Idrok qilishni tashkil qilish. Sezgi ma’lumotlarini ahamiyatli idrokka aylantirish uchun biz uni tashkil qilishimiz kerak: narsalarni ularning atrof-muhitidan ajratib olishimiz, ularning ahamiyatli va doimiy shaklini farqlashimiz, shuningdek ular harakatlanishi yoki harakatlanmasligini va ular bizdan qanday masofada turganligini aniqlashimiz kerak. Miyaning idrok qilish va uning qoidalari shakllanishidagi roli ayrim illyuziyalar bilan izohlanadi. XX asr boshida bir guruh nemis psixologlari bizning aql-idrokimiz qanday tarzda his-tuyg‘ularimiz, sezgilarimizni tashkil qilishi va ularni idrokka aylantirishiga qiziqib qoldilar. Sezgi signallarini qabul qiluvchi odam ularni “geshtalt” (nemischa – “shakl” yoki “yaxlit” ma’nosini anglatadi)ga aylantiradi. Geshtaltpsixologiya odam bunday qobiliyatining ko‘p sonli misollarini tavsiflab berdi. Rasmga e’tibor bering, shaklning alohida qismlari – bu bor-yo‘g‘i uchta oq chiziqdan iborat. Biroq biz ularning barchasini birgalikda idrok qilganimizda, yaxlit shakl – “Neker kubi”ni ko‘ramiz.[1]
Geshtaltpsixologiya tarafdorlari idrok qilishda yaxlit narsa uni tashkil qiluvchi miqdordan farqlanishi mumkin, deb hisoblaydilar. Natriy – korroziya metallini xlor – zaharli gaz bilan biriktiring, Siz umuman boshqa modda – osh tuzi hosil qilasiz. SHakl ham xuddi shunday tarzda idrok qilinadi – ob’ekt tarkibiy qismlari miqdori emas, balki nimadir yangi shakl (Koek & Ra1teg, 1990). Idrok qilish har doim sezishdan biror jihatdan ko‘proq bo‘ladi.
SHaklni idrok qilish.Tasavvur qiling, Siz videokompyuter tizimini o‘z “ko‘z+miya” tizimingiz kabi qo‘lyozmani o‘qish yoki odamlar yuzini tanish darajasida loyihalashtirishingiz kerak. (Pochta xodimlari bunday skaner yaratilishiga umid qiladilar). Bunday tizimga qanday xususiyatlar zarur bo‘lishi mumkin?
Binokulyar yo‘l-yo‘riqlar Bizning ko‘zlarimiz bir-biridan 2,5 dyuym masofada joylashganligi sababli ularning to‘rpardalari atrof-muhit manzaralarini biroz turlicha qabul qiladi. Miya ushbu manzaralarni solishtirganda, aynan to‘rsimon nomutanosiblik (ikki manzara o‘rtasidagi farq) masofani aniqlashga yordam beradi. Agar Siz barmog‘ingizni burun uchiga deyarli tegizilgan holda ushlab tursangiz, to‘rpardalarda barmoqning 2 ta har xil aksi paydo bo‘ladi (Siz bunga rasmda ko‘rsatilgandek, navbatma-navbat bir ko‘z, so‘ngra esa ikkinchi ko‘z qisilganda va barmoqlaringiz ingichka kolbasa ko‘rinishida bukilganda bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin). Katta masofada esa, aytaylik, uzatilgan qo‘l masofasida ushbu nomutanosiblik kamroq bo‘ladi.[2]
Stereoskopik filmlarni yaratuvchilar bir-biridan bir necha dyuym (1 dyuym – 25,5 mm) masofada joylashtirilgan ikkita kamera yordamida suratga olish orqali to‘rsimon nomutanosiblikdan kuchli taassurot hosil qiladilar (xuddi shunday imkoniyatni, ehtimol, kuzatuv olib borishi mumkin bo‘lgan kompyuterda ham yaratishni istardik). So‘ngra ekranga ko‘zoynak yoki chap ko‘z bilan chap kameraning “ko‘rish maydoni”, o‘ng ko‘z bilan esa – o‘ng kameraning “ko‘rish maydoni”ni ko‘rish imkonini beradigan maxsus moslama orqali qaralganda, to‘rsimon nomutanosiblikning odatdagi samarasi hosil bo‘ladi. Kompyuter namunalari uchun ham ushbu samara xosdir.4 Idrokning yana bir muhim xossasi – bu uning faolligi, yoki tanlab o‘tkazishi. Bu xossa bizning istalgan vaqtda faqat bir jism yoki ma’lum jismlar guruhini idrok qilishimizdan, real olamning boshqa ob’ektlari esa idrokimizning foni bo‘lib xizmat qilishidan iborat. Xuddi shunday, ma’ruza tinglab yoki kitob o‘qib o‘tirganingizda ortingizda nimalar sodir bo‘layotganiga e’tibor bermaysiz. SHunday qilib, idrok faolligi tabiati ongimiz tabiati tomonidan belgilangan.
Endi idrok turlarini ko‘rib chiqamiz. Hozirgi zamon psixologiyasiga oid adabiyotlarda idrokning tasniflanishiga doir bir qancha yondoshuvlarni keltirish mumkin. Tasniflanishlardan birining asosida idrokda ishtirok etuvchi analizatorlardagi tafovutlar yotadi. Idrokda qaysi analizator yoki modallikning ahamiyatliligiga muvofiq ravishda ko‘rish, eshitish, teri- tuyish, kinestetik, hid bilish va ta’m bilish idroklari mavjud.[1]
Odatda, idrok – qator analizatorlar o‘zaro ta’sirining natijasi bo‘lib hisoblanadi. Misol tariqasida taktil va kinestetik analizatorlar ishtirokidagi teri-tuyish idrokini aytib o‘tish joizdir. Idrok turlari sof holda juda kam uchraydi. Odatda, ularning o‘zaro uyg‘unlashib ketishi natijasida idrokning murakkab turlari hosil bo‘ladi. O‘quvchi tomonidan matn idroki ko‘rish, eshitish va kinestetik idrokni o‘z ichiga oladi.5[3]
Some¬times new evidence does overturn our scientific preconceptions. Science, as we will see throughout this book, offers us various surprises—about the extent of the unconscious mind, about the effects of emotions on health, about what heals and what doesn't, and much more. Before we evaluate claims of ESP, let's review them.
Idrokning boshqa tur tasnifining asosini materiyaning mavjud bo‘lish shakllari: fazo, vaqt va harakat tashkil etadi. Bunga muvofiq ravishda fazoviy idrok, vaqt idroki va harakat idroki ajratiladi (10.1 rasm).