Qonni ivish tezligini aniqlash Qon ivish xususiyatiga ega. Bu uning benihoya muhim xususiyatlaridan biridir. Agarda qon ivish xususiyatiga ega bo’lmaganda edi, har qanday jarohatdan ham organizm ko’p qon yo’qotib, halok bo’lar edi.
Organizmda sog’lom, shikastlanmagan tomirlarda oqib turgan qon odatda ivimaydi. Buning boisi shundaki, qon ivishini ruyobga chiqaradigan zanjirli fermentativ reaktsiya faqat tomirlar, ularning atrofidagi to’qimalar va trombotsitlar shikastlangandagina boshlanib, qon ivishiga sabab bo’ladi.
Qon ivishini tushuntiradigan nazariya, dastavval, 1872 yilda Alek-sandr SHmidt tomonidan asoslab berilgan. Uning nazariyasiga ko’ra, qon ivishi murakkab fermentativ jarayon bo’lib, ikki fazada kechadi va quyidagicha sodir bo’ladi:
1 - faza trombotsitlarning shikastlanishi, parchalanishi oqibatida ulardan trombokinaza fermentining ajralib chiqishi va bu fermentning Sa++ ionlari ishtirokida, jigarda hosil bo’lib qonga chiqadigan oqsil modda - inaktiv ferment, ya’ni protrombinga ta’sir etib, uni faol holatga trombinga aylantirishi.
2 - faza trombinning plazma oqsili - fibrinogenga ta’sir etib, uni fibringa aylantirishi. Ipchalar holida hosil bo’lgan fibrin jarohatlangan joyda chigallashib, to’rga o’xshagan bir narsa hosil qiladi. Qonning shaklli hujayralari shu to’rda ushlanib qoladi.
Oqibatda qon laxtasi hosil bo’ladi. Qon laxtasi siqilib, zichlashadi va ichidan zardobni sitib chiqarib, mustahkamlanadi va jarohatlangan joyni qattiq po’stdek mahkam bekitadi.
Qon ivishi to’g’risidagi SHmidtning bu nazariyasi mohiyat e’tibori bilan hozir ham tan olinadi. Ammo fanda keyingi vaqtda qo’lga kiritilgan ma’lumotlar tufayli qon ivishida boshqa ko’p moddalar ham ishtirok etishi aniqlandi. Biroq biz qon ivishida ishtirok etadigan barcha moddalar ustida to’xtalish imkoniga ega bo’lmaganimiz uchun qon ivishini birmuncha oddiyroq, soddalashtirilgan holda qarab chiqamiz.
Qon ivishi uchta fazada kechadi: