49
rahbarlari boshqaradi. Yirik korxonalarda imtihon topshiruvchi xodimlar soni ko’p
bo’lsa, bir necha imtihon komissiyalari tashkil qilinishi mumkin. Bunday hollarda
komissiya raisi qilib mehnat muhofazasi bosh mutaxassislari va korxona
rahbarining muovinlari tayinlanadi.
Imtihonlarni tashkil qilish va o’tkazish korxona ma’muriyatiga hamda
imtihon komissiyalari raislari zimmasiga yuklatiladi. Imtihonlar tasdiqlangan reja
bo’yicha o’tkaziladi. Bu reja imtihon komissiyasining barcha a’zolariga bir oy
oldin tarqatiladi. Tekshiruvchi esa imtihon kuni va o’tkazilish joyi haqida kamida
15 kun oldin ogohlantiriladi.
Komissiya a’zolari uch kishidan kam bo’lsa imtihon o’tkazishga ruxsat
berilmaydi. Imtihon komissiyasi tarkibiga kiritilgan rahbarlar va mutaxassislar
boshqaruv tashkilotlari komissiyalariga imtihon topshirgan bo’lishlari kerak.
Imtihon
komissiyasi
quyidagilar
bo’yicha
rahbarlarning
bilimlarini
tekshiradi:
-O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni,
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, boshqa qonun va me’yoriy hujjatlar;
-mehnat xavfsizligi standartlar tizimlari;
-haloqatlarni cheklash va ogohlantirish tizimlarini;
-elektr jarohatlaridan ogohlantirish;
-yong’in xavfsizligi, haloqat, portlash hamda yong’inlarni bartaraf qilish usul va
vositalari;
- ko’ngilsiz hodisalar ro’y berganda xodimlarning harakatlari;
-ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasining asosiy talablari;
-mehnat muhofazasi holatini nazorat qilishda davlat, tarmoq va jamoat nazoratlari
to’g’risidagi nizomlar;
-baxtsiz hodisalarni taftish qilish, hisobga olish va rasmiylashtirish;
-texnologik tizimning xavfsizligini ta’minlovchi pasport, sxemalar, texnologik
reglamentlar va lavozim yo’riqnomalari;
-SHHV ni tarqatish tartibi va me’yorlari, ishlatish muddatlari;
|