1.Boshlang'ich
sinf
o'quvchilarini
yozuvga
o'rgatish metodlari
Savod o'rgatishning tayyorlov hamda asosiy davri va undan keyingi davrda
o'quvchilarni savodli yozishga o'rgatishda quyidagicha metodlardan foydalaniladi.
Metodlar asosan o'qish jarayoni bilan birgalikda olib boriladi. Chunki o'quvchilar
savodli o'qish jarayonidagina savodli yozish malakalarini o'zlashtiradilar.
Analitik- sintetik metod.
Analitik-sintetik tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod
hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois anaiitik-sintelik tovush metodi
an'anaviy tamoyillarga va shakllanish, tashkil topish jarayonida bo'lgan
tamoyiilarga ega. Metodning an'anaviy tamoyillari quyidagilar:
l. Savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish
maqsadiga ko'ra ta'limiy va o'stiruvchi xarakterda bo'ladi, nutqiy mashqlar orqali
aqlning o'sishini ta'minlaydi, o'qishning ongli olishini talab etadi.
Analitik sintetik tovush metodida savod o'rgatish jarayoni 4 oy davom etadi.
Bu jarayon 2 davrga bo'linadi:1
A)
alifbegacha tayyorgarlik davri (2 xafta),
B)
alifbo (asosiy) davr 31 dekabrgacha davom etadi.
Alifbogacha tayyorgarlik davri, o'z navbatida, 2 bosqichga bo'linadi:
A)
harf o'rganilmaydigan bosqich (2 xafta).
B)
unli tovush va harf o'rganiladigan bosqich (2 xafta)
Savod o'rgatish jarayonidagi darslar predmetiga ko'ra ikki turli:
A)
"Alifbe" darsligi asosidagi o'qish darslari;
B)
"Yozuv daftari" asosidagi yozuv darslari.
1-
bosqichning asosiy vazifasi o'quvchilarni maktab, sinf bilan, tartib-
11
intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og'zaki va yozma nutq haq'ida,
gap, nutqnnng gaplardan tuzilshi, so'z gaplarning so'zlardan tuzilishi; bo'g'in,
so'zlarning bo'g'inlardan tuzilishi, so'zlarning bo'g'inlarga bo'linishi; tovush,
bo'g'inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh
tovushlarga ajratilishini o'rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish ko'nikmalarini
hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nushalar asosida o'quvchilarning
bog'lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga «Alifbe»da berilgan rasmlar asosida
hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o'zlari bilgan she'r, ertak, hikoya, tez aytish,
maqol, topishmoq, halq ashulalari, alla, qo'shiqlar, latifalardan ayttirish lozim.
Tayanch so'zlar asosida gap tuzdirish, «Alifbe» sahifalaridagi so'zlar,
ularning ma'nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har
bir darsda mavzularga bog'liq ravishda izchil davom ettirib boriladi.)
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o'quvchilarda daftar bilan, yozuv chiziqlari
bilan tanishtirish, harf elementiarini yozishga o'rgatish, namunaga qarab grafik
xatolarini aniqlash - o'z-o'zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish
kabi ko'nikmalar hosil qilinadi.
2-
bosqichda unli tovush va unli harflar o'rgatiladi. Bunda ularning uch
xususiyatini: a) orizda to'siqqa uchramasligi; b) cho'ziq aytylishi; v) tarkibida faqat
ovoz qatnashishi kabilarni o'quvchilarning amaliy ravishda puxta egallashlariga
erishish lozim.
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o'rgatish ko'zda
tutiladi. Bu bosqichdayoq tovush va harf o'rtasidagi chegaraga qat'iy rioya qilinadi.
Bolalarga tovush qaqida ma'lumot kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi
harf ko'rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid xususiyatlar
(tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, ko'ramiz, o'qiymiz)
ham izchil ravishda o'quvchilarni o'zlashtirishlarini xisobga olgan xolda
ochila boriladi.
Alifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etadi. Unda asosan o'quvchilar
12
undosh tovush va undosh harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar osondan qiyinga
tamoyili asosida joylashtiriladi.Oldin sonor tovushlar (n, m, 1,) keyin esa b, k, d, t,
s kabi undoshlar so'ngra ikki tovushni ifodalaydigan j harf birikmalari (pd s b),
tovush bildirmaydigan harf-tutuq belgisi bilan tanishtiriladi. Tovush va harfni
yaxshi tanishlari, elementar o'qishni muvoffaqiyatli egallashlari uchun bo'g'inga
bo'lish, bo'g'in chegarasini aniqlash, bo'g'indan tovushni ajratish, tovush va harf
munosabatini aniqlash, kesma harflardan burini tuzish va o'qish, bo'g'in-tovush,
tovush-harf, tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.
Bu davrda bo'g'inlab o'qish asosi shakllantiriladi: ikki harf yopiq, ikki harfni
ochiq, uch harfli yopiq bo'g'inlar (il, ol, la, lo, nom, lim) o'qishga o'rgatiladi.
Alifbo davrini o'rganiladigan tovush-harfhing murakkabligini hisobga olib 3
bosqichga ajratish mumkin:
1-
bosqichda o-na, a-na, il, in, bi-lan, tuzilishidagi so'zlar;
2-
bosqichda artikulyatsiyasi qiyin bo'lgan r, k, v, f kabi undoshlar va
yo'l-bars, do'st, rasm kabi tuzilishidagi so'zlar;
3-
bosqichda 2-bosqichda harf birikmalari pd, s, z, 2 tovushni
ifodalaydigan, tutuq belgisi va jurnal, jirafa, tong, so'ng, bodring, choynak,
shudring kabi so'zlar o'qishga o'rgatiladi.
Alifbe davrining oxirida o'quvchilar quyidagi bilim va ko'nikmalarga ega
bo'lishlari zarur:
A)
Hamma tovushlarni tanishi va har qanday xolatda to'g'ri talaffuz
qilishi;
B)
So'zni bo'g'in tovush, tovush-harf tahlilini bilishi, so'zdagi
tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so'z va bo'g'inga ajrata
olishi;
V) Kesma harf va bo'g'inlardan so'z tuza olishi va o'qishi;
G) 2-3-4 bo'g'inli so'zlarni butinlab o'qishi, adabiy-orfoepik talaffuz bilan
o'qishi;
13
D)
Gaplarni ohangiga rioya qilib o'qishi;
E)
O'qigan matnning mazmunini tushunib, ongli o'qishi;
J) O'qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab
berishi;
Z) O'qigan matnga sarlavxa topishi;
I) To'gri, tez, ongli va ifodali o'qish malakalari shakllantirilishi.
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi - kichik va bosh yozma harflarni
to'g'ri shakllantirish, harflami to'g'ri ulash, alifbeda o'qigan bo'g'in, so'z va gaplarni
namunaga qarab yozish, harf, bo'g'in, so'z, gap diktantlarni yozish ko'nikmasini
shakllantirish, izoxli, saylanma, ko'ruv, ta'limiy, diktant yoza olishlariga erishish,
umuman grafik malakani shakllantirish. Sovod o'rgatish jarayonining oxirida bir
darsda, agar darsning 2/3 qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha so'z yoza olishlari
talab qilinadi.
Ma'lumki, o'quvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi. O'quv
materiallari l-sinf o'quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. Shunga
qaramay har xil tayyorgarlik bilan kelgan o'quvchilarning uni o'zlashtirishlari
turlicha bo'ladi. Bu savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarga differentsial va
individual yondashishni taqozo etadi. Bunday yondashish ta'limning barcha
bosqichlarida ham yaxshi natija beradi.1
Differentsial yondashishda o'quvchilar guruhlarga bo'linadi, har bir
guruhning saviyasiga va imkoniyatiga mos topshiriqlar beriladi. Sinf o'quvchilari 3
guruhga bo'linishi mumkin. Topshiriqlar ham 3 variantda ishlab chiqiladi.
O'qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o'quvchilar bilan
parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o'quv materiali alifbe hisoblanadi, unga
qo'shimcha alifbe uchun qo'shimcha tarqatma materiallardan, jadvaliardan mustaqil
ishlardan foydalaniladi.
Alifbedagi o'quv materiali yoki o'qilayotgan matnning qiyin o'rni oldin
14
tayyorgarligi puxta o'quvchiga, so'ng bo'sh o'quvchiga o'qitiladi. Ba'zi o'quvchiiar
bilan darsdan tashqari vaqtda yakka tartibda ishlar olib borishga ham to'g'ri keladi.
Yangi material o'rganiladigan o'qish darsida ishning asosiy turlari:
1 Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o’qitish metodikasi. T “Noshir”
nashriyoti 2009 yil. 48-bet.
o'rganiladigan yangi tovushni so'zni (shu tovush so'z boshida, o'rtasida,
oxirida kelgan so'zni) bo'g'in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Yangi
tovush ajratiladigan so'zni o'quvchilar rasm asosida o'zlari tuzgan gaplari ichidan
oladilar. Tovushni ajratishda shu so'zning sxemasi - modeliga asoslanadilar.
Masalan, archa. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish; artikulyatsiyasi (nutq
organlarining tovush chiqarishidaga ishi) mashq qilinadi.
Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo'g'inlar o'qitiladi.
So'zlarni avval doskada, keyin «Alifbe»dan o'qish. Harf bo'g'inlardan harf
terish kartonida so'z, so'z birikmasi, gap tuzish (ursh), so'z ma'nosi ustida ishlash.
Matnni o'qish va tahlil qilish, uni qayta o'qish, rasmni tekstga bog'liqligini
belgilash.
Nutq o'stirish: lug'atni boyitish, so'z birikmasi, gap, bog'lanishli hikoya
tuzish.
Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo'yish, yanga o'rganilgan tovushni
unli va undoshga kiritish, yangi harfni ilgari o'rganilganlar bilan qiyoslash, tovush
va harfning ahamiyatini takrorlash va hokazo.
O'rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovushni ajratish, yangi harf
bilan tanishtirish mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi,
shuningdek, qo'shimcha so'zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o'qish va tahlil
qilishga, ko'rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish karton, magnit doskasi,
15
abak, sirli mato, rasmlar va b.) nutq o'stirishga, o'yinlar va qiziqarli materiallarga,
ilgari o'rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida
ahamiyat beriladi, tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
Birinchi uchragan so'zlar bilan ishlash: ochiq bo'g'in har bir undosh bilan
tuziladi va o'qiladi, yopiq bo'g'in esa unli bilan tuzilgan ochiq bo'g'inni o'qib
keyingi undosh o'qiladi va so'z to'liq o'qiladi.
Yangi so'z urg'usi qo'yilgan holda beriladi, bu uni o'qishga, bo'g'inlab
o'qishdek sintetik o'qishga (so'zni butunligicha o'qishga) yordam beradi.
Yangi so'zni doskada katta bosma harflar bilan yozish, o'quvchilarga o'qitish
tavsiya qilinadi. So'z shivirlash bilan o'qiladi, kesma harf bo'g'in bilan yoziladi.
Syujetli (rasmning asosiy mazmunini bildiradigan) rasmga qarab o'qituvchi
yordamida, uning yo'llovchi so'roqlari asosida hikoya tuzish, undan gapni
ajratish va analiz qilish.
Yangi bo'g'in, so'z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato
kabilarning va yangi so'zni doskada va daftarda «yasash»ning ahamiyati juda katta.
O'qish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik ko'p bo'lsa, ulardan turli xil
mashqlar tuzishda foydalanilsa, o'qish shunchalik ongli, qiziqarli bo'ladi, malaka
puxta shakllantiriladi.
Bola endigana o'qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yo'qotmaslikka,
shuningdek, hatto, so'zdagi keyingi harfni, keyingi so'zni yo'qotmaslikka o'rgatish
juda muhimdir. Bu vazifani savod o'rgatishning boshlang'ich bosqichida xatcho'p
(o'qiyotgan betni belgilab qo'yish uchun kitob ichiga solib qo'yiladigan qog'oz yoki
lentacha) va tayoqcha bajaradi. O'qilayotgan qatorni kuzatib borish ko'nikmasi sinf
o'quvchilaridan o'rtog'ining xatosini to'g'irlashini talab qilish bilan ham erishiladi.
O'quvchilar bu talabni qizg'anib bajaradilar, shu yo'l bilan ularda darsga, o'qishga
e'tibori jalb etiladi.
Savod o'rgatishning birinchi kunlaridanoq o'qish ongli bo'lishi, bolalarni
16
ongli o'qishga o'rgatish juda muhim. So'roqlar yordamida o'qilganlarni bola qanday
tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O'qishdan oldin o'tkazilgan tayyorlov suhbati
ham, o'qilgan matn yuzasidan o'tkazilgan suhbat ham shu maqsadga - ongli o'qish
uchun xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir o'qishni talab qiladigan
problemali holatni yaratish ham zarur. Bunday problemali holatning javobini
«Alifbe»dan yoki harf terish matosidan o'qiladigan topishmoq yaratishi
mumkin. Bunday maqsadni problemali savolni keltirib chiqaradigan taxminiy
suhbat yordamida ham amalga oshiriladi. Masalan, «qishda qushlar qaerga uchib
ketadilar?» (harf terish matosida: «Issiq o'lkalarga uchib ketadilar.) Mana shu kabi
tayyorlov mashg'ulotlari o'qishning yuqori darajada ongli bo'lishini ta'minlaydi va
shu bilan birga, bolalar ko'z ushida o'quv mehnati o'zlashadi, ularni qiziqtiradi.
Ongli o'qishni ifodali o'qishdan ajratib bo'lmaydi. Ammo analitik o'qishning
birinchi bosqichida ifodali o'qish mumkin emas, chunki bolalar so'zda urg'uli
bo'g'inni ajrata olmaydilar, tugallangan intonatsiyani, so'roq intonatsiyasini, hatto,
orfoepik to'g'ri o'qishni ham bera olmaydilar. Shuning uchun analitik o'qish
bosqichida so'zni yaxlit, orfoepik qayta o'qish tavsiya qilinadi. Bunday qayta o'qish
to'g'ri intonatsiyaga, ifodalilikka rioya qilib o'qishga o'rgatibgina qolmay,
o'qishning ongli bo'lishiga ham yordam beradi.
Savod o'rgatishning birinchi darslaridayoq o'quvchilarga tabaqalashtirib
(differentsial) yondashish (bunda o'qvchilarning o'qishga tayyorgarliklaridagi
farqlari xisobga olinadi) amalga oshiriladi.
Fonetik ishlar soxasida jarangli va jarangsiz undoshlami taqqoslashga,
ularning so'z ma'nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o'tkaziladi
(ziyrak-siyrak, dil-til kabi). Artikulyatsiyasi qiyin bo'lgan undoshlar ng (long), lab-
tish undoshi - v, qorishiq undosh s, ch, jarangli portlovchi - j va jarangli
sirg'aluvchi - j kabilarni o'rganishda tovush artikulyatsiyasyga oid ishlar
qiyinlashadi.
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli
17
so'zlar: ko'rib (ko'rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib
(tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti); qisqa talaffuz
qilinadigan i unli bor so'zlar: bilan (blan); talaffuzda tushib qoladigan undoshli
so'zlar: baland (balan), do'st (do's), Toshkent (Toshken), farzand (farzan), daraxt
(darax).
Bunday so'zlarni yozilgandek o'qish - imloni o'rganishga tayyorlaydi. Bular
avval orfografik, so'ng orfoepik o'qitiladi.
Shu kabi so'zlarni o'qish bilan burig'lab utsit malakasi takomillashadi:
o'quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so'zlarni o'qishni o'rganadilar.
Tovush savod o'rgatishning asosi bo'lib xizmat qiladi. Savod o'rgatish
davrida so'z va bo'g'inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va
ularning artikulyatsiyasini analiz qilish mashqlari o'tkaziladi, diktsiya (ravshan,
burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida
ishlash bilan ayniqsa, kesma harflardan so'z tuzish kabi sintez qilish usullari
birlashib ketadi; tovush va harf urtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish o'qish
malakalarini shakllantirish uchun ham, imlo tomonidan savodli yozish asosini
yaratish uchun ham foydalidir.
S.P.Redozubov tovushni analiz va sintez qilish usullarini to'liq ishlab
chiqqan.
Shulardan o'zbek tilida savod o'rgatishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
Analiz mashqlari:
1.
Nutq (gap)dan so'zni ajratish; so'zni aniq talaffuz qilish; bo'g'inlarga
bo'lish va bo'g'inlarni aniq talaffuz qilish, urg'uli bo'g'inni ajratish va uni boshqa
bo'g'inlardan farqlab, kuchli talaffuz qilib o'qish, maxsus tovushni ajratgan xolda
so'zni bo'g'inlab o'qish (aaaa-na, nooon, iiil. Sssa-na, ki-yyyik, iiish)
2.
Shu darsda o'rganiladigan yangi tovushni ajratish. Yangi tovushni
bnrinchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
18
a)
so'zdan tovushni uzun talaffuz qilib ajratish: aaa-na, looo-la, iiin,
booo-la;
b)
undosh tovushni yopiq bo'g'indan ajratish: Usss-mon, O- limmm, A-
miin. v)sirg'aluvchi undoshni ochiq bo'g'indan ajratish: sssa-na, to-yyyi, zzzi-rak;
g)bo'g'in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, o'- tin, ё-rug', o-nta, go-
tuk, u-zuk;
d)o'rganilgan tovushni so'z boshida kelgan so'zlardan ajratish (so'zni
o'qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o'quvchi aytadi): nok, tok, lola,...;
ye)rasm nomini ifodalovchi so'zni aytish: o'qituvchi nokning
rasmini ko'rsatib, noa deydi, o'quvchilar k tovushini qo'shib aytadilar nok.
Asosan, darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan
so'ng, shu tovush so'z boshida, o'rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan
so'zlar tanlanib, o'quvchilarga talaffuz qildiriladi: k tovushi uchun: kuz, tik, tok.
O tovushi: olma, osh, O-mon;
D tovushi: dor Odil (so'z oxirida jarangsizlashadigan ozod, hisob kabi
so'zlarni tanlash tavsiya qilinmaydi).
3.
So'zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish,
sonini aniqlash, bo'g'inlarni sanash: Olma - ol-ma - o-l-m-a; to'rtta tovush, to'rtta
harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo'g'in.... Bu usuldan o'quv yilining
nkkinchi yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi.
4.
Jarangli va jarangsiz undoshli so'zlarni taqqoslash: dil-til, oldin-oltin,
tor- tosh, moy-choy-loy-boy-soy-toy kabi.
Savod o'rgatishda analiz sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o'qish
jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko'proq o'qish malakasini
shakllantiradi.
Sintez mashqlari.1
19
1.
Tovush tomonidan analiz qilingan so'zni yoki bo'g'inni talaffuz qilish
va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so'z yoki bo'g'inni o'qish.
2.
O'rganilgan undosh bilan (na, no, la, lo, ni, li, bi, si, ma, mo, mi, ta, to,
ti, di, do, so, sa, ...) bo'g'in jadvalini tuzish; bo'g'in jadvalini kitobdan yoki matndan
o'qish; kesma harflardan bo'g'in jadvalini tuzish.
3.
Bola-lola-tola, boy-toy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir
undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-opa, ukki-ikki, osh-ish kabi bir undosh
harf bilan farqlanadigan so'zlarni o'qish (bunday so'zlarni o'quvchilarning o'zlari
topib o'qishlari mumkin).
4.
So'zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo'shib, yangi so'z hosil qilib
o'qish; ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; o'roq-so'roq; ol-xol, sol; sava-
savat, yelka—yelkan; son-oson; ayiq-qayiq, o'lka-yo'lka; olti-oltin; oldi-oldin,
5.
So'z urtasiga harf qo'shib, yangi so'z hosil qilib o'qing; ko'mak-
ko'lmak, zirak-ziyrak, tana-tashna, osha-oshna.
b.Bo'g'inlarni almashtirib yangi so'z hosil qilish va o'qish: Gulnor—Norgul.
6.Tovushlarning o'rnini almashtirib yangi so'zni hosil qilish va o'qish: somon-
osmon, tilak - kalit, kuy - yuk
7. Tovushni yoki bo'g'inni tushirib qoldirib yangi so'z hosil qilish va o'qish:
anor-nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog'la-bola.
Bo'g'in qo'shib yangi so'z hosil qilish va o'qish: bog'-bog'cha, gul-gulzor,
bog'bon, dorboz.
Sintetik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlatib harf ustida ishlash bilan
birga qo'shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo'lib, darsda yarim
o'yin xolatini vujudga keltirishga imkon beradi.
Xulosa qilganda, faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib
1 Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o’qitish metodikasi. T “Noshir”
20
nashriyoti 2009 yil. 46-bet.
bo'lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi rol o'ynaydi.
So'zni analiz qilish bilan o'quvchi so'zni leksik ma'noga ega bo'lgan bir butun
sifatida anglaydi, bu - sintezdir; so'z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga
diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir. Umuman, savod o'rgatish jarayonida analitik-
sintetik ishlar sistemasi bolaning aktiv fikrlashini ta'minlaydi. Analitik-sintetik
ishlar usuligina o'quvchilarning bilish mustaqilligini ta'minlaydi, «muammoli»
vaziyat yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o'stiradi.
Tovush-harf tomonidan analiz va sintezni yengillashtiradigan foydali
vositalar sifatida kesma harflar, kesma bo'g'inlar va harf terish polotnosi,
shuningdek, harf yoki bo'g'in abak, kadoskopdan foydalaniladi; tovushlarning
talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningdek, yozib olingan ifodali nutqni (asosan,
badiiy asarni) takroriy eshittirish uchun magnitafon (yoki lingofon) kabineti xizmat
qiladi.
v) tovushlar artikulyatsiyasi, diktsiya ustida ishlash.
Analiz-sintez ishlari sistemasida tovushning o'zini analiz va sintez qilish,
tovushni talaffuz qilish vaqtidagi nutq apparati organlarining xolati va harakatini
kuzatish (analiz) va harf bilan ifodalangan tovush va tovushlar birikmasini talaffuz
qilish maqsadida nutq organlarini zarur xolatga keltirish (sintez) muhim o'rin
tutadi. Masalan: u tovushning analizini olsak: til tanglayga tomon baland
ko'tariladi, tanglay bilan til orasida torgina bo'shliq qoladi, lablar bir-biriga
yaqinlashib yumaloqlashadi, ovoz hosil bo'ladi;
R tovushining sintezida og'iz ozroq ochiq, tishlar orasida bo'shliq bo'ladi,
lablar ozgina kengroq tortilgan, til ozroq orqaga itarilgan va tanglay (tepa)ga
tomon baland ko'tarilgan xolatda ovoz eshitiladi, o'tayotgan havo kuchi bilan
tilning uchi titraydi.
Sinfda barcha tovushlarning artikulyatsiyasi (hosil bo'lishi)ni ko'rsatib
bo'lmaydi, Masalan: afrikatlar (ch, j), chuqur til orqa (k, r, x), bo'g'iz tovushi (h)
21
artikulyatsiyasini ko'rsatish qiyin. Ammo bunday tovushlarning hosil bo'lishini
tushuntirish uchun o'qituvchi, o'quvchilar diqqatini jalb qilgan xolda, tovushni
talaffuz qilib ko'rsatadi, so'ngra o'quvchilar talaffuz qiladilar. Bunday usulni bir
necha bor takrorlagan ma'qul.
Diktsiya ustida ishlash o'quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq, jarangdor
bo'lishiga erishishdir. U savod o'rgatish uchun, ifodali o'qish, orfoyepik va
orfografik malakani, xushovozlik ko'nikmasini o'stirish uchun ham juda muhimdir.
Yaxshi diktsiya tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog'liq.
Shuning uchun diktsiyani o'stirish mashqlari tovush hosil kiluvchi apparatning
elastikligini o'stirishga qaratiladi.
Diktsiya ustida ishlash mashqlariga misollar:
1.
Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan: sara-shira-sara-shira
so'zlarini ovozni to qichqiriqqacha balandlata borib, so'ngra ovozni to
shivirlashgacha pastlatib talaffuz qilish.
2.
Talaffuz tempini mashq qilish. Shu shira-shira so'zlarini sekin talaffuz
qilib, tempni asta tezlashtira borish.
3.
Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o'quvchilar nuqson bilan talaffuz
qiladigan so'zlarni qayta talaffuz qilish mashqi.
4.
Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish. Buning
uchun tez
aytishlardan foydalaniladi.
Masalan,
G'ani g'ildirakni
g'izillatib g'ildiratdi.
Bolalarni so'zlayotganda to'g'ri nafas olishga, tovushlarni to'g'ri talaffuz
qilish va o'rgatish zarur. Ba'zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga
uyaladilar. Bunday vaqtda tovushni, so'zni xor bilan talaffuz qildirish, xor bilan
o'qitish, tez aytishlarni xor bilan ayttirish foydalidir.
|