So‘zning morfemik tarkibidagi o‘zgarishlar .
Fonetik o‘zgarishlar so‘zning o‘zak qismida ham qo‘shimchada ham yuz beradi.
Bunday o‘zgarishlar turli sabablarga ko‘ra bo‘ladi. O‘zakdagi o‘zgarishlar, asosan
qo‘shimchalarning qo‘shilishi bilan bog‘liqdir, Masalan, ong+la-angla, son+a-sana,
ikki+ov-ikkov kabi.
Bunday o‘zgarishlar ko‘proq affiks morfemda yuz beradi. Qo‘shimchadagi
o‘zgarishlar o‘zak-negizning fonetik tarkibiga bog‘liqdir.
Masalan,
qishloq+ga- qishloqqa, terak+ga- terakka kabi.
Davrlar o‘tishi bilan bir nechta affiks birikib bitta affiks morfema holatiga kelib
qolishi mumkin. Masalan,
zargarlik, dehqonchilik so‘zlari morfemalarga
zar+gar+lik, dehqon+chilik tarzida ajratiladi. Ko‘rinadiki, birinchi so‘zda -lik alohida morfema
bo‘la oladi, ikkinchi so‘zda esa u alohida morfema bo‘la olmaydi. Sababi ikkinchi
so‘zdagi qolgan
dehqonchi qism ma’no anglatmaydi, tilda shu shaklda
qo‘llanmaydigan bo‘lib qolgan. Shunga ko‘ra
dehqon -
o‘zak morfema
– chilik yaxlit
xolda bitta affiksal morfema sanaladi.
Affikslar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1.
Sodda affikslar.
2.
Qo‘shma affikslar.
Sodda affikslar mustaqil morfema bo‘la oladi. Masalan, ishlashdi
– ish+la+sh+di, lug‘atchilik – lug‘at+chi+lik, misgarlik – mis+gar+lik kabi.
Qo‘shma affikslar yaxlit holda bitta affiksal morfema sanaladi. Masalan,
kosibchilik – kosib+chilik, odamgarchilik – odam+garchilik, yordamlash – yordam+lash kabi.
Qo‘shimcha morfemalarning turlari So‘zning leksik va grammatik ma’nolarini ifodalashiga ko‘ra qo‘shimchalar 2
turga bo‘linadi: