1) avvalo ifoda
planiga ko‘ra antonimlar har xil bo‘ladi:
katta-kichik, uzoq-yaqin, tez-sekin kabi;
2) bir
asosdan ikki zid affikslar yordamida yasalgan bo‘ladi:
ongli-ongsiz, mevali-mevasiz; 3) bir so‘zning o‘zi ma’nolariga ko‘ra zidlanishda bo‘ladi:
arqonning uchi birikmasida
arqonning boshlanish qismi ham, tugallangan qismi ham ko‘zda tutiladi. Buni
tilshunoslikda
enantiosemiya deb yuritiladi.
Leksik qo‘llash natijasida
kontekstual antonimiya hosil bo‘ladi. Masalan,
o‘t (olov)- suv: o‘tga ham suvga ham o‘zini urishga tayyor. Ot - dod: yaxshidan ot qolar, yomondan – dod. Tilda antonimlarning ahamiyati katta. She’riyatimizda, xalq maqollarida
antonimlar antiteza hosil qilishda keng qo‘llaniladi. Masalan,
Abadiy
firoq ni , hayhot do‘stlarim,
Abadiy
visol deb bildi kelinchak (A.Oripov).
Bu kun men
shoh erurman tilak tilagil,
Bu kun men
gadoman tingla, malagim (R.Parfi).
Achchiq o‘yin
shirin turmushni buzar (maqol).
Kattaga salom ber,
Kichikka – kalom (maqol).
PARONIM SO‘ZLAR Talaffuzi (tovush qiyofasi) o‘zaro yaqin, ammo ma’nolari boshqa-boshqa
bo‘lgan so‘zlar
paronimlar deb yuritiladi. Paronim yunoncha so‘z bo‘lib,
para –
«yonidagi»,
onyma – «ism» demakdir. Masalan, abonent – abonement, diplomat –
diplomant, abzal – afzal, xalos («ozod») – xolos («faqat»), tizmoq – chizmoq, tahlil –
tahrir, tahlil – tahsil, ma’naviy – ma’noviy.
Paronimlarga talaffuzi o‘xshash bo‘lib fonetik jihatdan bir-ikki tovushga ko‘ra
farqlanadigan so‘zlar kiritiladi. Lekin tovush qiyofasi bir-ikki tovushga ko‘ra
farqlanadigan har qanday so‘zlar ham paronim hisoblanmaydi. Masalan, tosh-bosh,
bel-kel-sel, jon-ton, yur-yut kabi tovush qiyofasi bir-biriga yaqin so‘zlarni
paronimlarga kiritib bo‘lmaydi.
Paronimiyani belgilashda so‘zlarning tovush tomonidagi umumiy va farqli
jihatlarigagina asoslanib, ularning semantik-grammatik xususiyatlarini e’tibordan soqit
qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki shakliy o‘xshashlik tushunchasi oppozitsiyadagi
so‘zlarni turli aspektda va bir necha parametrlar bo‘yicha muqoyasa qilishni istisno
etmaydi. Shuning uchun paronimiyani o‘rganishga: