bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida birikkan sodda gaplar orasiga vergul qo‘yiladi:
Rajab bobo huzur qilib kuldi, Bodom xola bo‘lsa iljaydi (S.A.) v) ayiruvchi hamda inkor
bog‘lovchilari yordamida birikkan sodda gaplarda esa takrorlanib kelgan
bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi:
Goh olislardan qizlarning sho‘x yallalari eshitilar, goh bulbullarning yoqimli sayrashlari bizni maftun qilar edi (O.)
6. Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi ergash gapni bosh gapdan ajratish chun:
Agarda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanib turilsa, dori ichishga muhtojlik qolmaydi. (Abu Ali ibn Sino).
Odam nima yaxshi bo‘lsa, shuni qilishi kerak (O‘.Umarbekov).
7. Bir necha ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi ergash gaplarni bir – biridan,
shuningdek, bosh gapdan ajratish uchug:
Garchi qoplasa ham o‘lkani yong‘in, Yozgan bo‘lsa hamki o‘lim qanotin, Garchi balo, ofat, dahshat, musibat Yongan gulzorlarda chopsa ham otin, Men bahor qo‘shig‘in kuylayman dadil! (U.)
8. Bog‘lovchisiz birikkan qo‘shma gap tarkibidagi bir paytda yoki ketma – ket
bo‘ladigan voqea - hodisalarni ifoda etuvchi sodda gaplarni ajratish uchun:
Bahodir xalqimiz g‘alaba qildi, Yana izga tudi farovon hayot (Z.).
Hamma quvnoq, hammaning yuzida baxt balqib turibdi (S.Z.)
9. Ko‘chirma gap darak gap bo‘lib, muallif gapidan oldin kelsa, qo‘shtirnoqdan
keyin vergul qo‘yiladi:
«Siz haddan ziyod ko‘ngilchan va olijanobsiz», - deb e’tiroz bildirdi Haydar qiziqqonlik bilan. VI. Nuqtali vergul bog‘lovchiiz qo‘shma ap tarkibidagi sodda gaplar mazmun
jihatidan mustaqil bo‘lsa yoki ular tarkibida vergul ishlatilgan sodda gaplar ishtirok
etgan bo‘lsa, ular orasiga qo‘yiladi. SHuningdek, sodda gaplar tarkibida o‘z ichiga
vergul bilan ajratilgan bo‘laklari mavjud bo‘lgan uyushgan bo‘laklar nuqtali vergul
bilan ajratiladi:
Dalalar ko‘m – ko‘k maysa bilan qoplangan, tok novdalari naycha kurtak otgandi; yo‘l yoqasidagi daraxtlar yaproqchalar chiqargan, dengiz tomondan shabada esib qolgandi (E.Xeminuey).
Qalandarovning so‘zi va taklif o‘tmaydi; unda raisning obro‘yi tushadi.