Mashq. Berilgan misollar orasidan yordamchilarsiz birikkan ergashgan
qo‘shma gaplarni topib, qo‘llanmagan yordamchi o‘rniga mos yordamchilarni qo‘yib
qanday ergash gapli qo‘shma gap ekanligini ayting.
1. Ona tilimizni avaylab asrang, u avlod-ajdodlarimiz tomonidan bizga
qoldirilgan bebaho mulkdir, xazinadir. 2. Yozildi bu she’r bahor tongida, Aziz
farzandlarga sovg‘a bo‘lsin deb (G‘.G‘ulom). 3. Sidiqjon to hushini o‘nglaguncha,
Boltaboy bostirmaga kirib keldi (A.Qahhor). 4. Shul erur aybim, Muqimiy, Mardumi
Farg‘onaman (Muqimiy). 5. Saidiy Munisxonning fazilatlaridan naqadar nuqsonlar
yasasa ham, har holda Munisxon Munisxonligida qoldi (A.Qahhor). 6. Qorovul chol
oqsoqlanib panjarani ochguncha, Nasiba lip etib ichkariga kirib oldi (O‘.Hoshimov).
7. O‘z akasining so‘zlari suyak-suyagidan o‘tib, yuzlari lovillab ketdi (O‘.Hoshimov).
8. Zum o‘tmay yana shamol o‘kirar, ketidan yana jimlik cho‘kardi (O‘.Hoshimov). 9.
Qor yog‘di – don yog‘di (Maqol). 10. Sog‘inib erdim: bahor bo‘ldi bahona, do‘stlar
(S.Abdulla). 11. Yaxshisi shu: bizdan xavotir olmay, erta bilan O‘rmonjonni qora
tortib, kapsanchilar oldiga borgin (A.Qahhor). 12. Andishaning sababi shudir:
Zaynabning ham tanlagani bor (H.Olimjon).
32-DARS: QO‘SHMA GAPLARNING MURAKKAB TURI Qo‘shma gaplar ba’zan uch yoki undan ortiq komponentlardan tuzilgan
bo‘lishi mumkin. Bunday qo‘shma gaplar tarkibidagi komponentlar o‘zaro
munosabatiga ko‘ra uch xil ko‘rinishiga ega bo‘ladi:
Komponentlar orasida tenglanish munosabati bo‘lib, undagi gaplarning barchasi teng huquqli bo‘ladi. Ya’ni ular bog‘langan qo‘shma gaplarday
munosabatga kirishadi. Misol:
1. Qor tingan, yo‘llar qorga ko‘milib ketgan, ko‘chalar sirg ‘a
nchiq edi. (O‘.Hoshimov) 2. Vokzal gavjum: birov chemodanga suyanib mudrar, birov papiros tutatib xayol surib o‘tirar, birov do‘kondan kitob tanlar edi. (O‘.Hoshimov) 3. Quyosh botib borar, suv salqinidan kishining eti junjirdi, allaqayerda chigirtka chirillaydi, suv qirg ‘
oqqa shaloplab uriladi (O‘.Hoshimov). Yuqoridagi misollarning birinchisi uch komponentdan, ikkinchisi to‘rt
komponentdan va so‘nggisi esa, besh komponentdan tuzilgan bo‘lib, ular tarkibidagi
146
gaplar orasida tenglanish mavjud. Ya’ni har uch misoldagi komponentlar teng
huquqlidir.