O‘z qiziqish va kuzatuvlari bilan bog‘liq savollar beradi
3
O‘z taxminlarini bildiradi, tushuntiradi va oldingi hamda hozirgi tajriba bora- sida umumlashmalar qiladi
4
Tadqiqotdagi hal qilinishi zarur bo‘l- gan muammoni ajratadi va qo‘yadi
5
Atrof-muhitni yaxshilashda ishtirok etish muhimligini tushunadi (m-n,axlatnito‘plash,unisaralash,daraxt-lar va gullar ekish, elektr toki, suv vaqog‘oznitejash)
Sana Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi 1. 2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish 1. 2. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari 1. 2. Bilish jarayonining rivojlanishi 1. 2. Ijodiy rivojlanish 1. 2.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va boshlang‘ich ta’lim uzluksizligini ta'minlash maqsadida maktabgachata’lim tashkilotidan chiqishda 6-7 yoshli bolaning maktabga tayyorligi xaritasi to‘ldiriladi (faqat maktabgachata’limtashkilotibitiruvchilari uchun).
Maktabga tayyorlik deganda bolada tayanch kompetensiyalar va rivojlanish sohalarining kompe- tensiyalarini shakllanganligi tushuniladi. Ushbu xarita MTTning har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi. Unda bola rivojlanishining beshta yo‘nalishi bo‘yicha erishgan natijalari ko‘rsatiladi.
Pedagogga u yoki bu natija qay darajada aks ettirilganligini qayd etish taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi bo‘yicha natijalar (bolaning kompetensiyalari) tavsiyalar va istaklar shaklida umumlashtiriladi, ma’lumot uchun yozma ravishda yetkaziladi va ota-onalarga topshiriladi.
Bolaning maktabga tayyorligi xaritasi ota-onalarning iltimosiga binoan 1-sinf o‘qituvchisiga taqdim etilishi mumkin, bu tavsiya tarzida bo‘lib, bolani maktabgacha ta'limdan boshlang‘ich ta’lim bosqichiga o‘tishi, shuningdek, bolaning 1-sinfda 18rivojlanishiga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvda o‘qituvchi uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu bolaning maktabga tayyorlik xaritasi quyidagilarga imkon beradi: maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining muvaffaqiyati va samaradorligini aniqlaydi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini bolaning boshlang‘ich maktabda muvaffaqiyatli moslashishi va yanada samarali rejalashtirish uchun xabardor qiladi.