1. Lug‘aviy sinonimiya
. Bunda leksik hamda frazeologik birliklarning o‘zaro 3
xil sinonimik munosabatlari nazarda tutiladi.
1. Leksik sinonimiya. Bunda so‘zlarning o‘zaro sinonimik aloqasi kuzatiladi.
Masalan: inoq, ahil, qadrdon, totuv, ittifoq, qalin, apoq-chapoq.
2. Frazeologik sinonimiya. Bunda iboralarning o‘zaro sinonimik aloqasi
kuzatiladi. Malan: bahri ochildi, dimog‘i chog‘ bo‘ldi, kayfi chog‘ bo‘ldi.
3. Leksik – frazeologik sinonimiya. Bunda so‘z bilan iboraning o‘zaro
sinonimik aloqasi kuzatiladi. Masalan: yuragi yorildi, o‘takasi yorildi – qo‘rqdi.
II. Grammatik sinonimiya
. Bunda o‘zaro sinonimik munosabatga grammatik
birliklar (qo‘shimchalar, so‘z birikmalari, gaplar) kirishadi. Grammatik sinonimiya 2
xil bo‘ladi: 1)
morfologik sinonimiya
– o‘zaro sinonimik munosabatga morfologik
birliklar kirishadi. Masalan, qo‘shimchalar sinonimiyasi:
ser
soqol – soqol
dor
,
kelyapman – kela
yotir
man – kel
moqda
man;
2)
sintaktik sinonimiya
– o‘zaro
sinonimik munosabatga sintaktik birliklar kirishadi:
ukamga oldim – ukam uchun
oldim, telefonda gaplashdim – telefon orqali gaplashdim
.
So‘zlar sinonimiyasi
Talaffuzi, yozilishi har xil, birlashtiruvchi ma’nosi bir xil bo‘lgan so‘zlarga
sinonimlar
deyiladi. Sinonimlar bir so‘z turkumi doirasida bo‘ladi. Masalan
:
sezgir,
ziyrak, tuyg’un, hushyor, sergak, tiyrak
– sifat;
qobiliyat, layoqat, iste’dod, talant,
salohiyat, uquv
– ot;
qaynamoq, jo‘shmoq, yonmoq
– fe’l.
Bir umumiy (birlashtiruvchi) ma’nosi bilan o‘zaro bog’lanuvchi so‘zlar
guruhiga
sinonimik qator
deyiladi. Masalan: nur, shu’la, yog’du, ziyo; ayb, nuqson,
nuqs, qusur, illat. Bu sinonimik qatorlarda
nur
va
ayb
so‘zlari
Dostları ilə paylaş: |