Mis rudalarni boyitish. Mis rudalarining tarkibida- mis juda oz bo'lgani (0,5-2%) sababli ularni flotatsion va qaynovchi qalarn ostida ko'pincha boyitiladi.
1. Flatatsion boyitish. Bii usuldan sulfid va polimetall rudalarini boyitishda keng foydalaniladi. Bu usul metall vabegona qo'shimcha zarrachalarining suv bilan turlicha xo'llanishiga asoslangan, qurilma qiya tubli yashikka o'xshash bolib, unga suv bilan maxsus reagent (ozgina mineral yoki o'simlik moyi) kiritiladi. Keyin esa unga voronka orqali 0,05-0,5 mm gacha maydalangan mis rudasi kiritib, trubka to'qimasi I orqali havo haydaladi. Havo ruda zarrachalarini suyuqlik bilan yaxshi aralashtiradi.
Bu ishlov berishda begona jinslar namiqib vanna tubiga cho'kadi. Mis zarrachalar suv bilan yaxshi xo'llanmaganligi tufayli moy pardasiga chulg'anib, ko'pik tarzida yuqoriga qalqib chiqadi,
Jarayonda vanna tubiga yig'ilayotgan begona jinslar 3 ni zaruratga qarab teshik 4 orqali tashqariga chiqariladi. Varmada olingan mis konsentrati filtrlanib quritiladi. Unda mis miqdori 15-40% gacha ortadi. Lekin unda 15-35% S, 15-37% Fe va oz miqdorda SiO,, Al 203, CaO va boshqa qo'shimchalar bo'ladi. Misning bir qismi shiakka va ajraluvchi gazlarga ham o'tadi.
Alangali pechlarda mis konsentratlaridan shteyn deb ataluvchi qotishma olish. Odatda mis konsentratlaridan shteyn olish uchun qattiq, suyuq yoki gaz yoqilg'ilarda ishlovchi alangali pechlardan foydalaniladi.
Bunday pechlarning uzunligi 40 m, eni 10 m gacha, tubining yuzi 2502 gacha etadi. Вu pechlarda bir yo'la 100 t gacha konsentrat suyuqlantiriladi
Mis elementlari va qotishmalarining turlari
DST 859-66 ga ko'ra, misning quyidagi markalari mavjud: MOO, MO, Ml, M2, MZ. M4.
MOO da 99,99% mis, MO da 99,95%, M1 da 99,90%, M2 da 99,70, MZ da 99,5%, M4 da 99% mis bo'ladi.
Juda toza mis navlarining elektr o'tkazuvchanligi yuqori bo'lganligi uchun ular radiotexnika va elektrotexnikada keng qo'llaniladi. Qolgani, asosan, mis qotishmalari tayyorlash uchun ishlatiladi. Mis qotishmalari ikki guruhga: latunlar guruhi bilan bronzalar guruhiga bo'linadi.
Dostları ilə paylaş: |