Ledeburit (L) – bu struktura ham ikki fazali mayin mexanikaviy aralashma bo’lib, evtektika deb ataladi. Ledeburit 1147 dan 727 0S gacha sementit bilan austenitning, 727 0S dan uy temperaturasigacha esa sementit bilan perlitning mexanikaviy aralashmasidir. Bu aralashmalarni bir-biridan farq qilish uchun 1147 dan 727 0S gacha bo’lgan ledeburit La bilan, 727 0S dan pastdagi ledeburit esa Lp bilan belgilanadi. Demak, La austenitli, Lp esa perlitli ledeburitdir. Qattiqligi, NV=300-450. (ledeburit-nemis olimi A. Ledebur sharafiga).
Grafit (G) – bu faza uglerodning shakl o’zgarishlaridan biri, u temir – uglerod qotishmalarida plastinkalar yoki donalar shaklida bo’ladi. Grafit sementitning parchalanishi mahsuloti bo’lib, Brinel bo’yicha qattiqligi NV=30-50.
Fe-Fe3C sistemaning holat diagrammasi. Temir-uglerod qotishmalari shartli ravishda ikki komponentli qotishmalar jumlasiga kiradi. Uglerodning temir bilan birikib, kimyoviy birikma – sementit Fe3C hosil qilishi mumkinligi yuqorida aytib utilgan edi. Sementitning parchalanishi natijasida ham grafit hosil bula oladi. Demak, temir-uglerod qotishmalarining ikki xil sistemasi-sementitli va grafitli sistemalari mavjud. Bu sistemalardan birida komponentlar temir bilan sementit(Fe-Fe3C) bo’lsa, ikkinchisidagi komponentlar temir bilan grafit (Fe-C) dan iborat.
Fe-C sistemasi barqarordir, shuning uchun u stabil sistema deb ataladi.
Sementitning parchalanishi mumkinligidan Fe-Fe3C sistemasi, nazariy jihatdan olganda, batamom muvozanatdagi sistema bo’la olmaydi, shuning uchun u metastabil sistema deyiladi. Muvozanat holat shundan iboratki, mumkin bo’lgan jarayonlarning hammasi oxirigacha boradi. Ammo Fe3C (sementit) temir bilan uglerod qotishmalaridan foydalanishning odatdagi sharoitida parchalanmaydi. Shu sababli Fe-Fe3C sistemasini amalda muvozanatdagi sistema deb hisoblash mumkin.
Fe-Fe3C diagrammasidan po’lat va oq cho’yanlarni o’rganishda keng ko’lamda foydalaniladi; Fe-C sistemasidan esa tarkibidagi uglerod grafit tarzida bo’ladigan po’lat va cho’yanlarni o’rganishdagina foydalanish mumkin.
Fe-Fe3C sitemasining holat diagrammasida absissalar o’qi ikkita berilgan, ulardan biri qotishmalar tarkibidagi uglerod miqdorini bildirsa, ikkinchisi sementit miqdorini ko’rsatadi.
Diagrammada AVSD chizigi likvidus chizigi bo’lib, AHJECF chizigi solidus chizigidir. Bu chiziqlarning harakteri diagrammaning murakkab ekanligini ko’rsatadi.
Fe-Fe3C holat diagrammasining yuqori chap qismi uchinchi tip holat diagrammasining peritektikali turiga, pastki chap qismi beshinchi tip holat diagrammasining evtektoidli turiga o’xshaydi. Diagrammaning o’ng qismi uchinchi tip holat diagrammasiga o’xshab ketadi. Diagrammaning ECF chizigida (1147 0S) evtektik reakiya boradi. Bu reaksiya natijasida esa tarkibi S nuqtadagi kabi suyuq qotishmadan austenit bilan sementitning evtektik aralashmasi hosil bo’ladi. Bu aralashma ledeburit deb ataladi va L bilan belgilanadi.
Diagrammaning PSK chizigida evtektoidaviy reaksiya boradi, bu reaksiya natijasida tarkibi S nuqtadagidek austenitdan ferrit bilan ikkilamchi sementitning evtektoidaviy aralashmasi hosil bo’ladi. Bu aralashma perlit deb atladi va P bilan belgilanadi.
Uglerod va boshqa elementlarning α-temirdagi eritmasi ferrit deb, γ- temirdagi eritmasi esa austenit deb ataladi.