Tashkilotlar va ularni boshqarish samaradorligini oshirish Mundarija Kirish



Yüklə 127,14 Kb.
səhifə1/10
tarix26.11.2023
ölçüsü127,14 Kb.
#136406
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
181.-195 ASPEKT SAVOLLARIdocx


Tashkilotlar va ularni boshqarish samaradorligini oshirish


Mundarija


Kirish


1-Bob. Tashkilotlar, ularni tashkil etish va boshqarishning nazariy asoslari.



    1. Tashkilotlar, ularning axamiyati va turlari

    2. Tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va boshqarish nazariy asoslari

    3. Tashkilotlarni boshqarish samaradorligi tushunchasi va unga ta’sir etuvchi omillar

2-Bob. “Pop don mahsulotlari” AJ korxonasi molivayiv-iqtisodiy ko’rsatkichlari, boshqaruv jarayoni, boshqaruv samaradorligi va unga ta’sir etuvchi omillarning tahlili.
2.1 “Pop don mahsulotlari” AJ korxonasi moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlar tahlili
2.2 “Pop don mahsulotlari” AJ korxonasida boshqaruv jarayoni va uni tashkil etish
2.3 “Pop don mahsulotlari” AJ korxonasida boshqaruv samaradorligi va ta’sir etuvchi omillar
3-Bob. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida “Pop don mahsulotlari” AJ korxonasida mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari.
3.1 Korxoanada fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari.
3.2 Korxonada mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari.

KIRISH

Ma’lumki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash mamlakat hayotining barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida tub o‘zgarishlar olib borishni taqozo qiladi. Ushbu jarayonda iqtisodiyotning boshqaruv tizimini isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi.


Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Jahon mamlakatlarida yuz bergan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz nafaqat oddiy turmush tarzimizga, shuningdek, birinchi navbatda iqtisodiyot, xususan, ishlab chiqarishga ham katta o‘zgarishlar kiritdi. Zero inqiroz davrida iqtisodiyoti rivojlangan aksar mamlakatlarning ko‘plab korxonalari faoliyati bir qadar izdan chiqdi, to‘g‘rirog‘i, aksariyati o‘z ishlab chiqarish faoliyatlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldilar, chunki davr, taraqqiyot shuni taqozo etdi.
Bizga ma’lumki, korxonaning rivoji, istiqboli aksariyat hollarda uning rahbariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Rahbarning qay yo‘sinda ish olib borishi nafaqat korxonaga, balki xodimlarning mehnatga bo‘lgan munosabatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.Hozirgi rahbar ham a’lo mutaxassis, ham haqiqiy tadbirkor, tashkilotchi, ayni paytda o‘z xaq-xuquqini bilmog‘i darkor. Shu o‘rinda bugungi hayotimizdagi muayyan nomutanosiblikniochiq etirof etib, birinchi Prezidentimiz quyidagilarni quyinib bayon etadi: «Boshqaruvning quyi qatlamlarida, ayniqsa, ishlab chiqarish sohasida yangilikka intilish, yangilikni joriy etishga sa’y xarakatlari bor, lekin bu oliy janob mayl va harakatlar o‘rta va yuqori bo‘g‘inlarda, xususan, mamlakat loqayd, eskicha fikrlaydigan, o‘zini xon, ko‘lankasini maydon hisoblaydigan, yangilikka yo‘l bermaydigan noshud kishilarning qarshiligiga duch kelmokda. Bizning qat’iy fikrimiz shuki, bunday kishilar yo tanqiddan zarur hulosa chiqarib, tez orada o‘z fikr va saviyalarini o‘zgartiradilar, yoyinki biz ularni butunlay baxridan o‘tamiz...»1
Ayrim korxonalarda rahbar bilan xodimlar o‘rtasida bir qarashda ko‘z ilg‘amaydigan ulkan to‘siq mavjud bo‘lib, bu xodimlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu vaziyat o‘z navbatida korxonadagi ishlarning susayishiga, rivojlanishning to‘xtab qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Yangi boshqaruv strukturasini vujudga keltirish ularda ishlaydigan kadrlarni, ularning kasbiy tayyorgarligiga yanada yuqori talablar qo‘yadi.
Bu tadqiqotlarni ko‘pchiligi asosan boshqarish muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda aynan moliyaviy inqirozi sharoitida boshqaruv mehnatini tashkil etish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida samaradorligini oshirishga imkon beruvchi amaliy taklif va xulosalar keltirish masalalari yetarli darajada o‘rganilmaganligi ham kurs ishi mavzusining dolzarbligini ko‘rsatadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish masalalari alohida o‘rin tutadi.
Ma’lumki har qanday faoliyat turi mеnеjmеnt asosida quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishda ko‘zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdеk, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag‘batlantirish chora tadbirlari mеnеjmеnt jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Bunda boshqaruvga iqtisodiyotda mavjud tizim ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilmasdan oldingi tizimda, iqtisodiyotda ma’muriy buyruqbozlikka hamda markaziy rеjalashtirishga asoslangan tizim hukmron edi. Faqatgina mulkchilikning davlat mulki va shirkat mulk shakliga ega bo‘lgan, markazdan turib bеlgilangan rеjalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, qattiq nazorat qilish, qolavеrsa, jamiyatda mulkdorlar sinfining shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi iqtisodiy tizim o‘zini oqlamaganligi tarixdan ma’lum.
O‘zbеkiston jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli shakllari tеngligi ta’minlangan, ishlab chiqarishning zamonaviy milliy manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish ko‘zda tutilgan, erkin narx-navo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lini tanladi va iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidanoq iqtisodiyot boshqaruv tizimini isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Olib borilgan iqtisodiy islohotlar institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqaruv borasida ularning xususiyatiga mos kеladigan xo‘jalik yurituvchi subyеktlarga iqtisodiy erkinlik bеrishga yordamlashadigan, tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga kеlishiga qaratilgan edi va bu menejmentda yangi bir tizim vujudga kеlishiga zamin yaratdi. Bunday bozor munosabatlari sharoitida butun jamiyatga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv ilmini o‘rganishda, iqtisodiyotning barcha butun tarmoqlarida boshqaruvni amalga oshira oladigan malakali rahbarlarni tayyorlashda “Mеnеjmеnt nazariyasi” fani muhim o‘rin tutadi. Zеro, rahbar boshqaruvni amalga oshirishda bosh bo‘g‘in hisoblanib, uning tashkil etilishi, samaradorligi, ko‘p jihatdan rahbar egallagan bilim-malaka, tajriba, qolavеrsa, u boshqaruv uslubiga bеvosita bog‘liq bo‘ladi. Bu fan mеnеjmеntning qonuniyatlari, qonun va tamoyillari, funksiya va vazifalari, shuningdеk, mеnеjmеnt tizimida mеnеjеr o‘rni, madaniyati va uslubi, mеnеjmеnt samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi boshqaruv qarorlari mazmuni, mohiyatini ochib bеrishga qaratilgan.

  1. bob. Tashkilotlar, ularni tashkil etish va boshqarishning nazariy asoslari.

    1. Tashkilot — bu umumiy maqsad yoki maqsadga erishish uchun ongli ravishdagi faoliyatning muvofiqlashtirilgan kishilar guruhidir. Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. Ko’pchilik kishilar o’zlarining butun ongli hayotlari davomida o’zlari a’zosi bo’lgan yoki ular bilan aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bog’langandirlar. Ammo tashkilotning o’zi nima va ushbu tashkilot uchun qaysi atamalar xosligini ko’rib chiqamiz.

Tashkilot vazifalarni hal qilish va ma’lum maqsadlarga erishish uchun birlashgan shaxslar guruhi sifatida belgilash mumkin.Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi talablarga javob berish kerak:

  • Juda bo’lmaganda o’zini ushbu guruh guruhning a’zosi deb hisoblaydigan ikkita shaxsni mavjud bo’lishi;

  • Juda bo’lmaganda guruhning barcha a’zolari uchun umumiy deb qabul qilingan bitta maqsadni mavjud bo’lishi;

  • Maqsad, maqsadlarga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarini mavjud bo’lishi.

Alohidagi, hususiy jihatlardan umumiylashgan holda aytishim mumkinki, har qanday tashkilotning asosiy qiluvchilari unga kiruvchi odamlar, u amalga oshirishi uchun tashkil qilingan va mavjud bo’lgan maqsadlar va tashkilot salohiyatini shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi boshqaruvdan iboratdir.
Hozirgi kundagi zamonaviy tashkilotlarni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi, chiqishga yaratilgan mahsulotni beradi. Shuning uchun har qanday tashkilot uchta jarayanni amalga oshiradi:

  • Tashqi muhitdan resurslarni olish;

  • Mahsulotni ishlab chiqarish;

  • Uni tashqi muhitga topshirish;

Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdir. Buning ustiga, tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular o’rtasidagi ma’lum muvozanatni ushlab turish lozim. Bunda albatta asosiy yo’l boshqaruvga tegishlidir.
Tashkilotlar turlarini tasniflash ularni u yoki bu tasnif mezonlariga ko'ra tasniflash guruhlariga bo'lishni o'z ichiga oladi. Tashkilotlarning eng muhim turlarini ko'rib chiqsam.
1.Biznes va jamoat tashkilotlari
Biznes tashkilotlar bu ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va ilmiy-texnik sohada faoliyat yuritadigan tashkilotlardir. Iqtisodiy tashkilotlar, o'z navbatida, ishlab chiqarish, tadqiqot va ishlab chiqarish, transport, savdo va boshqalarga bo'linadi.
Jamoat tashkilotlari ma'naviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun o'z manfaatlari birlashmasi asosida birlashtirilgan qonun bilan belgilang1an tartibda fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir.
2. Tijorat va notijorat tashkilotlari
Jamoat tashkilotlari ma'naviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun o'z manfaatlari birlashmasi asosida birlashtirilgan qonun bilan belgilangan tartibda fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir.
3. Mulk bo’yicha tasniflovchi tashkilotlar
Davlat va munitsipal tashkilotlar - mol-mulki, tegishlicha, davlat yoki shahar mulkida bo'lgan va xo'jalik yuritish yoki tezkor boshqarish huquqi asosida bunday korxonaga tegishli bo'lgan tashkilotlardir.
Xususiy - bu yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tashkil etilgan tashkilotlar (sheriklik, kooperativ, fermer xo'jaligi va boshqalar shaklida), shuningdek, aktsiyadorlik jamiyatlari va xo'jalik sherikliklari bo'lib, ularning ustav kapitali xususiy hissalar, badallar yoki aktsiyalar orqali shakllanadi.
Mulkchilik shakllari bo'yicha maxsus sinfda jamoat tashkilotlari ajratiladi, ularning ishtirokchilari (a'zolari) ular tomonidan ushbu tashkilotlarga o'tkazilgan mol-mulkka, shuningdek, a'zolik badallariga bo'lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar.
Aralash mulkchilikka ega tashkilotlar turli xil mulkchilik shakllari - halol, davlat, munitsipal, chet elliklarning kombinatsiyasi asosida shakllanadi. Bunga davlat kapitali ishtirokida xususiy va xorijiy investitsiyalar jalb qilingan aktsiyadorlik jamiyatlari misol bo'la oladi.
4. Byudjet va byudjetdan tashqari tashkilotlar
Byudjet tashkilotlari - bu moliyalashtirishning asosiy manbai davlat yoki mahalliy byudjet bo'lgan tashkilotlardir.
Byudjetdan tashqari tashkilotlarda davlat yoki mahalliy byudjet bilan bog'liq bo'lmagan asosiy moliyalashtirish manbalari mavjud, ammo ayrim hollarda ular byudjetdan davlat va mintaqaviy buyurtmalar, loyihalar va dasturlarni moliyalashtirishga yo'naltirilgan mablag'larni olishlari mumkin.
5. Rasmiy va norasmiy tashkilotlar
Rasmiy tashkilotlar - bu huquq va majburiyatlar to'g'risidagi rasmiy bitim bilan bog'langan odamlarning birlashmalari. Ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlarida ro'yxatdan o'tkaziladi va yuridik yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo'lishi mumkin.
Norasmiy tashkilotlar - bu huquqlar va majburiyatlar to'g'risidagi rasmiy shartnomalar bilan bog'liq bo'lmagan odamlar birlashmalari. U davlat idoralarida ro'yxatdan o'tmagan. Ushbu tashkilotlar madaniyat, kundalik hayot, sport va jamoat manfaatlari sohasidagi umumiy manfaatlar asosida tashkil etiladi. Ular etakchiga ega va moddiy foyda olishga qaratilgan moliyaviy-xo'jalik faoliyatini olib borishmaydi. Masalan, qiziqadigan do'stlar uyushmasi yoki sayyohlar guruhi.
6. Boshqaruv va ishlab chiqarish tashkilotlari.
Muassasa shaklidagi boshqaruv tashkiloti boshqaruv va ishlab chiqarish-xizmat funktsiyalarini, masalan, strategik menejment, marketing va vakillikni jamlaydi.
Ishlab chiqarish tashkiloti turli xil huquqiy shakllarda, avvalo ishlab chiqarish funktsiyalarini bajaradi.
Ma'lumki, ko'plab tuzilmalar vaqt o'tishi bilan bojxona ta'siri ostida rivojlanib bordi. Biroz odamlarning ehtiyojlari, ovqat pishirish, bolalarni tarbiyalash va h.k.lar oilada, shuningdek qarindoshlar va qo'shnilar davrasida, ish paytida va bo'sh vaqtlarida qoniqish hosil qilgan. Zamonaviy jamiyatlarda odamlar o'tmishdagilar bilan taqqoslaganda ko'p jihatdan o'zaro bog'liqdir. Ularning ko'p va xilma-xil ehtiyojlari to'g'ridan-to'g'ri aloqa orqali qondiriladi. Bu odamlarning shaxsiy tanishishini talab qilmaydi. Bu ba'zan masofalar oralig'i bilan izohlanadi. Ammo asosiy omil bu mehnat taqsimoti. Bunday sharoitda tashkilotga ehtiyoj seziladi.
Tashkilotlar rollar va lavozimlarning rasmiylashtirilgan tuzilishiga ega deb taxmin qilinadi. Shu nuqtai nazardan ularni rasmiy va norasmiy deb ajratish mumkin. Rasmiy tashkilot nima? U tasdiqlangan nizom, nizom yoki boshqa qonun hujjatlari asosida ishlaydi. Bunga bank, universitet, korxona misol bo'la oladi. Norasmiy jamoat tashkilotlari shaxslarning birgalikdagi faoliyatini o'z zimmalariga oladilar, bunda ongli umumiy maqsad yo'q, garchi bu faoliyat umumiy natijalarga olib keladi. Bu, masalan, poezd yo'lovchilari, ko'chadagi piyodalar va boshqalar bo'lishi mumkin.
Yana ham tushunarliroq qilib aytadigan bo’lsam, tashkilotning asosiy turlari bular:
- nodavlat tashkilotlar - davlat maqomiga ega bo'lmagan boshqa barcha tashkilotlar;
- notijorat tashkilotlar - ularning maqsadi turli xil ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishdir. Qabul qilingan barcha foyda ta'sischilarga umuman tushmaydi, balki faqat tashkilotni rivojlantirish uchun, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarni hal qilish uchun ishlatiladi, shuning uchun unga soliq solinmaydi.
- tijorat tashkilotlari - maqsadi aktsiyadorlar yoki muassislarning manfaatlari yo'lida foyda olish bo'lgan tashkilotlar;
- jamoat tashkilotlari o'z faoliyatini jamiyat a'zolarining ichki muhitga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish asosida quradilar.
- byudjet tashkilotlari - moliyalashtirish manbai davlat organining byudjeti yoki davlat byudjeti bo'lgan tashkilotlar. Ular bir qator soliqlardan, xususan, qo'shimcha qiymat solig'idan ozod qilingan. Bunday tashkilotlar mablag 'manbalarini o'zlari izlamaydilar, ular davlat tomonidan ta'minlanadi;
- iqtisodiy tashkilotlar - ularning maqsadi - bu tashkilotga tashqi muhitda iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyati orqali shaxslar va jamiyat ehtiyojlarini qondirish;
- rasmiy tashkilotlar - belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan iqtisodiy va jamoat tashkilotlari (sherikliklar, kompaniyalar), yuridik yoki yuridik shaxslar sifatida harakat qiladilar;
- norasmiy tashkilotlar - ularning soni kamligi yoki boshqa sabablarga ko'ra davlat organlarida ro'yxatdan o'tmagan tashkilotlar.
Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, tashkilotlarning axamiyati iqtisodiyot uchun juda muhimdir. Chunki tashkil etilgan har bir korxona davlatga soliq to’laydi va shu tashkilotlardan ishlqb chiqilgan mahsulotlarni eksport qilish orqali biz juda ham katta bo’lgan foydaga va uzoq yillik shartnomalar orqali hamkorlarga ega bo’lamiz.

    1. Hozirgi davrda boshqarish asoslarini puxta egallab olish orqaligina, har bir insonning farovon turmush kechirishi, o‘ziga munosib turmush sharoitini yaratishi, bozor iqtisodiyotining bir muncha murakkab mexanizmlari qay yo‘sinda ishlashini tushunib yetishi, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata olishi uchun nimalarni qilishi kerakligini anglab yetishi, to‘g‘ri yo‘l topa bilishi mumkin bo‘ladi.

Har qanday mamlakatning milliy iqtisodiy majmuasida markaziy o’rinni korxona va tashkilotlar egallaydi. Chunki aynan ular milliy daromadni yaratadi, bir vaqtning o’zida ham ishlab chiqaruvchi, ham xizmat ko’rsatuvchi vazifasini bajaradi, hamda o’zini-o’zi ta’minlash va mustaqillikka asoslangan takror xizmat ko’rsatish jarayonini amalga oshiradi. Tashkilot bo‘lishi uchun biron bir guruh, o‘z oldiga qo‘yilgan bir nechta talablarga javob berishi kerak, ya’ni:
- eng kamida 2 kishi o‘zini aynan shu guruxning a’zosi deb bilishi;
- mazkur guruh a’zolari uchun umumiy bo‘la oladigan eng kamida bitta maqsadning mavjudligi;
- o‘zlari uchun ahamiyatli bo‘lgan maqsadga erishish yo‘lida birgalikda ishlash istagi bo‘lgan guruh a’zolarining borligi kabilar.
Tashkilot – bu faoliyatlari bir umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida ongli ravishda muvoffiqlashtirilib turiladigan kishilar guruxidir. Har qanday tashkilotning maqsadi resurslarni o‘zlashtirish orqali natijaga erishishga qaratilgandir. Xatto 2 kishidan iborat tashkilotda ham maqsadga erishish uchun birgalikda bajariladigan ishning o‘zaro taqsimoti amalga oshiriladi, ammo bu holatda garchand aniq vazifalar belgilab berilgan bo‘lsa ham, ularni bajarishda ufqiy mehnat taqsimotiga doimo ham amal qilinavermaydi. Ammo murakkab, maqsadlari ko‘p bo‘lgan tashkilotlarda ufqiy mehnat taqsimotining o‘ta aniq amalga oshirilishi talab qilinadi. Unga ko‘ra, faoliyatning maqsadi va vazifasi aniq belgilab ko‘yiladi. Aniq maxsus maqsadlarni yuzaga chiqarish uchun aniq maxsus vazifalarni bashqaruvchi bo‘linmalar tashkil etiladi. Har bir tashkilot o‘zida bir nechta kichik tashkilotchilarni birlashtirgan bo‘ladi. Shunga mos ravishda kuyilgan maksadlarga yetish uchun belgilab berilgan vazifalarni bajarish bilan shug‘ullanuvchi bir nechta bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi, o‘z mohiyati bilan boshqarish deb nomlangan mehnatning tik (vertikal) taqsimoti amalga oshiriladi.
Tashkilotlar faoliyatini tashkil etish jarayonida menejment nazariyasi asoslari muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday holatlarda ko’rishimiz mumkinki, har qanday boshqaruvchi o’zining dunyoqarashi, boshqaruv uslubidan kelib chiqqan holda tashkilotlar faoliyatini tashkil etadi. Boshqaruv jarayonini bilish tashkilotni samarali tashkil etishga olib keladi.
Boshqaruv jarayoni – tashkilot maqsadlariga erishish uchun odamlarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha rahbar va boshqaruv apparatiniing maqsadli harakatlari majmuidir.
Tashkilotlarda sodir bo’ladigan barcha jarayonlar birinchi navbatda mehnat jarayonlari, chunki ishlab chiqarish ham, boshqaruv ham ma’lum bir dasturga muvofiq maqsadli harakatlarni amalga oshiradigan inson omilining ishidir. Tashkilotlarda boshqaruv jarayoning xususiyatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi.

  • Mehnat predmeti;

  • Mehnat vositalari;

  • Mehnat mahsuli;

  • Mehnat jarayoninig bajaruvchisi.

Tashkilot faoliyatini tashkil etishda quyidagi omillarni alohida qayd etish lozim.

  1. Moddiy mablag’;

  2. Tashkilot uchun ajratilgan joy;

  3. Maqsad;

  4. Tashkilot faoliyatini tashkil etish uchun hodimlar;

Bu omillardan eng muhimi bu maqsaddir. Maqsad — bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq; uchun kuzda tutilgan mushtarak orzu. Sir emaski, hozirgi kunda, yurtimizda tashkilotlar soni kun sayin oshib bormoqda. So’nggi statistikalarga qaraydigan bo’lsak ayni vaqtda O’zbekistonda 37400 tashkilot borligini ko’rishimiz mumkin. Va shuni aytishimiz mumkinki, bu tashkilotlarning hammasida ham boshqaruv faoliyati yaxshi tashkil etilmagan. Tashkilotlarda boshqaruv faoliyatini tashkil etish uchun boshqaruv usullari, uslublari, funksiyalari yondashuvlarni chuqur tahlil qilish lozim.
G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beradi:

  • Rejalashtirish;

  • Tashkil etish;

  • Tartibga solish va muvofiqlashtirish;

  • Nazorat;

  • Rag’batlantirish;

Demak, tashkilotlar faoliyatini tashkil etishda boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni ragbatlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funksiyalar jarayonida O’z aksini topadi.
Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarga ega bo’lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo’ladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini kamragan funksiyalar deyish ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo’yiga (vertikaliga), ham eniga (gorizontaliga) qamrab oladi. Boshkarish funksiyasini tasniflashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar bo’yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funksiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy g’arb tashkilotlarida ishlab chiqarishga oid 20-25 tadan kam bo’lmagan funksiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir:

  • Asosiy manbani boshqarish;

  • Qo’shimcha ishlab chiqarishni boshqarish;

  • Marketingni boshqarish;

  • Moliyani boshqarish;

  • Sifatni boshqarish;

  • Mehnatni boshqarish;

  • Xodimlarni boshqarish;

Tashkilot faoliyatini tashkil etishdagi asosiy funksiyalar haqida yana to’xtaladigan bo’lsam.
1.Rejalashtirish - Boshqarishning asosiy va dastlabki funksiyasidir. Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi. Bu rejada:
• boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish muddatlari belgilanadi,
• vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi,
• xalq xo’jaligi bo’g’inlarining o’zaro asosalari o’rnatiladi.
Rejalashtirishning umumiylik xususiyati shundaki, bunda har bir boshqaruv xodimi o’zining shaxsiy ishini rejalashtiradi, o’z ish joyidagi faoliyati ko’rsatkichlarini ishlab chiqadi, rejalarni qanday bajarayotganini nazorat qilishni uyushtiradi.
2.Tashkil qilish - Bu funksiya boshqaruv obekti doirasida barcha boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan tashkil qilish ichki va tashqi shart-sharoitlarning o’zgarib turishiga qarab, amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzish demakdir. Bu funksiya joriy va strategik rejalarning ijrosini ta’minlash buyicha birinchi qadamdir.
3.Muvofiqlashtirish va tartibga solish;
• Rejalashtirish boshkarishning strategiyasi hisoblansa, muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal qiladi.
• Bu funksiyaning asosiy vazifasi okilona aloqalar o’rnatish yo’li bilan bashqariladigan tizimning turli ismlari o’rtasida kelishib ish olib borishni ta’minlashdir.
• Muvofiqlashtirish mablag’larini tejash maqsadida bashqaruvdagi parallelizm va bir- birini takrorlashni bartaraf qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, u turli tarmoqlar o’rtasida resurslarni taqsimlash yo’li bilan nisbat va mutanosiblikni, ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi munosabatni urnatadi.
• Tartibga solish muvofiklashtirishning davomi bo’lib, u sodir bo’lib turadigan og’ishlarni bartaraf qilish yo’li bilan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni maqsad qilib qo’yadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi extimol tutilgan og’ishlarning oldi olinad.
4.Nazorat - bu funksiyaning maqsadi "tutib olish", "aybini ochish", "ilintirish" emas, balki boshqaruv ob’ektida sodir bo’layotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil qilish va ma’lum tartibda shu obekt faoliyatini o’z vaqtida sozlab turishdir. Nazorat o’rnatilgan me’yoriy xujjatlardan, rejalardan og’ishlarni, ularning joyi, vaqti, sababi va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Ta’sirchan nazoratni tashkil qilish har bir raxbarning funksional ishidir. Muntazam nazorat yo’q joyda yuqori pirovard natijalarga erishib bo’lmaydi.
Yana tashkilot faoliyatini tashkil etish va boshqarishdagi muhim masalalardan biri bu boshqaruv strukturasidir.
Struktura – lotincha so’z bo’lib, narsalar, tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liq ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organ- larning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday struktura odatda “boshqaruv apparati strukturasi ” deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparat va h.k) bo'lim- lari tarkibini bildiradi.
Boshqarish strukrustrukturasini quyidagi tashkiliy turlari mavjud:

  1. Chiziqli struktura;

  2. Chiziqli shtabli struktura;

  3. Funksional struktura;

  4. Chiziqli funksional struktura;

  5. Dasturli maqsadli struktura.

Har bir strukturada rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar, avvalo vertikal aloqalardir. Ular raxbarlik va bo’ysunish turlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Agar raxbarlik to’laqonli bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo’lsa, bunday aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi. Agar raxbarlik cheklangan bulib, quyi organ quyi faoliyatga doir o’zining masalalariga daxldor bo’lsa, bunday aloqa funksional vazifaviy rasmiy aloqa deb ataladi. Organlar o’rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo’lib, ular muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir. Bu strukturalarning ishlata olish tashkilot faoliyatini tashkil etish va boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashkilotlarni tashkil etgandan so’ng boshqarish usullarini o’rganib uni chuqur o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu savollarga javob berishdan oldin usul o’zi nima ekanligi haqida to’xtalib o’tsam.
Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko’rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob’ektini o’rganish jarayonida ko’llaniladigan usullar, ya’ni:

  • Sistema (tizim)li yondashuv;

  • Kompleks yondashuv;

  • Tarkibiy yondashuv;

  • Integratsion yondashuv;

  • Modellashtirish;

  • Iqtisodiy-matematik yondashuv;

  • Kuzatish;

  • Eksperiment;

  • Sotsiologik kuzatuvkabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.

Ta’sir ko’rsatish nuqtai nazaridan esa usul deganda boshqarish funksiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob’ektiga ta’sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
• funksional tizimosti ob’ektlarini boshqarish usuli;
• boshqarish funksiyalarini bajarish usullari;
• boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
Har xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb yuritiladi. Shunday qilib:
Boshqaruv usullari — bu xodimlarga va umuman ishlab chiqaish jamoalariga ta’sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi.
Boshqaruv usullaridan eng ommaviy va keng qamrovga ega usullardan biri bu tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usulidir. Bu usul boshqaruv usullari tizimida alohida o’rin tutadi. Bu usullarga:
• boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish;
• har bir boshqaruv bo’limining funksiyalarini belgilash;
• kadrlarni to’g’ri tanlash;
• buyruqlar, farmoyishlar va ko’llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish kabilar kiradi.
Tashkiliy-ma’muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo’ysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ularni ko’pincha ma’muriy usullar deb yuritiladi. Yuqori ma’muriy organlar boshkariluvni ob’ektning bajarishi majburiy bo’lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek bo’ysinuvchi organlarga farmoyishlar beradi.
Tashkilot va korxonalarni boshqarishdagi yana bir muhim usullardan biri bu boshqarishning iqtisodiy usulidir. Boshqarishning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, xar qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xil bo’ladi:
• umumjamiyat manfaatlari;
• jamoa manfaatlari;
• shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uyg’un sur’atda bog’lab olib borish muammosi bir qator muammolarni xal kilishni, har bir davr sharoitlariga muvofik keladigan munosabatlarni o’rnatishni talab qiladi.
Tashkilotda ishni tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari:
- maqsadni aniqlab olish;
- maqsadga erishmoq uchun qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- boshqarish muxitiga ijobiy ta’sir etuvchi omillarni takomillashuvini ta’minlash, ya’ni:

  • bozor munosabatlarining tabiati va holatini bilish;

  • ho‘jalik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;

  • boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etish;

umumiqtisod va umumsiyosat omillarini, ilmlarini doimo o‘rganib borish;

  • yangi g‘oyalarni yaratish va ularni moddiy natijaga aylantirish;

  • yangilik yaratishda, ma’naviy va ijtimoiy javobgarlikni to‘liq xis etgan holda, tashkiliy strategiyani takomillashtirib yoki o‘zgartirib borishga mustaqil ravishda yondoshuvi amalga oshirish va shu kabilar

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, Tashkilot o‘z faoliyati davrida o‘zini o‘zi tashkil etuvchi tizimdir. U vujudga kelishi uchun avval rasmiy guruhlar shakllangan, umumiy maqsad(lar) aniqlangan, xodimlarning umumiy — birgalikdagi fao- liyatlari uyushtirilgan bo‘lishi zarur

    1. Dastlab “samara” va “samaradorlik” tushunchalari to’g’risida to’xtalib o’tsam.

Samara – bu natija, oqibat, meva. Masalan, ijodiy mehnat samarasi, boshqarish samarasi.
Samaradorlik – bu kutilganicha yoki undan ham ortiq samara. Masalan, samarali mehnat.
Boshqarish samaradorligi esa bu – ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda boshqarishning rolini oshirishdan iboratdir. Inson omilsiz biron-bir tashkilot faoliyat ko‘rsat olmaydi. Boshqaruv jarayonining samaradorligi boshqaruvning absolyut barcha tomonlarini qamrab oladi va iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, marketing, texnologik va boshqa munosabatlarning xarakterli xususiyatlarini aks ettiradi. Boshqaruv samaradorligining bunday ko’p qirraliligi uni ifodalashda tushunchalarning turli-tumanligini taqozo etadi. Ulardan boshqaruv tizimining asosiga kiruvchi muximlari quyidagilar:
1. Boshqaruv ishchilari mexnatining samaradorligi;
2. Boshqaruv apparati yoki uning aloxida organlari va bo’linmalari boshqaruv faoliyatining samaradorligi;
3. Boshqaruv jarayonining samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda);
4. Boshqaruv tizimining samaradorligi (boshqaruv ierarxiyasi, shuningdek ishlab chiqarishni boshqarishda ishlovchilar qatnashishini xisobga olib);
5. Boshqaruv mexanizmining samaradorligi (boshqaruv uslublari, tizimlari va shakllari).
Boshqaruv jarayonida uning maqsadlari, funksiyalari va uslublari amalga oshiriladi. Shuning uchun boshqaruv samaradorligida qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirish tashkiliy-iqtisodiy tizimini xisobga olish kerak.
Tarkibiga ko’ra boshqaruv samaradorligi iqtisodiy xamda ijtimoiyga bo’linadi. Bu bo’linish maqsadlarning farqlanishi bilan tushuntiriladi. Menejment natijalarini aniqlash mumkin bo’lgan yuqori raxbariyat komandasi samarali ishining bir nechta qoidalari mavjud:
1. Ma’lum bo’limga javobgar bo’lgan har bir kishi unda o’zining xal qiluvchi ovoziga ega bo’ladi. Har bir komanda a’zosi butun komanda nomidan gapiradi. Bo’ysinuvchilar raxbariyatning bir a’zosi qarori ustidan boshqa komanda a’zosiga e’tiroz bildira olmaydilar.
2. Hech kim o’zi bosh javobgar bo’lmagan ishlarda qaror qabul qilmaydi. Bunday masala tug’ilganda uni xal qilishga javobgar shaxsga taqdim etadilar.
3. Komanda a’zolari o’z hamkasblari hakida tashqarida gapirmasliklari kerak.
4. Komanda sardori xo’jayin, boshliq bo’lmasdan lider bulishi zarur. Krizis paytida u javobgarlikni o’z bo’yniga oladi
5. Ba’zi qarorlar sinchiklab muxokama qilinadi.
6. Komandaning barcha a’zolari bir-birlarini o’zlariga tegishli soxa qarorlari bilan doimo va chuqur tanishtirib boradilar.
Ko’pgina muvaffaqiyatli tashkilotlar uchun menejment samaradorligi quyidagilarda aks etadi: tashkilot strukturasida tartib o’rnatilishi, vakolatlarning optimal taqsimoti, resurslar birligidan qaytim, assortiment, turli-tumanlik, tovar iste’molchisini qondirish qobiliyatlari va differensiatsiyalash, sotuv oldi va keyingi siyosati (tovarni bozorda rivojlantirish); narx shakllanishi siyosati, boshqaruvni modernizatsiyalash, strategik va joriy rejalarning muvofiqligi, odamlarni motivlashtirish tizimining yaratilishi va qo’llanilishi.
Tashkilot samarali hisoblanadi, qachonki u raqobatchilardan himoyalanmasdan, balki ulardan o’rgansa va iste’molchilar uchun ular bilan kurash olib borishga intilsa.
Tashkilot faoliyatini samarali va unumli tashkil etishda mehnat jarayonining sifati yuksaklgi darajasi katta rol o‘ynaydi. Bu mehnatni shunday tashkil etish darajasiki, unga ko‘ra, xar bir xodim mazkur tashkilotdagi faoliyatidan qoniqish xosil qiladi. Masalan bo‘ysunuvchi uchun u quyidagi holatlarda:

  • Ishning qiziqarliligi;

  • Mehnatning qadr qimmati darajasi va adolatni taqdirlashlarning mavjudligi;

  • Ish muxitining ko‘ngildagidek ekanligi;

  • Raxbar nazorati minimum darajasida bo‘lib, kerakli vaqtda amalga oshirilishi;

  • Bo‘ysunuvchining o’ziga aloqador bo‘lgan qarorlarni qabul qilishdagi ishtirokida;

  • Ish va o‘zaro do‘stona munosabatlar rivojiga kafolatlar berilganligi;

  • Maishiy va tabiiy xizmatlar bilan ta’minlanganligi va shu kabilarda namoyon bo‘ladi.

Boshqaruv samaradorligi ko’p qirrali kategoriyadir. U ijtimoiy- iqtisodiy va boshqa hodisalarning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Boshqaruv samaradorligi bir qator omillarning ta’siri ostida shakllanadi, ularni quyidagi alomatlar bo’yicha tasniflash mumkin. Mazmuni bo’yicha tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, texnik, fiziologik omillarga ajratiladi. Ta’sir ko’rsatish shakli bo’yicha bevosita va vositali omillar farqlanadi. Birinchisi boshqaruv samaradorligiga bevosita ikkinchisi vosita ta’sir ko’rsatadi. Ta’sirning davomiyligi bo’yicha uzoq davom etmaydigan va uzoq vaqt davom etadigan omillarga ajratiladi. Bunda ba’zi omillar boshqaruv samaradorligi bilan bevosita, boshqalari esa teskari bog’lanish bilan bog’lanadi.
Ta’sir ko’rsatish xarakteri bo’yicha intensiv va ekstensiv omillarga ajratiladi. Birinchilar ichki resurslar, ya’ni boshqaruv xodimlari mehnatni tashkil etishni takomillashtirish va uning sharoitlarini yaxshilash, boshqaruv xodimlari malakasini oshirishni safarbar qilish hisobiga menejment samaradorligi oshishni ta’minlaydilar. Ikkinchilari esa qo’shimcha resurslarni jalb qilish boshqaruv xodimlari sonini oshirishni ko’zda tutadilar. Sanab o’tilgan omillarning har biri boshqaruv tizimiga alohida hamda boshqalar bilan birgalikda ta’sir ko’rsatishi mumkin. Birgalikda ijobiy ta’sir ko’rsatishda ular menejment samaradorligini ancha o’sishini ta’minlaydilar, salbiyda esa uni pasaytiradilar. Menejmentning roli ko’rsatib o’tilgan omillarga rejali ta’sir ko’rsatishdan iboratdir. Samaradorlikning o’sishi tashkilotning barcha darajalaridagi doimiy boshqaruv faoliyatining obyekti bo’lishi lozim.
Yana bir muhim masalalardan biri tashkilotning boshqaruv tizimini samarali faoliyat yuritish uning har bir elementi (tashkiliy tuzilma, xodimlar, boshqaruv usullari va jarayonlari, hujjatlar aylanishi va h.k.) uning oldiga qo’yilgan o’ziga hos talablarga javob berishini ko’zda tutadi. Bundan tashqari, u umuman boshqaruv tizimi, uning maqsadlari va vazifalariga hamda tizimning u bevosita bog’liqlikda bo’lgan elementlariga mos keladi. Yana shuni aytishim mumkinki, hozirgi sharoitda tashkilotlarni ayniqsa tijorat tashkilotlarini boshqarish samaradorligiga ularning tashqi muhiti holati muhim ta’sir ko’rsatadi.
Boshqaruvning iqtisodiy samaradorligi boshqaruv munosabatlarining iqtisodiy mohiyatini aks ettiradi. Bu mohiyat jihatdan olingan iqtisodiy natijalar va boshqaruv faoliyatining o’zgaruvchan miqdorlar da aks ettirilgan xarajatlari nisbatidir. Umumiy ko’rinishda iqtisodiy samaradorlik quyidagi ko’rinishda namoyon bo’ladi.

CD=C/X


C – erishilgan samara


X – sarflangan harajat
CD – nisbiy ko’rsatkichlar
Kasrning mahraji – bu absolyut miqdorlar bo’lib, ular ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida sarflangan.
Tashkilotlarda boshqaruv samaradorligi mezonini quyidagicha ko’rishimiz mumkin.


C/Bx > 1



Bu yerda,


C – samara
Bx – boshqaruv harajatlari
Boshqaruv harajatlari bular:

  • Axborot olish va uni qayta ishlash bilan bog’liq harajatlar;

  • Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni amalga oshirish bilan bog’liq harajatlar;

  • Ilmiy ishanmalar, loyihalash, tajriba va seriyali ishlab chiqarishni o’z ichiga oluvchi bosqichlar harajati;

  • Mahsulotlardan foydalanish harajatlaridan iborat.

Boshqacha qilib aytganda, bunga boshqaruvning barcha funksiyalari bilan bog’liq harajatlar kiradi.
Yana qo’shimcha qiladigan bo’lsam, samarali boshqaruv nafaqat xodimlaringizni yaxshiroq ishlashga undash, balki ularga hurmat bilan munosabatda bo’lishini va ularning baxtli bo’lishini ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. Aslida “to’g’ri” boshqaruv uslubi degan narsa yo’q, chunki barchasi turli odamlarning nuqtai nazariga bog’liq. Biroq boshqaruv samaradorligi va uning samaradorligini oshirishga yordam beradigan ba’zi oltin qoidalar mavjud.
Boshqaruv samaradorligiga erishish uchun albatta menejer, samarali boshqaruvchi bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni boshqaruvda samaradorlikka erishishdagi eng muhim omil bu – menejer hisoblanadi. Samarali menejerlar muayyan asosiy funksiyalarni bajarish uchun javobgardirlar.
Masalan:

  • Moliyaviy prognozlarni ishlab chiqish;

  • Ishni samarali tashkil etish;

  • Tashkiliy resurslardan oqilona foydalanish va muvofiqlantirish;

  • Tashkiliy faoliyatni nazorat qilish va xodimlarning samaradorligini oshirishga yordam berish;

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, menejer bu boshqaruvda samaradorlikka erishishning eng muhim omili, chunki u ishni taqsimlaydi ya’ni haqiqiy menejer hamma ishni o’ziga olmaydida, tashkilotdagi muhitni yaxshiligini ta’minlaydi va hodimlarga ishni bo’lib beradi.

Yüklə 127,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin