Tezkor tashxislash – o‘qituvchi faoliyatini mezonlarning eng quyi darajasini ifodalovchi tizimda pedagogik tizimni boshqarishni takomillashtirish uchun qarama-qarshiliklar, muammoli muhit va tayanch, dastlabki muammolarni aniqlovchi tezkor tashxisli tahlil
Tashxislash quyidagi vosita va jihozlar yordamida amalga oshiriladi: pedagogik kompetentlikka xos rivojlanish belgilarning namoyon bo‘lishini aniqlash maqsadida tashkil etiladigan belgilangan, tayanch (belgilarni qayd etuvchi) tashxislash metodikasi;
o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishi hamda u ega bo‘lgan tayanch kompetentsiyalarga oid bir-biriga zid ma’lumotlar mavjud bo‘lganda tashkil etiladigan chuqurlashgan (etimologik) tashxislash;
kasbiy kompetentsiyalarning rivojlanish imkoniyatlarini bashoratlash hamda tuzatuvchi (korrektsion) chora-tadbirlarni aniqlash uchun kompleks darajaviy (tipologik) baholashda foydalaniladigan metodikalar
M.E.Inьkov kasbiy-pedagogik kompetentsiyalarni tashxislashning tizimli modelini taklif etgan. Uning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: a) tegishli fan sohasi bo‘yicha ega bo‘lingan maxsus va kasbiy kompetentlik;
b) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini o‘zlashtirishga oid metodik kompetentlik;
v) o‘zaro muloqot jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik kompetentlik;
g) o‘quvchilarning o‘quv-bilish motivlari, qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan tabaqalashtirilgan-psixologik kompetentlik;
d) shaxsning individual faoliyatidagi yutuqlar va kamchiliklarni baholashga doir autopsixologik kompetentlik
L.V.Grebennikovaning ishlarida o‘qituvchilar faoliyatini baholash mezonlari sifatida quyidagilar e’tirof etilgan: tegishli o‘quv fani bo‘yicha chuqur bilimga egalik;
pedagogika, psixologiya, bolalar va yosh fiziologiyasi asoslarini bilish;
o‘qitish metodikasini o‘zlashtirganlik darajasi;
kasbiy va ilg‘or tajribalar, metodik navatorlik, shaxsiy innovatsion ishlanmalardan foydalanish malakasiga egalik;
shaxsiy kasbiy sifatlar (ijodkorlik, improvizatsiya qila olish, individual ijodiy izlanish, favqulodda topqirlik, kommunikativlik, insoniylik, demokratizm, tashkilotchilik kabi qobiliyatlarga egalik);
ta’limning natijasi uchun mas’ullik;
hamkasblarga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lish