Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Abbreviatsiya usuli
. To‘g‘ri ma’noli turg‘un so‘z birikmalarining qisqartma 
so‘zlarga aylanishiga abbreviatsiya usulida so‘z yasalishi deyiladi. Bu usulda 
qisqartma otlar yasaladi. Hozirgi o‘zbek tiliga abbreviatsiya usulida so‘z yasalishi rus 
tilidan kirgan. Masalan, O‘
zMU
– O‘zbekiston Milliy Universiteti,
 
BMT
 
– Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti, 
ATS
– 
Avtomatik telefon stansiyasi kabi. 
Affiksatsiya usuli.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi so‘z hosil 
qilinishiga affiksatsiya usulida so‘z yasalishi deyiladi. Yasovchi asosga affikslar 
qo‘shish bilan ot, sifat, fe’l, ravish turkumiga oid so‘zlar yasaladi. Masalan, 
suvchi, 
arrakash 
– ot; 
aqlli, suvsiz
– sifat; 
ishla, otlan 
– fe’l; 
yashirin, yangicha
– ravish kabi. 
Kompozitsiya usuli.
 
Ikki va undan ortiq so‘zlarning qo‘shilishi orqali yangi 
so‘z yasalishiga kompozitsiya usulida so‘z yasalishi deyiladi. Bu usulda qo‘shma 
so‘zlar yasaladi. Masalan, 
ko‘zoynak, guldasta, oshqozon, gultojixo‘roz
kabi. 
Mashq.
Quyidagi so‘zlarning tub yoki yasama ekanligini aniqlang. Yasama 
so‘zlarni ajratib olib yasalish usuliga ko‘ra tahlil qiling. 
Abadiy, abadiylik, ajoyib, azoblantirmoq, bitta, bichim, bodroq, bodring, 
vajohat, vajohatli, zarpechak, ibo, iboli, ignasimon, ilgak, illat, ilg‘or, kahrabo, 
ketkazmoq, lavlagi, lavozim, loyqa, mazluma, mehr-oqibat, mo‘ylov, narigi, naqqosh, 
noaniq, oynasoz, olxo‘ri, olcha, orombaxsh, pufak, puchqoq, ro‘molcha, savag‘ich, 
taglama, tagli, ulug‘vor, umumiy, chapak, chaqaloq, sholipoya, shuhrat, shuhratli, 
ezgu, ezgulik. 
So‘z turkumlarida so‘z yasalish 
 
Bir turkumdan boshqa turkumga oid so‘z yasash hodisasi tilda leksikaning 
boyish manbalaridan biri hisoblanadi.
So‘z yasalish hodisasi turkumlarga ko‘ra tahlil qilinganda, uning turlicha 
ko‘rinishlarini aniqlash mumkin. Ularni qo‘yidagicha guruhlarga ajratsa bo‘ladi:

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin