37
Grammatik jihatdan
gap holida shakllangan, to‘g‘ri ma’noda qo‘llaniladigan,
xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar
matallar
deyiladi.
Masalan:
Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan dog‘
.
Qimirlagan qir oshar.
Matallar ham xuddi maqollar singari xalqning
hayotini uzoq davrlar
mobaynida kuzatish orqali hosil qilingan hayotiy tajribasining ixcham shaklida ifoda
topishidir.
Avval o‘yla, keyin so‘yla.
Aytadigan har bir so‘z(gap)ni avval o‘ylab olishi,
so‘ngra so‘zlashi lozim. O‘ylanmay aytilgan so‘z kishini ko‘pchilik oldida uyalib
qolishga, hatto fojeaviy ahvolga tushishiga sabab bo‘lishi mumkin. “
So‘zni ko‘ngilda
pishirmaguncha, tilga kelturma va har nekim ko‘ngilda bor tilga surma” (Navoiy).
Variantlari: “O‘ylamaguncha so‘ylama”, “Ko‘p o‘yla, oz so‘yla”, “O‘n qatim o‘yla,
bir qatim so‘yla”, “Dilda pishir, tilda gapir”, “O‘ynab gapirsang ham o‘ylab
gapir”, “Tez so‘zlagan tez pushaymon bo‘lar”
va hokazo.
Dostları ilə paylaş: