148
Qaysi yozuvchilarning asarlarini sevasiz?
Muallif
gapidan oldin kelgan
ko‘chirma gap so‘roq gap bo‘lsa, so‘roq belgisi saqlanadi:
«Keyingi ishlar rejasini
belgilab olganmisiz?» - deb so‘radi Komila.
III. Undov
belgisi
quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1. Undov gap oxiriga:
Aziz do‘stlar, Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!
Ritorik so‘roq gaplarda ta’sirchanlikni oshirish uchun so‘roq belgisidan so‘ng undov
belgisi ham qo‘yiladi:
Axir, Vatanim bepoyon, keng-ku! O‘zim ta’lim olib, o‘sib –
ungan maktabda men ishlamasam, kim ishlaydi?!
2.
Buyruq mazmunini bildirib, kuchli ohang
bilan aytiluvchi buyruq gap
oxiriga:
SHon shuxratga intilishda ham, undan qochishda ham me’yorni saqlay
biling!
3. His - hayajon bilan aytilgan undalmadan keyin:
Aziz do‘stim! Ertalabki dala
shabadasi qanday orombaxsh!
(S.Nazir).
4. His - hayajon ma’nosini ifodalovchi undov va modal so‘zlardan keyin:
Oxo!
Qalay ekansiz?! Pichoqni avval o‘zingga ur, og‘rimasa, birovga ur!
(H.H.)
Salom!
Kirsam bo‘ladimi?
(O‘).
5. Muallif gapidan oldin kelgan ko‘chirma gapda ham undov belgisi saqlanadi:
«
Tanklarni yondiringlar!» - deb qichqirdi Kutsenko
(I.R.)
IV. Ko‘p nuqta
tugal bo‘lmagan yoki turli sabab bilan bo‘lingan
nutqning,
shuningdek, qisqartirib olingan tsitataning oxiriga qo‘yiladi:
«G‘iyosiddinlar
xonadonida she’r va musiqa, ilm va fazl hukmron bo‘lib, yosh Alisher mana shu
musaffo muhitdan bahra olib o‘sdi...»
(A.Qayumov).
Dostları ilə paylaş: