Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

–im

tushum kelishigining qo‘shimchasi 
–ni
 
va shaxs-son qo‘shimchasi 
–m
yordamida amalga oshirilgan. Shuning uchun ham yuqorida keltirilgan 3 turli 
qo‘shimchalarni ba’zi darsliklarda 
so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar
deb yuritib 
kelinmoqda. Bu uch turli affikslardan boshqa qo‘shimchalar esa sintaktik munosabatni 
ifodalamaydi. Lekin ulardagi grammatik ma’no so‘zlovchining narsa, hodisa, 
voqelikka munosabatini aks ettirish asosida yuzaga keladi. Masalan, 
yigitcha, 
qo‘zichoq, kelinchak, talabalar, kengroq
so‘zlaridagi 
–cha, -choq, -chak, -lar, -roq
,
qo‘shimchalari voqelikka bo‘lgan turlicha munosabatlarni ifodalovchi grammatik 
ma’nolarni bildiradi: 
-
cha, -choq, -chak
 
«erkalash, kichraytirish», 
-lar
ko‘plik, -
roq
belgi miqdorining kamligi grammatik ma’nolarida kelgan. 
Shakl yasovchilar kategorial va nokategorial shakl yasovchi turlariga bo‘lib 
ham o‘rganiladi. 
Kategorial shakl yasovchilar
so‘z turkumlaridagi grammatik kategoriyalarga 
xos shakl yasaydi. Bunday shakl yasovchilarga otlardagi egalik, kelishik, ko‘plik; 
fe’llardagi zamon, mayl, nisbat, shaxs-son; sifatlardagi daraja shakllarini yasovchi 
qo‘shimchalar kiradi. 
Nokategorial shakl yasovchilar
grammatik kategoriyalarga xos bo‘lmagan 
grammatik shakllarni yasaydi. Bularga otlardagi erkalash, kichraytirish 
(kitobcha, 
toychoq, bo‘taloq, kelinchak);
fe’llardagi sifatdosh 
(o‘qigan), 
ravishdosh 
(o‘qib, 
yugurib)
shakllarini yasovchilar kiradi. 
So‘zlarda bo‘lgani kabi affikslarda ham polisemiya, omonimiya va antonimiya 
hodisalari uchraydi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin