Buyruq. Buyruq muayyan vazifani muxokamasiz bajarishni talab qiluvchi muloqot shakli bo‘lib, u rahbarlar faoliyatida keng qo‘llaniladi. Ifoda usuliga qarab buyruqlar yozma va og‘zaki ko‘rinishda bo‘ladi. Odamlarning yozma va og‘zaki buyruqqa munosabatida o‘ziga hosliklar mavjud.
Yozma buyruqlar korxona, muassasa yoki jamoa miqiyosida beriladi va ishga tayinlash, ishdan bo‘shatish, jazolash, rag‘batlantirish, topshiriq berish kabi maqsadlarda amalga oshiriladi. Yozma buyruqlar xuquqiy xujjat hisoblanadi. Shuning uchun ko‘pchilik unga jiddiyroq munosavbatda bo‘ladi.
Og‘zaki buyruqlar esa u yoki bu topshiriqni ma’lum xodimga yuklash, rag‘batlantirish yoki jazolash maqsadlarida qo‘llaniladi.
Og‘zaki buyruqqa beriladigan oxang, ovozni past-balandligi, uning xodim tomonidan qanday qabul qilinishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Buyruq qat’iy oxangda bo‘lishi kerak. Aks holda xodim qat’iyatsizlik bilan berilgan buyruqni bajarsammikan yoki bajarmasammikan, deb o‘ylab qolishi, unga mas’uliyatsizlik bilan yondashishi mumkin.
Og‘zaki buyruq berilayotgan paytda ovozni past-balandligi ham muhim ahamiyat kasb etadi, ba’zi rahbarlar og‘zaki buyruqni juda baland ovoz bilan beradilar. Ularning tasavvurida qancha baland ovoz bilan berilsa uning ta’sir kuchi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, buyruqning juda baland ovoz bilan berilishi rahbarning ruhiy kuchliligini emas, aksincha, ma’naviy qashshoqligini ko‘rsatadi. Juda kuchli ovoz bilan berilgan buyruqni ijrochilar dastlab tez bajarishga kirishsa-da, keyinchalik baland ovoz o‘z kuchini yo‘qotib ularga ta’sir etmaydi.
Buyruq juda past ovoz bilan ham berilmasligi kerak, bunday buyruq ham ijrochida salbiy munosabat tug‘dirishi mumkin.
Buyruqlar mazmuniga ko‘ra undovchi va ta’qiqlovchi xususiyatga ega bo‘ladi. Undovchi buyruqlar u yoki bu topshiriqni bajarishni talab qilsa, ta’qiqlovchi buyruqlar esa u yoki bu ishni yoxud xarakatni bajarmaslikni taqozo etadi. Undovchi buyruqlar tegishli tartibda, baland ovoz va qat’iy oxang bilan berilganda, tanqidiy munosabatsiz bajarilsa, ta’qiqlovchi buyruqlar ko‘pincha ijrochida aks munosabat uyg‘otadi. Bu hol inson ruhiyati xususiyatlari bilan bog‘liq. Ta’qiqlovchi buyruqlarni, hatto yosh bolalar ham bajarmaslikka xarakat qiladilar. Shuning uchun ta’qiqlovchi buyruq berilgach uning orasidan qisqa izoh berilishi yaxshi natijaga olib keladi. Masalan, «chekmang!», deb berilgan ta’qiqlovchi buyruq orqasidan xavfli yonilg‘i borligi aytilsa, shubhasiz, kutilgan natijani beradi.
Talab. Rahbarning xodimlarga munosabatining bunday shakli mazmun jihatidan buyruqqa yaqin turadi. Lekin uning o‘ziga xos tomonlari ham bor. Bu o‘ziga xoslik shunda ko‘rinadiki, buyruq u yoki bu faoliyatni bajarish yoki bajarmaslikka qaratilgan bo‘lsa, talab esa aynan o‘sha buyruqlarning bajarilishiga karatilgan bo‘ladi. Talab mazmuni, asosan, me’yoriy xujjatlar, ahloqiy normalar, korxona yoki muasasa ichki tartibi qoidalaridan kelib chiqadigan holat va amallarga rioya qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan, ishga o‘z vaqtida kelish haqida buyruq chiqarish o‘rinsizdir. Chunki bu hol korxona ichki tartibi, bir qator xuquqiy, xujjatlarda bayon qilingan. Shuning uchun talab avval chiqarilgan buyruqlar, yo‘riqnomalar, nizomlar va boshqa me’yoriy xujjatlarda ko‘rsatilgan vazifalar, burchalarni bajarishga belgilangan tartib - qoidalar, intizomga rioya qilishga qaratilgan bo‘ladi.
Talab o‘z mazmuniga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega, ya’ni oddiy va kat’iy talab. Oddiy talab kundalik ish faoliyatida ko‘p mazmun jihatdan buyruqqa yaqin bo‘ladi. U odatda, oddiy talab natija bermagan hollarda qullaniladi, qat’iy talabni noo‘rin qo‘lash uning bajarmasligiga va rahbar obro‘sini pasayishiga olib keladi.
Oddiy talab ham, qat’tiy talab ham amalda bajarilishi uchun rahbar, avvalo, tegishli xukuklarga yoki yaxshi obro‘ga ega bo‘lishi kerak. Agar rahbar o‘z qo‘li ostidagi xodimlardan biror vazifani bajarishni talab qilsa-yu, bu talab bajarilmaganda ma’muriy choralar qo‘lashga yetarli huquqi bo‘lmasa, mazkur talabning bajarilmaslik ehtimoli yanada ortadi.
Talab shaklidan foydalanilganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan yana bir muhim holat talabning mazmunidir. Ikkinchi, uchinchi darajali narsalarni qat’iy talab darajasiga ko‘tarish o‘rinsizdir. Talab qilinayotgan narsaning muhimlik darajasiga qarab talab oddiy yoki qat’tiy ko‘rinishga bo‘lishi mumkin. Ba’zan rahbar o‘z huquqi yoki ma’muriy imkoniyatlarni namoyish qilish uchun uchinchi yoki to‘rinchi darajali narsalar, mayda – chuyda ikir – chikirlarni ham talab qiladilar. Bu bilan ular o‘z rahbarligi ostilagi xodimlardan nechog‘lik ustun ekandiklarini namoyish qilmoqchi bo‘ladilar, bu qat’tiy qoralanadigan usuldir.