Tashqi savdo siyosatining mohiyati va ahamiyati


Respublikaning tashqi savdo aylanmasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə9/12
tarix19.12.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#121436
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Tashqi savdo siyosatining mohiyati va ahamiyati

Respublikaning tashqi savdo aylanmasi


(2017 yilning yanvar–dekabrida)4





Mln. AQSH
dollari

2016 yilning yanvar–dekabriga nisbatan,
% hisobida

Jamiga nisbatan foiz hisobida

Tashqi savdo aylanmasi


26907,0


111,0


100,0

MDH davlatlari

9737,7

116,1

36,2

boshqa davlatlar

17169,3

108,4

63,8

Eksport

13893,6

114,9

100,0

MDH davlatlari

5233,5

120,6

37,7

boshqa davlatlar

8660,1

111,7

62,3

Import

13013,4

107,2

100,0

MDH davlatlari

4504,2

111,2

34,6

boshqa davlatlar

8509,2

105,2

65,4

Saldo

880,2

x

x

MDH davlatlari

729,3

x

x

boshqa davlatlar

150,9

x

x

YAnvar-dekabr oylari uchun MDH va boshqa davlatlarning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi quyidagicha ifodalanadi:



1-rasm. 2017 yil davomida MDH va boshqa davlatlarning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi, %.5
Respublika rezidentlari tomonidan tashqi savdo operatsiyalari asosan Osiyo (47,4 %), Evropa (42,7 %) va Amerika (2,3 %) davlatlari bilan amalga oshirilgan bo‘lib, jami savdo aylanmasining 92,4 % tashkil qildi.

4-jadval.


Respublika tashqi savdo aylanmasining qit’alar bo‘yicha taqsimlanishi
(2017 yilning yanvar–dekabrida) mln. AQSH dollari6





Eksport


Import

Taqshi savdo aylanmasi

2016 yilning yanvar–dekabriga nisbatan
% hisobida

Jamiga nisbatan, %da

Jami 1)

13893,6

13013,4

111,0

100,0

shu jumladan:

Evropa

6156,0

5325,7

112,3

42,7

Osiyo

6023,1

6728,9

111,5

47,4

Amerika

80,3

549,9

61,8

2,3

Afrika

7,0

21,1

81,2

0,1

Avstraliya va
Okeaniya

0,3

3,4

100,5



0,0

Umuman mamlakatimiz tashqi savdosida jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarining hissasi ortib bormoqda. MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari asosiy hamkorlarimiz hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 28,5 %ni tashkil qilsa, boshqa uzoq xorij hamkorlarimiz orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Afg‘oniston, Braziliya, Hindiston, Eron, Latviya, Litva, Fransiya, AQSH, Italiya davlatlari hisoblanadi va ularning ulushi 41,9 %ni tashkil qiladi.



2-rasm. Respublika tovar aylanmasida nisbatan katta ulushga ega bo‘lgan davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi


(2017 yilning yanvar–dekabrida)7

2017 yilning yanvar–dekabrida MDH va boshqa davlatlar bilan amalga oshirilgan tashqi savdo tarkibi quyidagicha ifodalanadi:



Paxta tolasi







Oziq-ovqat mahsulotlari

Kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar







Energiya manbaalari va neft mahsulotlari

Qora va rangli metallar







Mashina va asbob-uskunalar

Xizmatlar







Boshqalar



3-rasm. 2017 yil bo‘yicha MDH va boshqa davlatlar bilan eksport tarkibi Eksport8
Mamlakatimizda so‘ngi yillarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish tuzilmalarida tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi natijasida tashqi savdoda faqat xomashyo vositalari bilan qatnashuviga barham berildi. Xususan, eksport tarkibida paxta tolasining ulushi (2000 yilda 27,5%ga) keskin kamayib borgan va 2017 yil yakunlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich 3,4%ni tashkil qilgan. SHuningdek, eksport tarkibida boshqa tovarlar guruhi 35,7 % ulush bilan muayyan o‘ringa ega bo‘lib, bunda ushbu guruhga kiruvchi tekstil mahsulotlarining hajmi 1133,2 mln.






Oziq-ovqat mahsulotlari

Kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar

Energiya manbaalari va neft mahsulotlari

Qora va rangli metallar

Mashina va asbob-uskunalar

Xizmatlar

Boshqalar




4-rasm. 2017 yil bo`yicha MDH va boshqa davlatlar bilan import tarkibi9


AQSH dollarni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,8 % o‘sdi, xizmatlar 25,2%ga, shundan 11,6 % transport xizmatlariga, 11,4 % esa turizm xizmatlari xissasiga to‘g‘ri kelgan hamda energiya manbalari va neft mahsulotlari 13,8%ga va oziq-ovqat mahsulotlari 6,3%ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu o‘z navbatida mamlakat eksport salohiyatidagi rivojlanish tendensiyasini ko‘rsatadi.



0paxta tolasi

oziq-ovqat mahsulotlari

kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar

energiya manbaalari va neft
mahsulotlari

qora va rangli metallar

mashina va asbob-uskunalar

xizmatlar

boshqalar

5-rasm. Tovar va xizmatlarning eksport tarkibi, jamiga nisbatan foizda (tashqi aylana 2017 yil yanvar–dekabr, ichki aylana 2016 yil yanvar–dekabr uchun)10


Import tarkibining asosiy ulushi 38,9% bilan mashina va asbob- uskunalar guruhi va 16,5% bilan kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar guruhi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakatimiz tashqi savdo hajmining yaqin kelajakda asosiy salmog‘idan birini tashkil qilishi kutilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar eksporti hajmi 2017 yil yakunlari bo‘yicha 708,8 mln. AQSH dollarini tashkil qildi, yoki o‘tgan 2016 yilga nisbatan 15,6 %ga oshdi.



oziq-ovqat mahsulotlari

kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar
energiya manbaalari va neft mahsulotlari
qora va rangli metallar mashina va asbob-uskunalar
xizmatlar boshqalar
6-rasm.Tovar va xizmatlarning import tarkibi, jamiga nisbatan foizda (tashqi aylana 2017 yil yanvar–dekabr, ichki aylana 2016 yil yanvar–dekabr uchun)11
Tashqi savdo aylanmasidagi meva-sabzavot mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar eksportida asosiy hamkor davlatlar Qozog‘iston (umumiy hajmdan 46,4%), Rossiya (18,0%), Afg‘oniston (6,6%),
Xitoy (5,7%), Turkiya (4,5%), va Qirg‘iziston (4,3%) hisoblanadi. Olib borilgan statistik tahlillarimiz ko‘rsatishicha, meva-sabzavot mahsulotlari 2016 yilda 697 ta eksportyor tomonidan 51 ta davlatga eksport qilingan bo‘lsa, 2017 yilda 929 ta eksportyor tomonidan 62 ta davlatga eksport qilishga erishildi.



7-rasm.Yirik xamkor davlatlar bo‘yicha meva-sabzavot mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar eksportdagi ulushi, %12


Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti turlari va geografiyasi yildan yilga kengayib, Bolgariya, SHri-Lanka, Indoneziya, Filipin, Gretsiya, Qatar, Xarvatiya va Malta davlatlariga birinchi marotaba 2017 yilda meva- sabzavot mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Jumladan 2017 yilda quritilgan mevalardan magiz va o‘rik turshagi Bolgariya va SHri-Lanka davlatlariga, qovun Kanada davlatiga, uzum, nok, gilos mahsulotlari Mo‘g‘iliston davlatiga eksporti amalga oshirildi.
Xulosa qilib aytganda, har bir mamlakat barqaror xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ta’minlashga intiladi. CHunki, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, birinchidan, xalqaro darajada milliy mahsulot hajmi va ulardan olinadigan daromadning ko‘payishini, ikkinchidan, bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda mavjud resurslardan samarali foydalanishni, uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar nufuzining oshishiga olib keladi va eng asosiysi aholining farovon yashashini ta’minlaydi.
Tahlil natijalariga asoslangan holda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida eksportni yanada ko‘paytirishning istiqbolli imkoniyatlari quyidagilardan iborat. Ya’ni:

  • mamlakatdagi nafaqat siyosiy barqarorlik, balki o‘z navbatida iqtisodiy barqarorlikning ham ta’minlanganligi; mamlakatimizda savdo-sotiqni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning mavjudligi;

  • mamlakatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengiz yo‘llari mavjud bo‘lmasada, qulay geografik joylashuvi, ya’ni SHarq va G‘arb dunyosini bir-biri bilan bog‘laydigan Buyuk Ipak yo‘lida joylashganligi;

  • qishloq xo‘jaligi va uni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish imkoniyatlarining yuqoriligi hamda mamlakatning turli xil mineral- xomashyo resurslariga boyligi;

  • eksportchi korxonalarga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalarning ajratilayotganligi;

  • an’anaviy bozorlardan chetlashgan holda eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish, sanoat korxonalari faoliyatini jadallashtirish, mahalliy brendlarni ilgari surish;

  • tayyor mahsulotlar turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va boshqalar;

  • savdo munosabatlari va investitsiyalar ixtiyoriy davlat uchun iqtisodiyot rivoji manbai bo‘lib kelganligi uchun tashqi savdoda turli to‘siq va cheklanishlar olib tashlanishi hisobiga kengayib bormoqda. Bu jarayonda faol ishtirok etayotgan xorijiy hamkorlarimiz o‘z munosabatlarini yangidan ko‘rib chiqmoqda va mamlakatimiz foydasiga kengaytirmoqda;

  • O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy hamkorlik doirasida tovarlar va xizmatlar savdosi, sanoat hamkorligi, investitsiyalarni himoya qilish va rivojlantirish, davlat buyurtmalari, standartlash, xomashyo va tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jalik va agrosanoat majmuasi, energetika, transport, atrof-muhit himoyasi, telekommunikatsiya, xususiylashtirish, ijtimoiy sohada, kichik korxonalar, istemolchi huquqini himoya qilish, bojxona ishi va ayniqsa turizm kabi sohalar o‘z aksini topgan.




  1. Yüklə 0,85 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin