjaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toshkent sh. aholisini kartoshka va sabzavot bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyatda tokchilik va bogʻdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bogʻlarda asosan, nok va olma oʻstiriladi. Bogʻlarning asosiy qismi Boʻstonliq, Qibray, Yangiyoʻl, Parkent, Ohangaron, Zangiota, Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan. Sharqiy togʻli va togʻ etaklaridagi tumanlarda, asosan, qoʻy va echkilar boqiladi. Echkilarning 40% angor echkilari, qoʻylar esa hisor va jaydari qoʻylardir.



Viloyatda Quyi Chirchiq «Baliqchi» tajriba namunaviy baliqchilik birlashmasi, Zangiotada Damachi balikchilik kti, Yangiyoʻl baliq chavoqlari yetishtirish davlat xoʻjaligi, Ixtiopatologiya markazi (Toshkent) va b. bor.

Transport. T. v. dagi t. y. uzunligi 354,2 km. Viloyat hududidan Oʻrta Osiyodagi mustaqil davlatlarni Sharqiy Yevropa shaharlari bilan bogʻlaydigan t. y. liniyasi (shu jumladan, Moskva — Toshkent — Turkmanboshi) oʻtadi. Angren sh. va Chorvoq shaharchasi yoʻnalishidagi t. y. tarmoqlari Toshkentdan boshlanadi. Toshkent atrofidagi t. y. lar elektrlashtirilgan. 2004-y. dan boshlab Toshkent — Samarkand yoʻlovchilar tashuvchi elektr poyezdi qatnay boshladi. Viloyatda avtomobil yoʻllarining tarmogʻi zich. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 6,6 ming km (shu jumladan, qattiq qoplamalisi — 5,9 ming km). Muhim avtomobil yoʻllari: Katta Oʻzbekiston trakti, Toshkent—Andijon—Oʻsh — Qashqar avtomobil yoʻli.


Yüklə 66,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin