–iy
yoki
–viy
yordamida yasalgan –
abadiy,
amaliy, oddiy, ma’naviy
kabi sifatlar arabcha
–
an
qo‘shimchasi qo‘shilib yasalgan
asosan, ba’zan, masalan, nisbatan, qisman, shaxsan, umuman
kabi ravishlar uchraydi.
Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar o‘ziga xos fonetik belgilarga ega:
1)
arabcha
o‘zlashmalarda ikki unli yonma-yon kela oladi –
saodat, maorif, matbaa, mutolaa,
oila, doir, rais
kabi;
2)
o‘zlashgan so‘zlarda cho‘ziq unli qo‘llanadi, yozuvda cho‘ziq
unlidan so‘ng tutuq (‘) belgisi qo‘llanadi:
ra’no, ma’no, ta’na, e’lon, da’vo, ta’lim
kabi;
3)
o‘zlashma so‘zlarda ba’zan bo‘g‘inlar yoki tovushlar bir-biridan tutuq talaffuz
qilinadi. Yozuvda tutuq (
’)
belgisi yordamida ajratiladi:
jur’at, sur’at, bid’at, qal’a,
san’at
kabi.
Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlar
bir qancha fonetik hamda morfologik
belgilarga ega.
Fonetik belgilari
:
1)
urg’uli bo‘g‘inlarda
o
unlisi o‘zbek tilidagiga
qaraganda cho‘ziqroq talaffuz qilinadi:
opera, balkon, orden, aeroport
kabi;
2)
i
va
u
unlilari o‘zlashma so‘zlarda cho‘ziqroq talaffuz qilinadi:
turbina, lirika, klub, tush’
kabi;
3)
so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida undosh tovushlar qatorasiga kela oladi:
spravka, traktor, strelka, trest, bank, kilovatt
kabi;
4)
unli tovushlar qatorasiga kela
oladi:
diagramma, biologiya, geometriya
kabi.
Morfologik belgilari
:
Dostları ilə paylaş: |