52
Xulosa
Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish,
balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir. O’zbekiston
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga
Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib qo’shildi. Davlatimiz rahbarining 2005 yil
5 sentyabrda qabul qilingan «Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining
kompyuter
xavfsizligini
ta’minlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida»gi
qaroriga
binoan
«Uzinfocom»
kompyuter
va
axborot
texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi huzurida «UZ-CERT»
kompyuter hodisalariga chora ko’rish xizmati tashkil qilindi. Ushbu xizmat asosida
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi
huzurida Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tuzildi. Markaz xodimlari
axborot xavfsizligining zamonaviy tahdidlari haqida ma’lumotlar to’plash va tahlil
qilish, «Elektron hukumat» tizimi ma’lumotlar bazasi, resurslari va axborot
tizimlari kompleksiga noqonuniy kirishga oid harakatlarning oldini olishga
qaratilgan tashkiliy va dasturiy-texnik qarorlar qabul qilish bo’yicha taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug’ullanmoqda. «Elektron hukumat» tizimining
axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani, shuningdek,
milliy internet segmentini takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish ham
markaz faoliyatining yo’nalishlaridan biridir.
Iqtisodiyotimiz tarmoqlari va hayotimizning barcha sohalariga yuqori
texnologiyalarni joriy etish, davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari
bilan interaktiv hamkorligini kengaytirish mamlakatimizni jadal rivojlantirish
kafolatidir. Ayni paytda xavfsizlikni ta’minlamasdan taraqqiyotga erishib
bo’lmaydi. Shu bois «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va
Axborot xavfsizligini ta’minlash markazining tashkil etilishi hamda ularning
o’zaro hamkorligi O’zbekistonda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishning muhim bosqichidir.
|