6.2. YUQORIDAN IKKI QO’LLAB TO’PNI UZATISHGA O’RGATISH
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
1. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
|
Tayyorlov qismi
Saf. Raport qabul qilish, salomlashish, dars mazmuni vazifalari bilan tanishtirish, saf mashqlar, yurish, yugurish
1-kompleks U.R.M. Maxsus mashqlar
|
Tinglaydilar.
Bajaradilar.
|
2-bosqich
Asosiy bosqich
(55 daqiqa)
|
Asosiy qism
1. Yuqoridan ikki qo‘llab to‘pni uzatish texnikasini nazariy tushuntirish, amalda ko‘rsatish.
Dastlabki holat, yuqori turish holatida oyoqlarni oraliq masofada saqlangan, qo‘llar yuqorida, panjalar keng yozilgan.
To‘pni ko‘z oldida ko‘rish lozim
a) to‘psiz harakalar
b) to‘pni to‘g‘ri qabul qilish
v) to‘pni to‘g‘ri uzatish texnikasi
g) to‘pni havoga otgan holda yerga tushib ko‘tarilgan to‘pni sherigiga uzatish
d) to‘pni yuqoridan ikki qo‘llab sherigiga uzatish oraliq 4-6-metr
2. Yuqoridan ikki qo‘llab to‘pni sherik orqali qabul qilishni va uzatishni o‘rgatish.
a) 3 metr masofada sherigiga to’pni yuqoridan uzatish, uzatilgan to’pni yuqoridan ikki o’llab qabul qilish.
v) 7 metir oraliqda hovoga to’pni otish va erga tushib ko’tarilgan to’pga to’g’ri joy tanlash.
g) 3-4 metr masofada to’pni yuqoridan ikki qo’llab uzatish.
Yuqoridan ikki qo‘llab to‘pni indvedual qabul qilish va uzatishni o‘rgatish.
1,5 metr masofada devorda yuqoridan ikki qo’llab qabul qilish va uzatishni bajarish.
Shug’ullanuvchilar 2 sherengaga bir-biriga qarama-qarshi qilib saflantirilgan 5-9 m da. Bir o’yinchi to’pni yerga uradi, ikkinchi o’yinchi to’pga qarab to’pni qabul qilish uchun dastlabki holatni egallaydi va sherigiga uzatadi.
Shu turgan holatda to’pni o’zini yuqorisida qabul qilib to’pni sherigiga uzatish. To’pni har xil holatda uzatish mumkin. Yon tomon bilan, orqa bilan, oldingi tomon bilan.
|
Juft-juft bo‘lib turadilar,berilgan mashqlarni bajaradilar.
Diqqat bilan tinglaydilar va ko‘radilar.
Topshiriqlarni bajarishga kirishadilar.
Juft-juft bo‘lib turadilar,berilgan mashqlarni 20 marotoba bajaradilar.
Juft-juft bo‘lib turadilar,berilgan mashqlarni 20 marotoba bajaradilar.
|
3.
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
|
Yakuniy qism
Saflanish, nafas rostlovchi mashqlar, uyga vazifa.
Devorda ikki qo‘l bilan to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini takrorlash
|
Bajaradilar,Savollar beradilar va tinglaydilar.
|
Balandligi bo‘yicha: baland – 2 m dan yuqori, o‘rtacha – 2 m gacha, past – 1 m gacha. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda to‘pga sekin, tez va katta tezlanish beriladi. To‘pni to‘rga yaqin – 0,5 m gacha va uzoq – 0,5 m dan ortiq masofada berish mumkin.
To‘pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qo‘lning to‘pga qarama-qarshi harakati, amortizatsiya va to‘pni yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi. Dastlabki holatdan to‘p tomon harakatlangandan so‘ng voleybolchi vertikal holatda, oyoqlarining bukilish darajasi to‘p yo‘nalishining balandligiga va uchish tezligiga bog‘liq holda, oyoq kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qo‘lga nisbatan qarama-qarshi) bir oz oldinda bo‘ladi. Qo‘llar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan bo‘ladi (5-rasm).
5-rasm.
Dostları ilə paylaş: |