I.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi Mana bugun ochiq dars, Xush kelibsiz, azizlar. Dars o’tib xushnud qilay, Tahlil qiling ustozlar. ***
Agarda qilsam xato Xulosaga shoshilmang. Beayb Parvardigordir, Bunga hech shubha qilmang. *** Darslarga kirsangiz gar, Haftasiga bir bora. Shunda balkim bizlarni, Bosmas hayajon sira. *** Marhamat kiring do’stlar, Doim darsga tayyormiz. Ko’taramiz tanqidni, Biz axir ustozlarmiz. So`zlarning eng shirini,
Ochiq aytay sirini,
Odob bog`in sharbatin,
Qalb gavharin qimmatin,
Qo`l berib shu so`z bilan,
Dillar qulfin ochamiz.
Aql nurin sochamiz.
Qaysi shirin so`z ekan?
Assalomu alaykum!
____Bolajonlar omonmisiz?
Bugun darsga tayyormisiz?
____ Ha, ustozjon, omonmiz,
Bugun darsga tayyormiz!
Ma’naviyat daqiqasi.O‘quvchilar bilan kunning muhim ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
II. Uyga berilgan vazifani so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash O‘quvchilarga tarqatma materiallar tarqatish va shu asosida o‘tgan mavzu yuzasidan olgan bilimlarini tekshirish, savol-javob o‘tkazish, uyga vazifani tekshirish, namunalar o‘qitish. Uyga vazifani bajarishdagi kamchiliklarni tahlil qilish.
Yangi mavzu bayoni:
IV. Mustahkamlash. "Zakovatli zukko metodi. Bilimlarni puxta òzlashtirishda òquvchilarning fikrlari, tafakkur yuritish qobiliyatlariga ega bòlishlari muhim ahamiyatga ega. Ushbu metod òquvchilarda tezkor fikrlash kònikmalarini shakllantirishga, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Bu metodni qòllash òz xohishiga kòra shaxsiy imkoniyatlarini sinab kòrish istagida bòlgan òquvchilar uchun qulay imkoniyatlarini yaratadi. Bunda o'quvchilar òqituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda tòģri, aniq javob qaytara olishlari zarur. Murakkablik darajasiga kòra har bir savolga qaytarilgan tòģri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning òrtacha arifmetik qiymatini topish asosida òquvchilarning tafakkur tezligi aniqlab olinadi.
Bunda o'quvchilar 3 guruhga bo'linadi.Har bir guruhdan bittadan vakil chiqadi.Ular fanga oid atamalarni ketma-ketlikda aytishadi.Ayta olmay qolgan o'quvchi o'yinni tark etadi.O'yin shu tariqa davom etadi.
.
V. Darsni yakunlash Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi va rag‘batlantiriladi
O‘tilgan dars umumlashtiriladi .