7
yaratish va tarmoq yoki oqimlar (talabnomalar) o’zgarganda xabarlarni yetkazish
talablarini qondirilishini ta’minlash uchun yo’llarni tanlash algoritmini ishlab
chiqishdir.
4. Tarmoqni boshqarish umuman olganda texnik-iqtisodiy tizim sifatida
bo’lib, xalq xo’jaligining qismidir va axborotni yetkazish texnik vositalar, xamda
bu vositalarga xizmat ko’rsatuvchi odamlar jamoasini qamraydi. Boshqarishning
maqsadi nafaqat tarmoqning ishlashini qo’llab quvvatlash va bu ishlashni moddiy-
texnik ta’minlashdan iborat bo’lmasdan, shuningdek tarmoqni rivojlantirishni
rejalashtirish, tarmoqdan foydalanish tariflari va qonunchilik aktlarini yaratish
hamda foydalanuvchilar bilan munosabatni kelishtirishdir.
Satxidan qat’iy nazar har bir boshqarish tizimida quyidagi to’rtta asosiy
funksiyalar bajariladi.
1. Boshqarish obekti xolati xaqida, texnologik jarayonni borishi yoki u yoki
bu operatsiyalarni bajarishga talablar (talabnomalar, topshiriqlar) xaqida axborot
yig’ish (qaydlash).
2. Obektni berilgan xolatga keltirish zaruriyati yoki imkoniyati bo’yicha
qaror ishlab chiqish, taqdim etilgan talablarni (talabnomalarni) qondirish
imkoniyati borligi yoki yo’qligi va obektga boshqariladigan ta’sirni tayyorlash.
3. Qabul qilingan qarorni bajarish – boshqariluvchi obektning ijro
organlariga yoki xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga buyruq berish yo’li bilan obektni
kerakli (berilgan) xolatga keltirish, shuningdek foydalanuvchilarga yoki xizmat
ko’rsatuvchi xodimlarga u yoki bu talablarni bajarish mumkin emasligi xaqida
axborot berish.
4. Boshqaruvchi qurilmalarga axborotni yetkazish va ulardan olish, buning
uchun har xil datchiklar va qabul qiluvchi qurilmalar xizmat qiladi. Hamma
ko’rsatilgan funksiyalar o’zaro shunday bog’langanki, ularning har bir ketma-ket
amalga oshirilishi boshqarish jarayoniningssiklini xosil qiladi.
Yaxshi boshqarish tizimisiz har bir mijoz uchun, u buyurtma bergan xizmat
darajasini konfiguratsiyalash va qo’llab quvvatlash juda qiyin masaladir.
|