Nazorat savollari
1.
Abonent kirish pog’onasining qanday texnologiyalarini
bilasiz? ularning vazifasi nimadan iborat?
2.
Transport pog’onasining qanday texnologiyalarini bilasiz?
ularning vazifasi nimadan iborat?
3.
xDSL texnologiyalarining qanday turlari mavjud va ularning
qo’llashdan maqsad nima?
4.
Raqamli abonent liniyalarini tashkil etishdan maqsad nima va
ularni tashkil etishda qanday texnologiyalardan foydalaniladi?
5.
Simsiz ulanish deganda nimani tushunasiz va bunday
tarmoqlarda qanday texnologiyalarni qo’llash mumkin?
6.
Wi-Fi, WiMAX texnologiyalarini vazifasi nimadan iborat va
ularning bir biridan farqi nimada?
7.
Kirish texnologiyalarining qanday sinflarini bilasiz va ular
qanday maqsadlarda qo’llaniladi?
8.
FTTx ning qanday turlarini bilasiz, ularni qanday tashkil etish
mumkin?
9.
xWDM, SDH, ATM, DPT, Gigabit Ethernet texnologiyalari
haqida qisqacha ma’lumot bering
88
10.
SDH texnologiyasining afzalligi nimada?
11.
Nega POS texnologiyasi keng tarqalmagan?
12.
MPLS transport tarmoqlari qanday tashkil etiladi?
89
4. YANGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARINING
ASOSIY PROTOKOLLARI
4.1.
NGN tarmoqlarini boshqarish protokollari
NGN tarmoqlarini turlicha mavjud bo’lgan (Internet va TfUF)
tarmoqlariga xos bo’lgan fragmentlarini birlashtiruvchi tarmoq echimlari
sifatida ko’rib chiqish mumkin. Shuningdek NGN tarmoqda Internet
protokollari (masalan, IP, TCP, UDP, FTP. HTTP, SMTP) kabi, TfUF
tarmog’i protokollari (masalan, OKS 7, EDSS1, V5 interfeys
protokollari) qo’llaniladi. Bundan tashqari, NGN tarmog’ining ayrim
protokollari multiservisli tarmoqni yaratish doirasida Internet va TfUF
tarmoqlarining o’zaro ishlash prinsipiga bevosita yoki bilvosita bog’liq
holda istiqbolli hisoblanadi [1]. NGN protokollari shartlilikning ayrim
qismlari bilan quyidagicha tasniflash mumkin:
-
Internet tarmog’ining tayanch protokollari: IP, ICMP, NCP, UDP;
-
transport protokollari: RTP, RTCP;
-
signal protokollari: SIP. H.323, SIGTRAN. MEGACO/H.248,
MGCP. RSVP. SCTP. ISUP. BICC. SCCP. INAP;
-
marshrutlash prokotokollari: RIP, IGRP. OSPF, IS-IS. EGP,
BGP, [DRP. TRIP;
-
axborot xizmatlari va boshqarish protokollari: SLP. OSP. LDAP.
SNMP;
-
xizmatlar protokoli: FTP. SMTP. HTTP, G.xxx kodeklar, H.xxx.
faks T.37, T.38, IRP HTP.
Ikkita tez moslashuvchan kommutatorlarning o’zaro bog’lanishi
90
uchun ikkita protokol qo’llanilishi mumkin, ulardan biri SIP (SIP-T)
protokoli IETF qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan, ikkinchisi BICC
esa ITU-T orqali spetsifikatsiyalangan. Bugungi kunda o’zaro
bog’lanish roliga BICC protokoli nafaqat OKS №7 signalizatsiyasi
bilan, balki DSS1 signalizatsiya bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’lsada
SIP-T protokoli da’vogarlik qilmoqda. Ericson kompaniyasining
ma’lum Engine echimida telefon serverlari (tez moslashuvchan
kommutatorlar) orasidagi o’zaro bog’lanish IP-tarmoqlarda ishlash
uchun mo’ljallangan, BICC CS-2 ga keyingi o’tishli ATM
(AAL1/AAL2) transport ustida ishlatishga mo’ljallangan BICC CS-1
protokoli bo’yicha amalga oshiriladi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, SIP-T va BICC hozir deyarli bir
xil funksional imkoniyatlarga ega bo’lsada, ishlab chiqishda bo’lgan
BICC CS-3 esa hatto SIP-T bilan o’zaro bog’lanish imkoniyatini ko’zda
tutadi, umuman uning tez moslashuvchan kommutatorlar qurilmalariga
amaliy
joriy
etilishi,
odatda
ATM-tarmoqda
ishlash
zarurati
mulohazalaridan kelib chiqish bilan bo’lib o’tadi. SHu bilan birga,
ATM-Forum materiallarida ta’kidlanadiki, yaqin kelajakda H.323, SIP,
H.248 va BICC protokollari parallel mavjud bo’ladi, ITU-T va IETF
protokollarning keyingi harakatlari NGN talablarini qoniqtirish uchun
SIP va H.248 protokollarni takomillashtirishga qaratiladi.
Tez moslashuvchan kommutatorlar asosidagi NGN tarmoqlarini
yaratishda standart va samarador protokolning bo’lishi muammosi
qoladi, lekin birinchi navbatda, aynan bu qurilmalarning bir-birlari bilan
o’zaro bog’lanishi uchun bugungi kunda, asosan, tez moslashuvchan
kommutatorlar
orasida
o’zaro
bog’lanishi
uchun
SIP/SIP-T
91
protokollarini,
tez
moslashuvchan
kommutatorlarning
ularga
bo’ysunadigan kommutatsion qurilmalar bilan o’zaro bog’lanishi uchun
esa MGCP/MEGACO/H.248 standartining protokollarini ishlash taklif
etiladi. U va bu protokollar IETF da ishlab chiqildi va shuning uchun
dastlab IP-tarmoqlarga mo’ljallangan. Bu ularning mavjud Internet
protokollari steklariga oson integratsiyalanishini bildiradi.
4.1-rasmda
tez
moslashuvchan
kommutatorning
NGN
tarmog’ining boshqa elementlari bilan o’zaro bog’lanish sxemasi
keltirilgan. Ular orasidagi muqarrari, SIP protokoli hisoblanadi.
SIP multimediali sessiyalarni o’rnatish, o’zgartirish va tugatishga
imkon beradigan amaliy daraja protokoli hisoblanadi. Uning xabarlari
matnli formati ularning kodlanishini, dekodlanishini va tahlil qilinishini
sezilarli soddalashtiradi va bu istalgan dasturlashtirish tili asosidagi
protokolni ishlatishga imkon beradi.
SIP xabarlaridagi axborot maydonlarining soni atigi bir necha
o’ntani (H.323 protokolida yuzlab bo’lganida) tashkil etadi. Tabiiyki,
bunday protokol tezroq va samaraliroq ishlaydi, bu tez moslashuvchan
kommutatorlar o’zaro bog’langanida juda muhim. Bundan tashqari,
IETF modifikatsiyalangan SIP-T (SIP for Telephony) protokolini ishlab
chiqdi. Asosan bu OKS №7 signalizatsiyasining SIP protokoli bilan
integratsiyalanishi maqsadida amalga oshirilgan.
SIP-tarmog’ining OKS №7 tarmog’i bilan o’zaro bog’lanish tuguni
ISUP xabarlarini SIP-xabarlarga inkapsulyasiyalaydi va ularning
tashishni ta’minlash uchun ISUP xabarlaridan ma’lumotlar qismini
SIP-xabarlar sarlavhasiga translyasiyalaydi.
92
4.1-rasm. Tez moslashuvchan kommutatorning NGN tarmog’ining
boshqa elementlari bilan o’zaro bog’lanish sxemasi
Dostları ilə paylaş: |