8
Aloqa
korxonalari
diqqat-e’tibori
bo’yicha
amalga
oshiriladigan
boshqarishni uning ierarxik strukturasiga mos xolda ko’rish maqsadga muvofiqdir.
Telekommunikatsiyaga
nisbatan
bunday
ko’p
satxli
ierarxik
strukturali
boshqarishni quyidagicha tasvirlash mumkin [12].
Bu struktura TMN piramidasi deb ataladi. TMN (Telecommunication
Management Network) – telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog’i (tizimi).
TMN xalqaro tashkilotlar tomonidan taklif etilib, biznesi telekommunikatsiyalarga
asoslangan yoki unga juda qattiq bog’langan kompaniyalar boshqarish tizimining
mantiqiy tavsiflash usulidir. Quyi satx – tarmoq elementlari satxi (Network
Element Layer, NEL) – tarmoqning ayrim qurilmalaridan tashkil topadi: kanallar,
kuchaytirgichlar, oxirlanma apparaturalar, multipleksorlar, kommutatorlar va
xakozo. Elementlar boshqarishni qo’llash uchun ichki qurilgan vositalarga ega
bo’lishi mumkin - datchiklar, boshqarish interfeyslari, shuningdek obektlar bilan
bog’lanish (USO) uskunalaridan iborat bo’lishi mumkin. Keyingi satx – tarmoq
elementlarini boshqarish satxi (Network Element Management Layer, EML) –
elementar boshqarish tizimidan iboratdir. Elementar boshqarish tizimlari
tarmoqning ayrim elementlarini avtonom boshqaradi, jumladan SDHning aloqa
kanalini nazoratlaydi, kommutator yoki multipleksorni boshqaradi. Elementlarini
boshqarish satxi boshqarish tizimi yuqori qatlamlarini konkret uskunani boshqarish
detallari va xususiyatlaridan ximoyalaydi. Bu satx quyi joylashgan tarmoqning
uskunalari va funksional resurslari xulqini modellashtirishga javobgardir. Bu
modellarning atributlari boshqariladigan resurslar xulqining har xil aspektlarini
boshqarish imkonini beradi. Undan yuqorida tarmoqlarni boshqarish satxi
joylashgan (Network Management Layer, NML). Bu satx elementar boshqarish
tizimlari ishini koordinatsiyalaydi, jumladan tarkibiy kanallar konfiguratsiyasini
nazoratlash, har xil texnologiyalar transport quyi tizimlari ishlashini moslashtirish
imkonini va xakozo beradi. Bu satx yordamida tarmoq yagona butun sifatida, o’z
abonentlari orasida ma’lumotlar uzatib, ishlashni boshlaydi. Keyingi satx -
xizmatlarni boshqarish satxi (Service Management Layer, SML). Bu satx transport
va axborot xizmatlarini nazoratlash va boshqarish bilan shug’ullanadi, xizmatlar
|