"Tasdiqlayman " O'IBD o'rinbosari:
_________X.Yarmatov
Konstruksion materiallar fаnidan o'quv mashg'ulotida ta'lim texnologiyasi modeli
Guruh
Sana
Mashg'ulot raqami №1 Mavzu: Cho’yan va po’lat ishlan chiqarish
Vaqt: 80 minut
Talabalar soni: 25-30
O'quvmashg'ulotiningturiva shakli
Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’uloti-ma’ruza
Ma 'ruza rejasi / o'quv mashg 'ulotining tuzilishi
1. CHo’yan to’g’risidа tushunchа
2 CHo’yan оlish uchun хоm аshyo
3. Dоmnа pеchi tuzilishi. Dоmnа pеchi mаhsulоti
4. Po’lаt ishlаb chiqаrish. Po’lаt hаqidа tushunchа
O'quv mashg'uloti maqsadi:
Mavzu yuzasidan o'quvchilarda tushuncha hosil qilish, mavzuga oid bilim va ko'nikmalarni shakklantirish.
O`qitish natijasi
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida shakllanadigan asosiy bilim va ko`nikmalarni shakllantirish
Pedagogik vazifalar: а) Cho’yan to’g’risida tushuncha beradi b) Rudalar turi bilan tanishtiriradi; c) Domna pechi tuzilishini o’rgatadi d) Po’lat ishlab chiqarish to’g’risida bilimlarni shakllantiradi;
O'quv faoliyati natijalari а) Cho’yan xossalarini tushuntira oladi b) Rudalar turini sanab bera oladi; c) Domna pechi tuzilishini biladi d) Po’lat ishlab chiqarishni aytib bera oladi
Oqitish metodlari
Ma'ruza, aqliyhujum, mavzuga oid krossvordlar bilan ishlash
Darslikkitob, ma'ruzaiarmatni, plakatlar, kodoskop, mavzuga oid slaydlar,tarqatma materiallar,. Proyektor, kompyuter
O`quvfaoliyatinitashkiletishshakli
Frontal, jamoaviy, guruhli, juftlikda, yakka tartibda
Oqitish sharoiti
Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan o'quv xona
Qaytar aloqaning usul va vositalari
Og'zaki so'rov: tezkor savol-javob; misol va mashqlar, test, bajarilgan o`quv topshiriqlarini baholash
O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Fаоliyat bоsqichlаri
Fаоliyatning mаzmuni
O`qituvchi
Tаlаbаlаr
I O’quv mashg’ulotiga kirish bоsqichi (5 dаqiqа)
Tashkiliyqism 1.1. Salomlashadi, yo’qlama qiladi, o’quvchilarning darsga tayyorligini ko’zdan kechiradi
Tinglaydilar, javob beradilar.
II. Аsоsiy bоsqich. (65 dаqiqа)
Tayanch bilimlarni faollashtirish Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi
Maqsad va vazifani belgilanishi 2. Ma'shg'ulotning nomi va rejasini e'lon qiladi, o'quv mashg'ulotining maqsadi va o'quv faoliyat natijalarini tushuntiradi.
3 . Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi
4. Mashg'ulot o'tkazish shakli va baholsh mezonlarini e'lon qiladi.
Ta`lim oluvchilar bilimini faollashtirish 5. Tezkor so’rov orqali bilimlarni
faollashtiradi. (1-ilova)
Javoblar muhokama qilinmaydi.
Yangi o’quv materiali bayoni 6. Mashg'ulot rejasi bo’yicha ma'ruzani mantiqiy tuzilma asosida olib boradi.
7.Slaydlarni (2-ilova) namoyish qilish va sharhlash bilan mavzu bo’yicha nazariy holatlarni bayon qiladi.
Yangi o`quv materialini mustahkamlash 8. Mustahkamlash uchun savollar beradi.
Rejadagi har bir qism o’rtasida o’zaro aloqani o’rnatadi.
9. Yangi o’quv materialini o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun tezkor –so’rov (3-ilova) o’tkazadi
Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mashg’ulot yakuni 1. Mavzu bo'yicha umumiy xulosa qiladi.
2. O'quvchilar bilimini baholaydi
Uyga vazifa berish 3. Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish uchun yo`riqnoma beradi (4-ilova)
3- илова Tezkor so’rov savollari: Po’lat deb nimaga aytiladi?
Cho’yan deb nimaga aytiladi?
Konvertor nima?
4- илова Uyga vazifa: Cho’yan va po’latlardan yasalgan buyumlar haqida ma’lumot berish.
Эслтама: Referat ko’rinishida buyumning xissasi va ishlatish soxasi yoziladi.
Dars matni 2-mаvzu. Cho’yan vа Po’lаt ishlаb chiqаrish 1. CHo’yan to’g’risidа tushunchа
2 CHo’yan оlish uchun хоm аshyo
3. Dоmnа pеchi tuzilishi. Dоmnа pеchi mаhsulоti
4. Po’lаt ishlаb chiqаrish. Po’lаt hаqidа tushunchа
Tayanch iboralar: Sementit, grafit, flyus, ruda, konvertor, shlak, koks, koks gazi, domna pechi, Marten pechi 1.Cho’yan to’g’risidа tushunchа. Cho’yan оlish uchun хоm аshyo Cho'yan temirning uglerodli qotishmasi bo'lib, uning tarkibida uglerod miqdori 2,14 % dan ortiq bo'ladi, undan tashqari ma'lum miqdorda Si, Mn, P, S lar ham bo'ladi. Ma'lumki, uglerod cho'yanda grafit va sementit holida bulishi mumkin. Agar cho'yanlarning tarkibida uglerod va kremniy ko'p bo'lib, marganes kam bo'lib, sekin sovitilsa, uglerod erkin tarzda ajraladi. Agar, aksincha uglerod va kremniy kam bo'lib, marganes ko'p bo'lib tez sovutilsa, uglerod sementitda bo'ladi. Cho'yanlar tarkibidagi uglerodning qay tarzda va qay shaklda ekanligiga ko'pa ularni qayta ishlanadigan, quymakorlik (kul rang), bolg'alanuvchi va mustahkamligi yuqori cho'yanlarga ajratiladi:
Rudalar- tarkibida metallar bulgan tog jinslari. Temir rudalari tarkibida temir 20-70% mikdorida Fe2O3 yoki Fe3O4 oksidlar kurinipshda bo'ladi. Tarkibida metall bulmagan ruda minerallari bo'sh jins deb ataladi.
Temir alyuminiydan keyin tabiatda eng ko'p tarqalgan metalldir.Uning er po'stlogidagi umumiy miqdori 5,1% ni tashkil etadi. Temir tabiatda erkin xolda uchraydigan elementdir (meteoritlar).Oksidlar va sulfidlar xolida uchraydi. Temirning quyidagi rudalari mavjud:
1. Magnitli temirtosh Fe3O4; yukori sifatli bu rudashshg yirik konlari Ural da, Magnitnaya togida;
2. Qizil temirtosh Fe2O3; uning eng yirik koni - Krivoyrog konidir;
3. Qo'ngir temirtosh Рb2Оз*Н2О; yirik koni - Kerch koni xisoblanadi;
4. Temir kolchedani (pirit)-FeS2 5. Shpatli temirtosh FeCO3 Rudaning asosiy moddadan tashkari kismi - bekorchi aralashma bo'lib, ularga qum-tuproq, loy, oxaktosh kabilar kiradi. Agar ruda tarkibida ajratib olinadigan metall miqdori kam bo'lsa, ruda boyitiladi yoki kontsentratlanadi, Uning flotatsion, gravitatsion va magnit usullari mavjud.
1. Flotatsion usulda rudaga sirt aktiv xossaga ega bo'lgan modda-flotareagent ko'shadi. Bu modda ruda bilan aralashma xosil qilib uning sirtini namlanishdan saklab, suv va xavo okimi ta'sirida kupik xosil kilib,sirtidarudazarrachalarini suvning sirtiga kutarib chikadi, bekorchi jinslar chukadi. Suv sirtida boyitilgan ruda ajratib olinadi.
2. Gravitatsion usul- turli ulchamli ruda zarrachalarining zichligi (ogirligi) xar xilligidan foydalanib.suyukliklar bilan aralashmalari (suspenziyalari)da ruda zarrachalarining turlicha chukishiga asoslangan boyitish usulidir
3. Magnitli usul- magnitga tortiluvchi (yoki magnit bilan ta'sirlashmaydigan) zarrachalarga magnit maydoni ta'sir ettirib ajratishga asoslangan usuldir.
Rudaning suyuqlanish temperaturasini kamaytirish uchun qo'shiladigan qo'shmcha - flyus deyiladi. Flyus bekorchi aralashmalar bilan oson suyuqlanuvchi aralashma- shlak xosil qiladi va chiqarib yuboriladi. Agar bekorchi aralashma qum bo'lsa,flyus- oxaktosh CaCo3 buladi va aksincha. Ikkala xolda xam shlak CaSiO3 xolida chiqarib yuboriladi.
Toshko'mir koksi (pista kumir) yokilgi va kaytaruvchi sifatida ishlatiladi. Koks- maxsus
kumirlarni xavo kiritmay yoqib olinadagan maxsulot. Yukon sortdagi koksda 95% gacha C buladi.