2. Cc, Jj harflari mustaqil harf belgisi sifatida alifbodan chiqarilsin
3. Ôô harfi O‘o‘ shaklida, Ğğ harfi G‘g‘ shaklida, Şş harfi Shsh shaklida, Çç
harfi Chch shaklida,
Ŋŋ
harfi ng shaklida, q harfi q shaklida ifodalansin.
4. Aa, Ii, Gg, G‘g‘, Qq, O‘o‘ Zz harflari va Chch harflar birikmasining yozma
shakli tegishlicha
Aa, Ii, Gg, G‘g‘, Qq
, O‘o‘ Zz, Chch tarzida ifodalansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Toshkent shahri, 1995-yil 6-may Hozirgi alifboda unlilarning ifodalanishi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili fonetik
jihatidan markaziy dialektlarga asoslanadi. Mazkur dialektlarda 6 ta unli fonema
mavjud.
Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida ham 6 ta harf kiritilgan.
Bular quyidagilar:
Aa, Ii, Ee, Oo, Uu, O‘o‘. Kirill yozuvidagi
e, ё, ю, я unli harflari yangi alifboda quyidagicha
ifodalanadi.
е – ye yelkan, yemish
ё – yo yolg‘iz, yoqut, yomon
ю – yu yutuq, yupqa, yumush
я – ya yaxshi, yakka, yangi.
Hozirgi alifboda undoshlarning ifodalanishi . Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
23 ta undosh tovush bor. Yangi alifboda ular 20 ta harf va 3 ta harflar birikmasi bilan
ifodalanadi.
O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Bb, Dd, Ff,
24
Gg, Hh, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Vv, Xx, Yy, Zz, G‘g‘ harflari uchun
xalqaro andozadagi belgilar olingan.
Шш, Чч, Нг нг tovushlari uchun quyidagi harflar birikmasi olingan:
Shsh Chch, Ngng .
Ruscha – baynalmilal so‘zlardagi