Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Mashq.
 
O‘qing. Berilgan matndagi so‘zlarni quyidagicha guruhlarga ajratib 
ko‘chiring 
1.
 
Nomlovchi so‘zlar:
 
2.
 
Ifodalovchi so‘zlar:
 


26 
3.
 
Ko‘rsatuvchi so‘zlar:
 
4.
 
Olmoshlovchi so‘zlar:
 
5.
 
Atovchi so‘zlar.
 
Quyosh bulutlardan allaqachon chiqib olgan. Tom bo‘g‘otlaridan, tarnovlardan 
chak-chak suv tomadi. Tomlar tutashib ketgan, hammasi bo‘g‘ot. Onda-sonda tunuka 
tom ko‘rinadi, bu albatta boyning ichkari-tashqari hovlisi, deyavering. 
Bizning uyda Isadan boshqa qor kuraydigan odam yo‘q. Bobom hassada, 
keksa, men bo‘lsam kichkina. Maktabdan qaytgandan so‘ng Isa tomga chiqadi
erigan qorni zo‘rg‘a-zo‘rg‘a hovliga tashlaydi. Har tashlaganda bir «uh!» deb qo‘yadi. 
Men bir belni surgab, narvonga chiqaman. Oppoq qor bosgan tog‘lar yaqin 
ko‘rinadi. 
- E-e! Qo‘y! Belni tashla! - qichqiradi tomdan Isa. 
- Qo‘shnilardan so‘rasam bittasiyam kuragini bermaydi, hammasi, o‘zimizga 
kerak, deydi, - deyman noxush tovush bilan, belni yerga otaman-da, burnimdan kelgan 
suvni yenglarim bilan artaman. 
- Tush pastga, falokat yomon bo‘ladi-ya, tush, tom juda sirg‘anchiq! –deydi Isa 
tomdan turib. 
Narvondan asta istamasdangina tushaman-da, ko‘chada biroz aylangandan 
keyin Toji buvimnikiga chiqaman. (Oybek) 
 
Leksik ma’no 
Lug‘aviy birlikning mazmun planida, semantik tarkibida asosiy hodisa 
lug‘aviy ma’no bo‘lib, u so‘zga nisbatan 
leksik ma’no
deb yuritiladi. 
So‘zning borliqdagi narsa, belgi harakat kabilar haqidagi ma’lumoti 
(tasavvuri), lug‘aviy mundarijasiga 
leksik ma’no
deyiladi. Masalan, 
yoz, bahor, qish, 
kuz
kabi so‘zlar fasl turlarini; 
oq, qora, qizil
kabi so‘zlar rang turlarini; 
o‘qi, yur, chal
kabi so‘zlar ma’lum tipdagi harakat turlarini

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin