ц harfini ifodalash uchun
Ss harfi ishlatiladi.
Masalan:
sirk, Sezar, sikl. Ss unlidan keyin kelganda bitta
t orttiriladi. Masalan:
litsey, militsiya, dotsent kabi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Grafika bo‘limi haqida gapiring.
2. Piktografik yozuv deb nimaga aytiladi?
3. Harf nima? 4. Harf va tovushlar bir-biriga to‘g‘ri keladimi?
5. Yozuvning asosiy xususiyatlari haqida gapiring.
6. Yozuv tarixi haqida gapiring.
7. O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek
alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunga qanday o‘zgarishlar kiritilgan?
6-DARS: LEKSIKOLOGIYA Lug‘at tarkibi til birliklari sanalgan so‘zlar (leksemalar) va iboralar
(frazemalar)dan iboratdir. So‘z lug‘aviy boylik sifatida
leksik birlik deb, ibora esa
frazeologik birlik deb ataladi. Bular birgalikda
lug‘aviy birlikni tashkil etadi.
Leksika deb tildagi barcha so‘zlar majmuiga aytiladi.
Leksikologiya (yunoncha lexikos «so‘zga doir», logos «ta’limot») tilning lug‘at tarkibi, leksikasi va
uning taraqqiyoti haqidagi ta’limot demakdir.
Leksika tildagi barcha so‘zlarning oddiy yig‘indisidangina iborat emas, balki
ma’lum qonun-qoidalarga bo‘ysunadigan izchil va murakkab sistemadir.
Leksikaning taraqqiyoti har bir xalqning turmush sharoiti, o‘sish va yuksalishi
bilan bog‘liq. Xususan, o‘zbek tilining lug‘at tarkibi, leksikasi ham o‘zbek xalqining
butun taraqqiyot yo‘lini o‘zida aks ettiradi. Jamiyat rivojidagi barcha o‘zgarishlar
tilning taraqqiyotiga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Taraqqiyot natijalari eng avvalo
tilning lug‘at tarkibida, leksikasida o‘z ifodasini topadi.