Tillar va adabiyot kafedrasi


Hikmatli so‘zlar (aforizmlar



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
Hikmatli so‘zlar (aforizmlar
). Grammatik jihatidan gap holida shakllangan
xalqning turmush tajribasiga tayanib ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa, 
obrazli barqaror birikmalarga hikmatli so‘zlar (aforizmlar) deyiladi. Masalan: 
Odami 
ersang demagil odami, onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. (A.Navoiy) Dehqoni boy 
yurt qudratli bo‘lur, qudratli yurtning dehqoni boy bo‘lur. (I.Karimov) Til uslub 
uchun shaxmat taxtasidagi shohdir. (K.Fedin) Tilimizning tovlanib turishida shoir 
uchun ne-ne bitmas-tuganmas xazinalar bor. (M. Shayxzoda) 
Hikmatli so‘zlar barqarorlik, mazmuniy yaxlitlik, takroriylik (ya’ni nutqda 
doimo bir xil tuzilishda quyma holda takrorlanish) belgilariga ko‘ra boshqa barqaror 
birliklar bilan umumiylik kasb etsa ham, aniq muallifning mavjudligi ulardan farq 
qiladi.
Hikmatli so‘zlarni o‘rganib, xotirada saqlab, nutqda o‘rinli qo‘llay bilish 
kishining so‘z san’atkori, donishmand bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
 
Tasviriy ifoda (parafraza)
. Biror narsa va hodisani boshqa bir narsa va 
hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi.
Tasviriy ifodalar narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi. Masalan: 
o‘rmon podshosi-sher; mo‘yqalam sohibi-rassom, yozuvchi; salomatlik posboni- 
shifokor; charm qo‘lqop ustasi-bokschi; zangori kema-paxta terish mashinasi; 
hayotimiz qomusi-konstitutsiya; yaylov bahodirlari-cho‘ponlar; oltin boshoq-
bug‘doy; oq chashma-sut, kumush tola-ipak; cho‘l balig‘i-kaltakesak; samo lochini –
uchuvchi
va boshqalar. 
Tasviriy ifodalardagi bitta so‘z har doim o‘z ma’nosida bo‘ladi, shu bilan ular 
iboralardan farq qiladi. Tasviriy ifoda ham shakldoshlik, ma’nodoshlik 
xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin. Shakldosh tasviriy ifodalar: 
aql gimnastikasi – 
1. matematika; 2. shaxmat, qora oltin – 1. neft; 2. ko‘mir.
Ma’nodosh tasviriy ifodalar: 
G‘azal mulkining sultoni va o‘zbek tilining 
asoschisi – Alisher Navoiy, uyg‘onish fasli va fasllar kelinchagi – bahor.
Tasviriy ifodalar asosan ot so‘z turkumi doirasida ishlatiladi. Tasviriy ifoda 
uslubiy vosita sifatida nutqqa ko‘tarinkilik, obrazlilik, baxsh etadi, jamiyat 
taraqqiyoti talabidan kelib chiqib, lug‘at tarkibini boyitadi. Nutq jarayonida takror va 
qaytariqdan qochish imkonini beradi, notiqni so‘zamollikka, tinglovchini esa falsafiy 


38 
mushohadaga undaydi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin