Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta


-Mavzu: Musiqa bolalar kundalik hayotida



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/83
tarix31.12.2021
ölçüsü1,62 Mb.
#112565
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta (1)

10-Mavzu: Musiqa bolalar kundalik hayotida. 

[4 SOAT] 

REJA: 

1. Bolalar hayotida musiqani o’rni va roli. 

2. O’yin-kulgu kechalari.  

3. Musiqa va jismoniy tarbiya.  

4. Musiqa bayram ertaliklari. 

5. Kichik, o’rta, katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari 



MTM tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbirlarini o’tkazishda musiqaning o’rni 

Nafosat  tarbiyasining  mazmuni  serqirra  bo‘lib,  musiqa  tarbiya  yeng  asosiy  o‘rinni 

yegallaydi.  Musiqiy  ta’limning  oliy  maqsadi:  yosh  avlodni  milliy  musiqa  merosimizga  vorislik 

qila oladigan hamda musiqa boyligini idrok yeta oladigan, yetuk, barkamol, madaniyatli, nafaqat 

o‘z  milliy  an’analarini,  balki  boShqa  millatlar  madaniyatidan  boxabar  va  bu  an’ana, 

madaniyatlarini  hurmat  qiladigan  qilib  voyaga  yetkazishdan  iboratdir.  Bunda  nafosat 

tarbiyasining ahamiyati benihoya kattadir.  

Bayram  ertaliklari  estetik  ya’ni  nafosat  tarbiyasi  berishda  muhim  tadbirlardan  biridir. 

Ertaliklar  bog‘cha  hayotining  yeng  muhim  va  tarkibiy  qismiga  aylangan  bo‘lib,  tantanavorlik, 

xursandlik va Shodlik holatini vujudga keltiradi, bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bayram 

ertaliklaridan  maqsad,  bolalarni  nafosat  olamiga  olib  kirish,  ularda  ajoyib  yorqin  taassurotlar 

qoldirish va Shodlik baxSh yetishdan iboratdir. 

O‘zbekiston  Mustaqillikka  yerishdi.  Istiqlol  Sharofati  tufayli  qadryatlarimiz,  unutilgan, 

lekin bola tarbiyasida nihoyatda zarur bo‘lgan urf-odatlarimiz tiklanmoqda. Shu sababli bayram 

ertaliklari  Shaklan  va  mazmunan  o‘zgarmoqda.  Bolalar  bog‘chalarida  nishonlanadigan  asosiy 

bayramlar quyidagilardan iborat: 

1. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni. 

2. O‘qituvchi va murabbiylar kuni. 

3. Mehrjon bayrami. 

4. Yangi yil bayrami. 

5. Vatan himoyachilari kuni. 

6. Xalqaro xotin-qizlar bayrami. 

7. Navro‘z bayrami. 

8. Xotira va qadrlaSh kuni. 

9. Gul va quShlar bayrami. 

10. Sog‘lomjon va polvonjon bayram yertaligi. 

11. Bolalarni maktab quchog‘iga kuzatish tadbiri. 

Har bir bayramning o‘z ma’nosi va alohida xususiyati bor. 

Masalan,  1  sentabrda  nishonlanadigan  Mustaqillik  bayramida  vatanni  sevish  va 

e’zozlash,  unga  munosib  farzand  bo‘lib  yetishish,  uning  yutuqlaridan  faxrlanish  hissi 

tarbiyalanadi.  Bayram  katta  guruh  bolalari  bilan  o‘tkazilib,  ular  O‘zbekiston  Respublikasi 

madhiyasini  kuylaydilar.  Kichik  va  o‘rta  guruh  bolalari  tomoShabin  sifatida  qatnaShadilar. 

Ertalikdagi  o‘yinlar,  inssenirovkalarda  xalqimizning  yerishgan  yutuqlari,  mehnatning  insonga 

quvonch  baxSh  yetishi  odamlarning  bir-biriga  mehr-oqibati,  qadriyatlarimiz  ko‘rsatilishi  kerak. 

Musiqa rahbari bayram dasturini tuzishda ijodiy yondoShib, zamonaviy bolalar qo‘Shiqlari bilan 

bir qatorda, o‘zbek xalq qo‘Shiqlarini ham dasturga kiritishimiz lozim. 





Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin