35
opponent, grimyor, shaxtyor, revizor, metiorit, bronxit, filolog, nevrolog
kabi;
3)
rus
tilidan o‘zlashgan so‘zlar tarkibida qo‘llangan prefiks va suffikslar o‘zbekcha, tojikcha
va arabcha so‘zlarga deyarli qo‘shilmaydi.
Ultratovush, mikroiqlim, mikroo‘g‘it,
ultrabinafsha
kabi bir necha so‘z bundan mustasno.
Mashq.
Quyida berilgan forscha-tojikcha va arabcha so‘zlarni
ikki ustunga
ajratib yozing.
Ajdar, ajdaho, qonun, govmish, rahbar, satr, sher, jo‘ja, satira, kaptar, ramz,
naqqosh, kalla, chehra, maqola, mayiz, gilos, qasida, sayqal, do‘kon, gul, giyoh, poliz,
g‘alaba, oshpaz, himoya, muxbir, sahifa, savol, javob, cho‘pon, sharob, imtihon,
qassob, e’tiqod, jonon, hamshira, poygak, dahliz, ka’ba, xalq, jamiyat, hayot, chirog‘,
dori, husn, hamisha, shitob, jarohat, qasr, muqaddam, yakshanba, juma, sahar, makon,
hamyon, gavhar, soya, Zuhro, Mirrix, sa’va, chaman, joy, ohang, ohanrabo, xina,
anhor, hovuz, ustod, noma, tovush, shahar, poytaxt, nafis, xujjat.
9-DARS: BARQAROR BIRIKMALAR
Nutq jarayonida fikrimizni bayon qilish uchun so‘zlar
yordamidagina emas,
balki bir necha so‘zlarning barqaror bog‘lanishidan hosil bo‘lgan birikmalardan ham
foydalanamiz.
Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan
nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi til egalari xotirasida
imkoniyat sifatida
mavjud bo‘lgan til birliklari
Dostları ilə paylaş: