147
Murakkab qo‘shma gaplarning yuqoridagi har ikki turi birgalikda – aralash
holda kelishi ham mumkin. Bunday murakkab qo‘shma gap tarkibidagi komponentlar
orasida ham tenglanish, ham tobelanish munosabati mavjud bo‘ladi.
Misol:
Til boshqa-yu, dil birdir, chunki el birdir
. Bu misolda uchta komponent
(gap) ishtirok etgan bo‘lib, birinchi va ikkinchi gap orasida tenglanish, ikkinchi va
uchinchi gap orasida tobelanish munosabati mavjud. Shuning uchun bunday qo‘shma
gaplar aralash tipdagi murakkab qo‘shma gap hisoblanadi.
Aralash tipdagi murakkab qo‘shma gapning turli ko‘rinishlariga yana misollar
keltiramiz: 1. Gavhar top-toza qilib yuvib qo‘yilgan zinalardan chiqib borarakan,
yuragi gup-gup urar, oyoqlari titrar edi (O‘.Hoshimov). 2. Hali kun erta bo‘lgani
uchunmi, qahvaxonada odamlar siyrak, stollar bo‘sh, atrof jim-jit edi.
(O‘.Hoshimov). 3. U so‘zini tamomlaganda, muloyim shabada esdi, odamlar orasida
harakat boshlanadi (A.Q.ahhor). 4. Yodgor yotoqxonaga yetib kelganida, junjiqqan
quyosh sarg‘ayib botib borar, yotoqxona derazalarida sovuq shafaq yonardi
(O‘.Hoshimov). 5. Uning ko‘zlari bir kunda ich-ichiga tushib, chehrasi chiniqib
ketgan, yuragi laxcha cho‘g‘day lovillar edi (O‘.Hoshimov).
Dostları ilə paylaş: