Tillar va adabiyot kafedrasi


-DARS: LEKSIKOGRAFIYA. LUG‘ATSHUNOSLIK



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
10-DARS: LEKSIKOGRAFIYA. LUG‘ATSHUNOSLIK 
Tilshunoslikning lug‘at tuzish va lug‘atchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi 
sohasiga 
leksikografiya 
deyiladi. Tildagi so‘zlarning, iboralarning, maqol-
matallarning, turli atamalarning ma’lum maqsadlarda tartibga olingan, kitob shaklidagi 
to‘plamiga 
lug‘at
deyiladi. Lug‘atlar turli maqsadlarga ko‘ra tuziladi. Maqsadga ko‘ra 
lug‘atlar dastlab ikki turga bo‘linadi: 1) ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar, 2) lingvistik 
(lisoniy) lug‘atlar. Har ikki lug‘at turida ham lug‘at maqolalari, so‘zligi qat’iy alifbo 
tartibida joylashtirilgan bo‘ladi. Bu lug‘at turlari o‘z maqsadiga ko‘ra, maqolalarining 
tuzilishiga ko‘ra, yozilish mundarijasiga ko‘ra farqlanadi. 
Ensiklopedik lug‘atlar
da so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari berilmaydi. Ular nom, 
atama sifatida narsa-predmetlar, joylar, shaharlar, daryolar, tog‘lar, shaxslar va boshqa 
turli voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi. Shunga ko‘ra entsiklopedik 
lug‘atlarning so‘zligi faqat ot so‘z turkumiga doir bo‘ladi. Buni «O‘zbekiston milliy 
ensiklopediyasi»dan olingan quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin: 
Asr
(arab. – davr, vaqt) – 1) yuz taqvim yili (kalendar yil)ga teng vaqt oralig‘i; 
mas., 20-a. 1901 y. 1 yanv.dan 2000 y. 31 dek.gacha davrni o‘z ichiga oladi; yuz 
tropik yil; 36524, 2199 o‘rtacha Quyosh sutkasiga teng; 2) geologik davrning bir 
qismini o‘z ichiga olgan vaqt. A. ichida bir yarusning barcha tog‘ jinslari paydo 
bo‘ladi. Geoxronologiya jadvalida A. eng kichik qism (vaqt) hisoblanib, bir A. bir 
yarusga to‘gri keladi; 3) kun (Quyosh) botishi chog‘idan 1-2 soatcha oldingi payt va 
shu paytda o‘qiladigan namoz. A. namozining muddati – kun botishidan 2 soat 
ilgaridan to kun botgungachadir (yana q. Namoz). 
Barxan
(turkiycha) – Qumli cho‘l va chala cho‘llardagi relyefning ko‘chma 
qum shakllari. Shamol yo‘nalishiga ko‘ndalang bo‘ladi. B. yiliga o‘rta hisobda bir 
necha sm dan yuzlab m gacha ko‘chadi. Qizilqum va Qoraqum cho‘llarining ba’zi 
joylarida qattiq shamol vaqtida yangi B.lar paydo bo‘ladi yoki eskilari joyini 
o‘zgartiradi. B.lar tepadan qaraganda ko‘pincha yoy, yarim oy shaklida bo‘ladi. 
Shamolga ro‘para yon bag‘irlari qiya (5-14), shamolga teskari yonbag‘irlari tik 
(30gacha) bo‘lishi mumkin. B. uchlari shamol kuchiga, qumning namligi, tarkibiga 
qarab uzun yoki qisqa bo‘ladi. B. bal. 0,7 m dan 20 m gacha, hatto murakkab shakllari 
200 – 300 m va undan ham baland bo‘ladi. Shamol harakatiga qarab B.ning to‘planishi 
turli shakllar oladi: barxan tepalari, barxan zanjirlari, barxan piramidalari va h.k. Qum 
kam bo‘lgan qattiq yerlarda, ko‘pincha taqirlarda yakka-yakka B.lar uchraydi. Tutash 
qumlarda murakkab B. tizmalari vujudga keladi. B. tizmalari Amudaryo sohillarida
Sandiqli, Kanpirak, Qoraqum cho‘llarida, shuningdek Markaziy Farg‘onadagi 
Yozyovon cho‘lida uchraydi. B.lar nisbatan yaxshi nam to‘playdi va ihota qilinadigan 
bo‘lsa, daraxtzor bo‘lib qolishi mumkin. Avvallari Buxoro, Qorako‘l vohalarining 
shim. qismidagi bir qancha unumdor yerlar, qishloqlar ko‘chma qum ostida qolib ketar 
edi, endilikda saksovul va b. o‘simliklar ekilib, uz. 125 km, eni 3-4 km daraxtzorlar 
barpo qilindi va qum ko‘chishi to‘xtatildi. Yana q. 
Eol relef shakllari. 
Bahor,
ko‘klam – 1) yil fasli, mavsum. Yerning shim. Yarim sharida bahorgi 
kecha-kunduz tengligi (20 yoki 21 mart)dan yozgi quyosh turg‘unligigacha, ya’ni 
kunduz eng uzun, kechasi eng qisqa bo‘lgan kungacha (21 yoki 22 iyungacha) davom 


39 
etadi. Shartli ravishda mart, aprel va may oylarini B. deb atash qabul qilingan. Yerning 
Jan. Yarim sharida bu vaqtda kuz fasli bo‘ladi. B. qishdan yozga o‘tish mavsumi 
hisoblanadi. B. kelishi b-n kunlar tez isiy boshlaydi, daraxtlar barg yozadi, maysalar 
ko‘karadi, qushlar uchib kela boshlaydi va h.k. Bular turli joylarda har xil paytlarda 
ro‘y beradi Qutb kengliklarida B. qisqa bo‘ladi, tropiklarda sezilmay o‘tib ketadi(q. 
Yil fasllari); 2) qad. og‘irlik o‘lchov birligi; musulmon davlatlarida qo‘llanilgan. 
Qiymati ishlatilish joyi davriga qarab har xil bo‘lgan: a) vazni 229 kg ga teng bo‘lgan 
kichkina va vazni 422 kg ga teng bo‘lgan katta B.larga bo‘linadi. B.ning 207,4 kg li 
turi ham bor; b) Makkada 1 B. 183, 7 kg ga teng bo‘lgan (16-a). 
Lingvistik lug‘atlarda lug‘aviy birliklarning ma’nolari, grammatik, uslubiy 
belgilari haqida ma’lumot beriladi. Bunday lug‘atlarning so‘zligi barcha mustaqil va 
yordamchi so‘zlardan, modal, undov va taqlidiy so‘zlardan tartib topadi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin