41
qiyoslash asosida aniqlanadi. Masalan,
ishchilar
so‘zining
ish+chi+lar
kabi
morfemalarga
ajratishga asos shuki, o‘zak deb olingan
ish
so‘zi o‘z ma’nosida
qatnashgan, keyingi so‘zning yasalishi uchun asos bo‘lib turibdi, turli so‘zlar tarkibida
kela oladi:
ishga, ishchan, ishli, ishsiz, ishla
kabi;
-
chi
,
affiksal morfema bo‘lib boshqa
so‘zlar
tarkibida ham
gulchi, xizmatchi, traktorchi
kabi shaxs oti yasab kela oladi;
-lar
,
ham morfema sifatida turli so‘zlar tarkibida ko‘plik ma’nosini ifodalab kela oladi:
kitoblar, bolalar, binolar
kabi.
O‘zbek tilida morfemalar o‘zakka ketma-ket,
biri orqasidan ikkinchisi
qo‘shiladi. So‘zni morfemik tarkibga ajratish oxirgi morfemani belgilab olishdan
boshlanadi va ketma-ket tarzda o‘zak formemani belgilash bilan tugallanadi.
Masalan;
muz
muz+la
muzla+t
muzlat+ish;
ko‘k
ko‘k+ar
ko‘kar+tir
ko‘kartir+ish
ko‘kartirish+di;
oq
oq+la
oqla+v
oqlov+chi;
tom
tom+chi
tomchi+la
tomchila+t
.
O‘
zak morfema
so‘zda
albatta ishtirok etadigan, leksik ma’noni beruvchi
qismdir. O‘zak morfema yangi so‘z yasalishi uchun ham shakl yasalishi uchun ham
asos bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: