Tayanch iboralar: Antik davr, xitoy, eron, arab sayyohlari, mahalliy olimlar, temuriylar davri, rus olimlari, xx-asrning ikkinchi yarmi, mustaqillik yillari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə4/7
tarix20.01.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#122382
1   2   3   4   5   6   7
Geografiya tarixi . Toshxo\'jayev J

4. O‘rta Osiyo tabiati haqidagi geografik bilimlarning XIII-XVII asrlarda rivojlanishi (Temuriylar davri). O‘rta Osiyo tabiati haqidagi geografik bilimlarning XIII-XVII asrlarda rivojlanish tarixi R.Rahimbekov va Z.Donsovalarning (1992) ma’lumotiga ko’ra quyidagi davrlarga bo’linadi: mog’ullar hukumronligi davri (1220-1360 yillar); temuriylar hukumronligi davri (XIV asrning 60 yillaridan XVI asrgacha); shayboniylar hukumronligi davri (XVI asr); ashtarhoniylar hukumronligi davri (XVII asr).
O’rta Osiyoda Mog’ullar hukumronligi davrida fan va madaniyat chuqur inqirozga uchradi. Mog’ullar mahalliy fan arboblarini, yozuvchi va shoirlarni beshafqat qirdilar, qolganlari xorijga ketishga majbur bo’ldilar. Buxorolik geograf, shoir Muhammad Avfiy, Toshkentlik shoir Badriddin Chochiy, Qashqadaryolik shoir Ziyo Nahshabiy shular jumlasidandir. Shu sababli mog’ullar hukumronligi davrida O’rta Osiyo geografiyasiga oid ma’lumotlar sharq olim va sayyohlari asarlarida hamda mog’ul hukumdori huzuridagi Rim papasi nomidan elchi sifatida kelgan sayyohlar asarlarida uchraydi, xolos.
O’lka geografiyasiga oid ma’lumotlarni Muhammad Avfiy (Hindistonda yashagan) asarlarida uchratish mumkin. Uning asarlarida O’rta Osiyo iqlimi, u yerda yashayotgan ayrim xalqlar tog’risida ma’lumotlar uchraydi. U Yerni 7 iqlimga ajratib, har bir iqlimda yashovchi xalqlar tog’risida, Kaspiy dengizi, u yerda uchrovchi orollar haqida ma’lumotlar beradi.
Mog’ullar istilosi davrida yashagan shoir, tarixchi va geograf Fahriddin Banokatiy “Tarixi Banokatiy” asarida Sirdaryo va uning irmog’i Ohangaron daryosi haqida qimmatli ma’lumotlar bergan. U Ohangaron suvi Sirdaryoga quyilish joyida Banokat shahri mavjudligini, uni mog’ullar butunlay vayron etganligini yozadi. “Tarixi Banokatiy” asarida u yana o’lka geografiyasi, hususan, tabiati va aholisi haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi. Ma’lumki, XIII-XIV asrlarda Rim papasi Mog’ul saltanati saroyiga elchilar yuborib turgan. Ular ichida o’lka geografiyasiga doir ko’proq ma’lumotlar toplaganlari Plano Karpini va Marko Polodir.
Plano Karpini Chingizxon huzuriga elchi sifatida borishda O’rta Osiyoning shimoli bo’ylab (Orolning shimoli-Yettisuv-Jung’oriya Darvozasi orqali Mog’ulistonga) o’tadi. Uzining “Mog’ullar tarixi” asarida o’lkaning shimoly qismini (hozirgi Qozog’iston hududini) va Kaspiybo’yining relyefi, cho’l tabiati, hususan, suvlarning kamligi, sho’rligi, cho’llar chekkasida sho’rxok va botqoqliklar borligi haqida qiziqarli ma’lumotlar keltiradi.
Mog’ullar hukumronligi davrida O”rta Osiyo geografiyasi tarixida muhim iz qoldirgan sayyoh venetsiyalik olim Marko Polodir. U mog’ul imperatori Hubulayxon saroyida 17 yil xizmat qilgan. Shu davrda u Amudaryo vodiysi bo’ylab Badaxshon (G’arbiy Pomir) va Pomir (Sharqiy Pomir)ga sayohat qilgan. Marko Polo otasi Nikkolo Polo va amakisi Matteo Poloning 1260 yili Xiva-Samarqand-Turkiston-Shimoliy Tyanshan bo’ylab qilgan sayohati, o’zi ko’rgan joylarda to’plagan hujjatlari asosida O’rta Osiyo geografiyasiga oid boy ma’lumotlar qoldirgan. Marko Poloning Pomir tog’lariga qilgan sayohati juda qiziqarli bo’lib, evropaliklar ichida birinchilar qatorida Pomir tabiati haqida haqiqatga yaqin ma’lumot qoldirgan. U Pomir tog’I bahaybat tog’ tizmalarining yig’indisidan iborat bo’lib, ular chuqur vodiylar orqali bir-biridan ajralganligini, iqlimiy sovuq, tog’larining tepasi sovuq qor sahrosidan iborat bo’lib, aholi yashamasligini yozadi.

5-rasm. Venetsiyalik olim Marko Polo.
Yuqorida qayd qilinganlardan ko’rinib turibdiki, O’’rta Osiyoda mog’ullar hukumronlik qilgan davrlarda butun fanlar rivojiga, jumladan, geografiyaga oid tasavvurlarning taraqqiy etishiga juda katta to’sqinlik qilingan. Mog’ullar saltanati inqirozga yuz tutgach, o’lkada qudratli temuriylar hukumdorligi davri boshlanib, fan va madaniyat taraqqiy eta boshlaydi.
O‘rta Osiyoda geografik bilimlarning rivojlanishida Temuriylar davri alohida o‘rin tutadi. Sohibqiron Amir Temur davrida (XIV asr oxiri va XV asr boshida) O’rta Osiyoda mog’ullar vayron etgan iqtisod tiklanadi, fan va madaniyatning ravnaqi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Poytaxt-Samarqand shahriga mashhur quruvchi va olimlar to’planadi. Temuriylar davrida o’lkada jahon fanlarining ravnaqi uchun ulkan ilmiy meros qoldirgan sayyoh, tarixchi, astronom va geograf olimlar-Mirzo Ulug’bek, Hofizi Abru, G’iyosiddin Naqqosh, Abdurazzoq Samarqandiy, Ali Qushchi, Bobur, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid kabi allomalar shular jumlasidandir.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin