Tillar va adabiyot kafedrasi


lug‘aviy ma’no anglatishi va biror so‘roqqa javob bo‘lishi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

lug‘aviy ma’no anglatishi va biror so‘roqqa javob bo‘lishi; 
-
grammatik qo‘shimchalarni qabul qilishi; 
-
gapda biror gap bo‘lagi vazifasida kelishi

So‘z turkumlari ma’no va vazifasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
Mustaqil so‘zlar 
Yordamchi so‘zlar 
Undov so‘zlar 
Taqlid so‘zlar 
Modal so‘zlar 
Mustaqil so‘zlar
ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lib, lug‘aviy ma’no 
anglatadigan morfologik jihatdan o‘zgaradigan, gap bo‘lagi vazifasida keladigan 
so‘zlardir. Fe’l, ot, sifat, son, olmosh va ravishlar mustaqil so‘zlar sanaladi. Masalan: 
daftar (nima?), Ahmad (kim?), chiroyli (qanday?), minglarcha (nechta?), o‘qidi (nima 
qildi?) kabi. 
Yordamchi so‘zlar
deb, ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydigan, leksik ma’no 
anglatmaydigan, 
morfologik 
jihatdan 
o‘zgarmaydigan, 
sintaktik 
vazifa 
bajarmaydigan so‘zlar turkumiga aytiladi. Masalan: ammo, lekin, ham, -ku (aytdim-
ku), -mi (siz-mi?). 
Undov so‘zlar
alohida guruhni tashkil etadi. Ular turli- tuman his-tuyg‘ularni, 
xitob, chaqiriq, undash kabilarni anglatadi. Masalan: eh, voy, barakalla, beh-beh, kish 
kabilar. 
Taqlid so‘zlar 
borliqdagi jonli va jonsiz narsalarning ixtiyoriy hamda 
ixtiyorsiz ravishda chiqargan tovushlarini taqlidan ifodalaydi: inga-inga, qasur-qusur, 
jaz-juz, chirs (ovoz), duv-duv, lov-lov, yalt-yult (holat). 
Modal so‘zlar 
deb so‘zlovchining bildirgan fikriga qo‘shimcha munosabatini 
ifodalovchi so‘zlar guruhiga aytiladi. Masalan: albatta, chamasi, aftidan kabilar. 
Mustaqil va yordamchi so‘zlar ham o‘z ichida bir necha turlarga bo‘linadi. 
Mustaqil so‘zlar: 
Fe’l, ot, sifat, son, olmosh va ravish
Yordamchi so‘zlar: 
Ko‘makchi, yuklama, bog‘lovchi

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin