Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 ideoma
deyiladi. 
Iboralar ham xuddi so‘zlar kabi shakldosh (omonim), ma’nodosh (sinonim), 
zid ma’noli (antonim) bo‘la oladi. Masalan: 
 
Shakldosh iboralar:
boshiga ko‘tarmoq (e’zozlamoq), boshiga ko‘tarmoq 
(to‘palon qilmoq); ko‘z yummoq (o‘lmoq), ko‘z yummoq (e’tibor bermaslik).
Ma’nodosh iboralar:
hafsalasi pir bo‘lmoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq; 
dimog‘i shishdi, burni ko‘tarildi (gerdaydi, kekkaydi); og‘ziga tolqon solmoq, og‘zida 
qatiq ivitmoq (gapirmadi).
Leksik – frazeologik ma’nodoshlar ham bor. Bunda so‘z va ibora ma’nodosh 
bo‘ladi. 
Dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydi – beg‘am, beparvo

 
Iboralarda zid ma’nolilik: 
oq ko‘ngil – ichi qora; yerga ursa ko‘kka 
sapchiydi (sho‘x) – qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan (yuvosh); ko‘ngli joyiga tushmoq – 
yuragiga g‘ulg‘ula tushmoq. 
Iboralarda paronimlik:
yetti uxlab tushiga kirmaslik (mutlaqo o‘ylamaslik, 
kutmaslik) - yetti uxlab tushida ko‘rmaslik – (hech qachon ko‘rmaslik); yuragi tars 
yorilib ketayozdi (sabr, chidam tugab, xunob bo‘lib ketmoq) – yuragi qoq yorilayozdi 
(sevinib, juda kuchli hayajonlanmoq) 
Tilshunoslikda 
paraforma iboralar
degan atama ham mavjud. Bunday 
iboralarning leksik, ya’ni so‘z tarkibi bir xil bo‘ladi, faqat grammatik shakllari, ya’ni 
qo‘shimchalari farq qiladi. Masalan:
og‘ziga qaramoq - diqqat bilan quloq solmoq 
og‘ziga qaratmoq – nutqi bilan mahliyo qilib olmoq 
Demak, paronim iboralar tarkibidagi bir so‘zi bilan, paraforma iboralar esa 
tarkibidagi bir qo‘shimcha bilan farq qiladi. 
 
Maqollar va matallar
. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq 
donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin