Latunlar. Asosan mis bilan mxdan iborat qotishmalar latunlar deb ataladi. Texnikaviy latunlar tarkibida rux miqdori 45% ga yetadi. Latunlar L harfi bilan va raqamlar bilan markalanadi. L62, L68, L — latun ekanligini, 62 — misning % miqdorini ko'rsatadi. Latun tarkibida aixdan boshqa legirlovchi elementlar bo'lishi mumkin. Masalan: LS74-3, LO70-1, LAN59-3-2, LMs-58-2. Markadagi birinchi son misning % miqdorini, qolgan sonlar tegishli elementlarning % miqdorini ko'rsatadi. Bu maxsus latun tarkibida elementlar quyidagicha belgilanadi. A — aluminiy, S — qo'rg'oshin, О - qalay, J — temir, N - nikel, Mn — marganes, К - kremniy. Masalan: LMs58-2 = Si-58% Ms-2%, 2Z-40%. Latun markasi oxirida L harfi bo'lsa, quymabop, L harfi bo'lmasa, deformatsiyabop latunlar deyiladi. Masalan: Ak 80-31.
Tarkibida mis miqdori ko'p (A96, L90, L85) markali latunlar tayyorlanadi. Bunday latunlar tompcik deb ataladi.
Bronzalar. Misning qalay, aluminiy, qo'rg'oshin, berilliy va boshqa elementlar bilan hosil qilgan qotishmalari bronza deb ataladi. Mis bilan qalaydan iborat qotishma qadimdan ma'lum va bu qalayli bronza deyiladi. Tarkibida qalay bo'lmagan qotishmalar ham bor. Bu maxsus bronzalar deb ataladi. Bronzalar BR harfi tarkibidagi elementlarni bildiruvchi harflar va shu elementlarning o'rtacha % miqdorini ko'rsatuvchi raqamlar bilan markalanadi, Masalan: BrONSTl 1-4-3 11% qalay, 4% nikel, 3% qo'rg'oshin, qolgani misdan iborat.
Deformatsiyabop bronzalar Br, Of 6,5-0, 25-BrOf-4-0,25, BrOTs-4-3, quymabop bronzalar BrOglO, BrOTsSN-3-7-5-1, BrOTsS 12-5 BrOF 10-1 aluminiy bronzalar BrA bilan belgilanadi. Masalan: BrA7, BrAMs9-2, BrAJS7-l,5-l,5 va h.k.
Alyuminiy va uning qotishmalari
Texnikada alyuminiy olish. Alyuminiy tabiatda eng ko'p tarqalgan metall bo'lib, uning yer qobig'idagi umumiy rniqdori 7,45 % ga yaqindir. Alyuminiy tog' jinslari tarkibida oksid AlO va Al(OH), holida uchraydi.
Alyuminiy kumushsimon oq rangli yengil metall. Uning solishtirma og'irligi 2,7 g/sm2 erish harorati 658,7 °C, qaynash harorati 1800 °C. Alyuminiynmg solishtirma elektr qarshiligi 0,028-0,03m mm2/m, cho'zilishga qarshiligi (7=10-12 kg/mm2, Brinell bo'yiclla qattiqligi HB = 20-25 kg/mm2 va nisbiy cho'ziluvchanligi В = 40~5%. Alyuminiy korroziyaga birmuncha chidamlidir, chunki uning sirtida hosil bo'luvchi oksid pardasi A12O3, o'zining ostidagi qatlamni oksidlanishdan saqiaydi. Alyuminiy va uning qotishmalari elektr tokini juda yaxshi o'tkaz ganligi va plastik bo'lganligi sababli xalq xo'J'aligining ko'p sohalarida ishlatiladi. Agar tog' jinslarining tarkibida alyuminiy 20-30 % bo'lsa bunday birikmalar alyuminiy rudalari deb ataladi.
Asosiy alyuminiy rudalariga boksit, kaolin, alunit, nefelin va boshqalar kiradi.
Boksitlar tarkibida 30-57 % А12О3„ 17-35 % Fe2 03, 3-13 % Si02,2-4 % Ti02, 3 % gacha CaO va 10-18 % H20 bo'ladi.
Kaolinlar (AI,(X-2SiO,-2H20) tarkibida 37-0 % A12O3,1,5 % Fe2 03 36-45 % Si02,
15-20 %H20 bo'ladi.
Alyuminiyni uning rudalaridan olish texnologiyasi quyidagi ikki mustaqil jarayonga bo'linadi:
1. Alyuminiy oksidini alyuminiy rudalaridan olish;
2. Toza alyuminiyni uning oksidlaridan ajratib olish.
Dostları ilə paylaş: |