8.Tashxis texnologiyasining maqsadga muvofiqligi. Texnologik yondashuv o‘z mohiyatiga ko‘ra faoliyatni muayyan izchillikda, tizimli, uzluksiz amalga oshirilishini tavsiflaydi. Pedagogik tashxis jarayonining texnologiyalashtirilishi bosqichli harakatlarning og‘ishmay, bir maromda tashkil etilishiga olib keladi.
9.Tashxis natijalarining ishonchliligi va ularning xolis baholanishi. O‘quvchilarning mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini ko‘rsatuvchi natijalarning haqqoniy va ishonchli bo‘lishi uchun tashxislanuvchilarning tajriba hamda nazorat guruhlariga ajratilishi, barcha tashxislanuvchilarning anketa, test topshiriqlariga bevosita va xolis javob berishlari, amaliy, ijodiy topshiriqni bajarishda belgilangan vaqt reglamentiga rioya qilishlari maqsadga muvofiqdir. Binobarin, tashxis natijalarning haqqoniy va ishonchli bo‘lishi istiqbol vazifalarini belgilashga, korrektsion ishlarni tashkil etishga imkon beradi.
10.Natijalarning maqsadga muvofiqligi. Tashxislash natijalari qo‘yilgan maqsadning xarakteriga mos bo‘lishi, o‘rganilayotgan holatni ifodalay olishi zarur. Bordi-yu, olingan natijalar maqsad negizida ko‘zda tutilgan holatlarni yorita olmasa, u holda tashxislash jarayonini noto‘g‘ri tashkil etilgan, degan xulosaga kelinadi.
Birinchi daraja.
Komponentlar holatini o‘rganuvchi diagnostika. Ob’ektdagi alohida komponentlarni ajratish va ularning ayrimlariga xos xususiyatlarni olish uchun komponentlar diagnostikasi o‘tkaziladi. Bu diagnostikaning boshlang‘ich darajasi hisoblanadi. Natijalar istiqbolni belgilashda u qadar samarali bo‘lmaydi va ishonchlilik darajasi nisbatan past.
.
Pedagogik diagnostika darajalari va bosqichlari. Qaysi sohada bo‘lishidan qat’i nazar diagnostika natijalari turli darajalarda namoyon bo‘ladi. Pedagogik diagnostikaning asosiy darajalari quyidagilardir
Ikkinchi daraja. Tuzilma holatini o‘rganuvchi diagnostika.Tashxisning bu darajasida jarayonning tuzilishi aniqlanadi. Shuningdek, komponentalar orasida muayyan aloqalar o‘rnatiladi. Tizimli diagnostika vositasida pedagogik jarayonning individual komponentlari orasidagi turli darajadagi qaramlik aniqlanadi. Bu turdagi diagnostika natijalariga tayangan holda ta’lim jarayonining individual komponentlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan turli darajadagi bog‘liqlik ochib beriladi. Tizimli diagnostika natijalari amaliyotdagi holatni bir qadar ishonchli ifodalaydi.